Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367716 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 75 B


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:07:34

TALOQ (AJRALISH) BO’LIMI

286

Abu Hanifa (r.a.) Atoddan, Yusuf ibn Mohakdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsaning jiddiyi ham, hazili ham jiddiydir. Ular: taloq, nikoh, rij’atdir. Eri rij’iy taloq qilgan xotiniga qaytish», dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:07:42

287

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:07:51

288

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:04

289

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u bir odamdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. "Ibn Umar (r.a.) ayolini u hayz ko‘rganda taloq qildilar. Bu ishlari uchun tanqid qilindi. Ayoli hayzdan tozalangach, taloq qildilar. Iddasi hayzli paytida taloq qilingan kundan hisoblandi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:11

290

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, Abu Ishoq Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): Alloh taoloning shariati bilan o‘ynashayotgan, xotinlariga «seni qo‘ydim, qaytib oldim» deyotgan kishilar holi qanday bo‘lar ekan!» deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:17

291

Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Sha’biydan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ma’tuh (aljirab qolgan, aql-hushini yo‘qotgan. - Tarj.) kimsaning talog‘i, savdo-sotig‘i joiz emasdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:25

292

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga o‘zlaridan ajralishga ixtiyor berdilar. Biz ajralmadik ul zotni ixtiyor qildik (tanladik). Bu taloq sanalmadi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:33

293

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Oisha onamiz (r.a.) joriyasi Barirani ozod etdilar. Uning (joriyaning) eri Abu Ahmad sulolasining ozod etilgan quli edi. Rasululloh (s.a.v.) joriyaga erining nikohida qolish-qolmaslik borasida ixtiyor berdilar. U ajrashishni xohladi. Rasululloh (s.a.v.) ularni ajratdilar. U joriyaning eri hur edi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:43

294

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "Joriyaning talog‘i ikkita, iddasi esa ikki hayzdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:08:52

295

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Rost yo yolg‘on gapirganni biz bilmagan bir ayolning so‘zi bilan (so‘ziga kirib) Rabbimizning Kitobini, Rasulimizning sunnatlarini tark etmaymiz. Uch taloq qo‘yilgan xotinga yashaydigan joy va nafaqa beriladi".

Qayd etilgan