Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 265402 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:10:35

QASAMLAR

306

Abu Hanifa (r.a.) Nosih ibn Abdullohdan, u Ibn Ajlondan, u Yahyo ibn Yalodan, u Ishoq as-Salulidan, u Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali, Nufayl al-Hofizdan, u Yahyo ibn Abu Kasirdan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
- Alloh taologa qilingan isyonlar ichida jazosi eng tez beriladigani buzuqlikdir. Allohga toatlar ichida savobi eng tez beriladigani silai rahmdir (qarindoshlarni ziyorat qilish). Yolg‘ondan ichilgan qasam mamlakatni bo‘sh, kimsasiz cho‘l holiga keltirib qo‘yadi, har narsadan mahrum qiladi".
Bir rivoyatda: "Silai rahmdan boshqa savobi tez beriladigan narsa yo‘q. Buzuqlikdan va silai rahmdan boshqa jazosi tez beriladigan narsa yo‘q. Yolg‘on qasam mamlakatni kimsasiz cho‘lga aylantiradi, hamma narsadan mahrum qiladi». Yana bir rivoyatda: «Allohga toatlar ichida savob eng tez beriladigani silai rahmdir. Yomon amallar ichida jazo eng tez beriladigani buzuqlikdir. Yolg‘on qasam mamlakatlarni kimsasiz cho‘lga aylantiradi ", deyiladi.
Yana bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: "Allohga isyon etilgan amallar ichida jazosi eng tez beriladigani buzuqlikdir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:10:58

307

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Zubayrdan, u Hasandan, u Imrondan (r.a.) rivoyat qiladi. Imron (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim Alloh taologa itoat etishni nazr qilsa, nazrini ado etsin. Kim Alloh taologa isyon etishni nazr qilgan bo‘lsa, nazrini ado etmasin. G’azablangan paytda nazr bo‘lmaydi", deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:11:09

308

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Zubayrdan, u Hasandan, u Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qiladi. Imron (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga isyonda toatsizlikda nazr yo‘q. Uning kafforati nazr kafforatidir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:11:24

309

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Alloh sizning qasamlaringizdagi lag‘v sababli jazolamaydi" oyatidagi «lag‘v» so‘zi qasam "yo‘q, vallohi", "ha, vallohi"deyish ekanini eshitdim».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:12:17

310

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan(r.a.), u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdandan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Alloh sizning qasamlaringizdan lag‘v sababli jazolamaydi».
Oyatdagi lag‘v qasam kishining qalbi hech bir gapga bog‘lanmay, gapirish asnosida "yo‘q, vallohi", "ha, vallohi", deya gapirishidir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:12:35

311

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim qasam ichsa-yu "Alloh xohlasa", deya istisno qilsa, istisnosi qabul bo‘ladi, (gapini yo ishini bajarmasa qasamini buzgan bo‘lmaydi - Tarj.) dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:12:50

312

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan (r.a.), u Qosim ibn Abdurahmondan, u otasidan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) dedilar: "Kim qasam ichib "Inshaalloh" ("Xudo xohlasa") desa, istisno qilgan bo‘ladi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:13:30

JAZOLAR BO’LIMI

313

Abu Hurayra (r.a.) Muslimdan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh sizlarga ichkilikni, qimorni, mizmarni (nafas bilan (puflab) chalinadigan asbobni), narda o‘yinini man’ qildi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:14:05

314

Abu Hanifa (r.a.) Yahyodan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. "Bir odam shirakayf, aql-hushini yo‘qotgan ukasining o‘g‘lini Ibn Mas’udga olib keldi. U Ibn Mas’udning buyrug‘i bilan qamab qo‘yildi. Uning kayfi tarqab o‘ziga kelgach, Ibn Mas’ud tayoq (darra) so‘radi. Tayoq ustidagi meva va yaproqlarni olib tashladi. Keyin bir jallod chaqirib, u odamni urishni aytdi.
- Qo‘ltig‘ining osti ko‘rinmaydigan darajada qo‘lingni ko‘tar, - dedi.
Abdulloh sanay boshladi. 8 tayoqdan so‘ng to‘xtadi. Bir qari kishi:
- Ey Abu Abdurahmon! Allohga qasamki, u mening ukamning o‘g‘lidir. Mening bundan boshqa bolam yo‘q, - degach, Abu Abdurahmon u qari kishiga qarab:
- Hayf sendek amakiga. Kichikligida unga yaxshi tarbiya bermabsan, katta bo‘lgach, uning ayblarini berkitmabsan (uni yomon yo‘ldan qaytarmabsan. - Tarj.), - dedi.
Keyin Abu Abdurahmon bizga quyidagi so‘zlarni aytdi:
- Islomda ilk had jazosi o‘g‘irlik qilib, hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga olib kelingan bir odamga qo‘llandi. O’g‘riga qarshi dalil mavjud bo‘lgach, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): "Uni olib boring va qo‘lini kesing!" dedilar. O’shanda Nabiyning (s.a.v.) muborak yuziga qaraldi. Go‘yoki yuzlariga kul sepilgandek edi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida o‘tirganlardan biri bunday dedi:
- Yo Rasululloh! Bu holat sizga og‘ir keldi.
- Birodaringizga qarshi shaytonga yordamchi bo‘lganingiz, albattaki, menga og‘ir bo‘ldi.
- Uni qo‘yib yuborsangiz edi, - deyishdi.
- Koshki bu holat aybdorni mening huzurimga keltirmasdan oldin bo‘lsa edi, chunki aybdor hukmdorga olib kelingach, hech kim unga jazo berishdan to‘xtatolmaydi, - dedilar Rasuli akram (s.a.v.) va ushbu oyatni o‘qidilar: "Ularni avf etsinlar va ularni kechirsinlar (gunohlaridan o‘tsinlar)".
Ibn Mas’uddan kelgan boshqa bir rivoyatda aytiladiki: "Bir odam sarxush holatidagi ukasining o‘g‘lini Ibn Mas’ud (r.a.) huzuriga olib keldi.
- Uni tebrating, silkiting, hidlang, - dedi Ibn Mas’ud.
Undan sharob hidi kelayotganini sezishdi. Bu odam o‘ziga kelgach, Ibn Mas’ud bir tayoq so‘radi. Tayoqning butoqlari tozalandi." Ibn Mas’ud (r.a.) voqeani o‘tgan hadisdagidek davom etdi.
Ibn Mas’uddan (r.a.) kelgan yana bir rivoyatga ko‘ra, Islomda ilk had jazosi bunday bo‘lgan: "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir o‘g‘ri olib kelindi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uning qo‘llarini kesishni buyurdilar. O’g‘rilik qilgan odam ketgach, Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga boqildi. Yuzlari kul sepilganday edi.
- Yo Rasululloh, bu (jazo. - Tarj.) sizga og‘ir keldi.
- O’z birodaringizga qarshi shaytonga yordamchi bo‘lganingiz og‘ir kelmasinmi?! - dedilar Sarvari olam (s.a.v.).
- Uni qo‘yib yuborolmasmidik? - deya so‘rashdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Uni bu yerga olib kelinmasidan oldin mumkin bo‘lardi, - deya marhamat qildilar. Imomga (davlat rahbariga) bir jinoyatchi hukm uchun olib kelinsa, o‘sha hukmni tadbiq etish lozim bo‘ladi. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar: "Ular avf etsinlar va ularni kechirsinlar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:14:22

315

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) davrlarida o‘n dirham o‘g‘irlanganda qo‘l kesilar edi".
Bir rivoyatda Payg‘ambar (s.a.v.): "Qo‘l kesish faqat o‘n dirhamda bo‘lgan", deganlar.

Qayd etilgan