317
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. "Moiz ibn Molik Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga kelib:
- Bir kishi zino qildi (o‘zini nazarda tutardi), unga had tadbiq qiling, dedi.
Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar. U 2 marta keldi. Yana haligi gapini aytdi. Keyin3 marta keldi. Oldingi gapini takrorladi.4 daf’a keldi va:
- Kishi (o‘zini nazarda tutardi) aniq zino qildi. Jazo bering! - dedi.
Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarab: «Bu odamning aqli yo‘q» demaysizlarmi? dedilar. Sahobai kirom:
- Aqlini yo‘qotmagan, - deyishdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Uni olib borib rajm (toshbo‘ron) qiling, - dedilar.
Sahobai kirom uni olib ketdilar va toshbo‘ron qildilar. O’lmadi. Toshlar ko‘p joyga olib borib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qilishdi.
Bu voqea hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) yetkazilgach, u zot bunday dedilar:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! Umid qilamizki, bu jazo uning uchun tavba bo‘ldi - dedi bir kishi. Buni Rasululloh eshitdilarda: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh inson o‘shanday tavba qilsa, qabul bo‘lardi», dedilar.
Bu hol Moizning qavmiga yetgach, ular kelib Rasulullohdan (s.a.v.) jasadni nima qilishlarini so‘rashdi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Boshqa o‘liklaringiz kabi uni ham kafanlab, janoza namozini o‘qing va dafn eting, - deya marhamat qildilar".
Uning jasadini qavmi olib ketishdi va janozasini o‘qishdi.
Bir rivoyatda aytiladi: "Moiz Ibn Molik Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib zino qilganiga iqror bo‘ldi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uni qaytarib yubordilardilar. U yana kelib zino qilganiga iqror bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar.4 bor iqror bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Uni aqlini inkor qilmaysizlarmi?» dedilar. Sahobai kirom:
- Uning aqlida nuqsonlik yo‘q, - dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) uni toshlari oz joyga olib borib rajm qilishlarini buyurdilar. Uning ajali kechikkach, toshi ko‘p bo‘lgan joyga qarab ketdi. Odamlar ham uning orqasiga tushib, o‘lgunicha toshbo‘ron qildilar. Keyin bo‘lgan voqeani Rasulullohga (s.a.v.) aytib berdilar. Ul zot (s.a.v.):
- Nega qo‘yib yubormadingiz, - dedilar.
Qavm kelib uni dafn etish va janoza namozi o‘qish uchun ruxsat so‘radi. Bu xususda ularga izn berdilar va dedilarki:
- U shundayin tavba qildiki, bir guruh inson o‘shanday tavba qilsa qabul bo‘lardi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Moiz ibn Molikni rajm etishni buyurganlarida. Moiz toshlari oz joyda turdi. Ajali kechikkach, u toshlari ko‘p joyga olib borildi. Odamlar ham uning ortidan borib, uni toshbo‘ron qildilar. Bu holat Rasulullohga (s.a.v.) yetgach:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! - deya marhamat qildilar».
Yana bir rivoyatda keltirilishicha, Moiz ibn Molik toshbo‘rondan halok bo‘lgach, insonlar u haqda ixtilof qildilar. Ulardan biri: «Moiz o‘zini halok qildi» desa, bir qism odamlar: «U tavba qildi», deyishdi. Bu gap Rasulullohga (s.a.v.) yetib borgach, bunday dedilar: «U shunday bir tavba qildiki, soliq yig‘uvchi o‘shanday tavba qilganida edi, tavbasi qabul bo‘lardi yoki bir guruh inson o‘shanday tavbani qilsa, ularniki ham qabul etilardi».
Bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) yonlariga Moiz ibn Molik kelib o‘tirib: «Yo Rasululloh, men zino qildim. Menga jazo qo‘llang» dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) undan yuz o‘giradilar. Moiz to‘rt marta shunday dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) har safar undan yuzlarini o‘girdilar.4sidan so‘ng: «Buning aqliga shubhangiz bormi?» deya so‘raydilar. «Yo‘q, shubhamiz yo‘q. Biz uni aqlli va doimo xayrli ishlar qiladigan bir kishi sifatida taniymiz», deyishadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Uni olib borib, toshbo‘ron qiling», deya buyuradilar. Uni toshi kam joyga olib borishdi. Otilgan toshlar Moizga tega boshlagach, qo‘rqdi va u yerdan chiqib shitob bilan Harra (degan joy)ga boradi. O’sha yerda to‘xtab turdi. O’shanda ovozi chiqmagunga qadar yirik toshlar bilan toshbo‘ron qiladilar. So‘ng Rasulullohga, yo Rasululloh (s.a.v.) Moiz qo‘rqdi va chiqib shitob bilan ketdi, deyilgandi, Nabiy (s.a.v.): «Uni qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi», deydilar. Odamlar Moiz holi borasida ixtilofga tushadilar. Bir jamoa: «Moiz o‘ldi, o‘zini halok qildi» desa. Boshqa bir jamoa esa: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh insonlar o‘shanday tavba qilsa qabul bo‘lardi», deydi. «Yo Rasululloh, uni nima qilaylik?» deya so‘rashadi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Boshqa o‘liklardek uni yuving, kafanlang, xushbo‘ylik suring va janoza namozini o‘qib dafn eting», dedilar.
Bu hadis turli yo‘llar bilan rivoyat qilingan.