Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367838 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:15:30

316

Abu Hanifa (r.a.) Muqsimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shubhalar bilan hadlarni qaytar", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:15:52

317

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. "Moiz ibn Molik Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga kelib:
- Bir kishi zino qildi (o‘zini nazarda tutardi), unga had tadbiq qiling, dedi.
Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar. U 2 marta keldi. Yana haligi gapini aytdi. Keyin3 marta keldi. Oldingi gapini takrorladi.4 daf’a keldi va:
- Kishi (o‘zini nazarda tutardi) aniq zino qildi. Jazo bering! - dedi.
Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarab: «Bu odamning aqli yo‘q» demaysizlarmi? dedilar. Sahobai kirom:
- Aqlini yo‘qotmagan, - deyishdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Uni olib borib rajm (toshbo‘ron) qiling, - dedilar.
Sahobai kirom uni olib ketdilar va toshbo‘ron qildilar. O’lmadi. Toshlar ko‘p joyga olib borib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qilishdi.
Bu voqea hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) yetkazilgach, u zot bunday dedilar:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! Umid qilamizki, bu jazo uning uchun tavba bo‘ldi - dedi bir kishi. Buni Rasululloh eshitdilarda: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh inson o‘shanday tavba qilsa, qabul bo‘lardi», dedilar.
Bu hol Moizning qavmiga yetgach, ular kelib Rasulullohdan (s.a.v.) jasadni nima qilishlarini so‘rashdi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Boshqa o‘liklaringiz kabi uni ham kafanlab, janoza namozini o‘qing va dafn eting, - deya marhamat qildilar".
Uning jasadini qavmi olib ketishdi va janozasini o‘qishdi.
Bir rivoyatda aytiladi: "Moiz Ibn Molik Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib zino qilganiga iqror bo‘ldi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uni qaytarib yubordilardilar. U yana kelib zino qilganiga iqror bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar.4 bor iqror bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Uni aqlini inkor qilmaysizlarmi?» dedilar. Sahobai kirom:
- Uning aqlida nuqsonlik yo‘q, - dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) uni toshlari oz joyga olib borib rajm qilishlarini buyurdilar. Uning ajali kechikkach, toshi ko‘p bo‘lgan joyga qarab ketdi. Odamlar ham uning orqasiga tushib, o‘lgunicha toshbo‘ron qildilar. Keyin bo‘lgan voqeani Rasulullohga (s.a.v.) aytib berdilar. Ul zot (s.a.v.):
- Nega qo‘yib yubormadingiz, - dedilar.
Qavm kelib uni dafn etish va janoza namozi o‘qish uchun ruxsat so‘radi. Bu xususda ularga izn berdilar va dedilarki:
- U shundayin tavba qildiki, bir guruh inson o‘shanday tavba qilsa qabul bo‘lardi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Moiz ibn Molikni rajm etishni buyurganlarida. Moiz toshlari oz joyda turdi. Ajali kechikkach, u toshlari ko‘p joyga olib borildi. Odamlar ham uning ortidan borib, uni toshbo‘ron qildilar. Bu holat Rasulullohga (s.a.v.) yetgach:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! - deya marhamat qildilar».
Yana bir rivoyatda keltirilishicha, Moiz ibn Molik toshbo‘rondan halok bo‘lgach, insonlar u haqda ixtilof qildilar. Ulardan biri: «Moiz o‘zini halok qildi» desa, bir qism odamlar: «U tavba qildi», deyishdi. Bu gap Rasulullohga (s.a.v.) yetib borgach, bunday dedilar: «U shunday bir tavba qildiki, soliq yig‘uvchi o‘shanday tavba qilganida edi, tavbasi qabul bo‘lardi yoki bir guruh inson o‘shanday tavbani qilsa, ularniki ham qabul etilardi».
Bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) yonlariga Moiz ibn Molik kelib o‘tirib: «Yo Rasululloh, men zino qildim. Menga jazo qo‘llang» dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) undan yuz o‘giradilar. Moiz to‘rt marta shunday dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) har safar undan yuzlarini o‘girdilar.4sidan so‘ng: «Buning aqliga shubhangiz bormi?» deya so‘raydilar. «Yo‘q, shubhamiz yo‘q. Biz uni aqlli va doimo xayrli ishlar qiladigan bir kishi sifatida taniymiz», deyishadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Uni olib borib, toshbo‘ron qiling», deya buyuradilar. Uni toshi kam joyga olib borishdi. Otilgan toshlar Moizga tega boshlagach, qo‘rqdi va u yerdan chiqib shitob bilan Harra (degan joy)ga boradi. O’sha yerda to‘xtab turdi. O’shanda ovozi chiqmagunga qadar yirik toshlar bilan toshbo‘ron qiladilar. So‘ng Rasulullohga, yo Rasululloh (s.a.v.) Moiz qo‘rqdi va chiqib shitob bilan ketdi, deyilgandi, Nabiy (s.a.v.): «Uni qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi», deydilar. Odamlar Moiz holi borasida ixtilofga tushadilar. Bir jamoa: «Moiz o‘ldi, o‘zini halok qildi» desa. Boshqa bir jamoa esa: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh insonlar o‘shanday tavba qilsa qabul bo‘lardi», deydi. «Yo Rasululloh, uni nima qilaylik?» deya so‘rashadi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Boshqa o‘liklardek uni yuving, kafanlang, xushbo‘ylik suring va janoza namozini o‘qib dafn eting», dedilar.
Bu hadis turli yo‘llar bilan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:16:17

318

Abu Hanifa (r.a.) Rabiadan, u Baylamoniydan rivoyat qiladi. Baylamoniy aytadi: "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) zimmiyni o‘ldirgan bir musulmonni qasoschi qatl qildilar. Keyin esa bunday dedilar:
- Ahdga vafo qilishga men eng munosibman".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:16:55

JIHOD VA SIYAR

319

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, undan otasi rivoyat qiladi. U aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo mujohidlarning ayollarini urushga bormay qolgan insonlarga onalari kabi harom qildi. Jihodga bormay qolganlardan kimdir mujohidlardan birining oilasiga xoinlik qilsa, Qiyomat kuni u mujohidga: «Bundan o‘chingni ol! deyiladi. Siz nima deb o‘ylayapsiz!?», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:17:28

320

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bir qo‘shin yoxud sariyya (bir guruh suvoriy askar - Tarj.) yuborganlarida ularning qo‘mondonlariga, o‘zi xususida Allohdan qo‘rqishini, u bilan birga bo‘lgan musulmon askarlari xususida yaxshilik qilishini tavsiya etgach, yana bunday der edilar:
-Allohning nomi ila Alloh taolo yo‘lida jihod eting. Allohni inkor etgan bilan jang qiling. Haddan oshmang. Ahdga xoinlik qilmang, hech kimning tana a’zosini kesmang, bolalarni va keksalarni o‘ldirmang. Dushman bilan yuzma-yuz kelganda ularni Islomga da’vat eting. Agar qabul qilmasalar, jizya to‘lashlarini taklif qiling, agar qabul qilmasa ular bilan jang qiling. Agar bir qal’a ahlini qamal etsangiz va ular sizdan Allohning hukmi bilan so‘rashsa, bunday qilmang. Alloh taoloning hukmi qanday bo‘lishini bilolmaysiz. Biroq ularni o‘z hukmingizga tushiring. Keyin ular borasida o‘zlaringizda tug‘ilgan hukm bilan hukm qiling. Sizdan Allohning zimmatini istashsa, o‘z ahdingizni va otalaringizning ahdini bering. Ularga bergan va’dangizni buzish Allohning ustingizdagi zimmatini buzishdan yengilroqdir».
Bir rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Agar sizdan Allohning zimmatini va Rasulullohning (s.a.v.) zimmatini ularga berishni so‘rashsa, bermang. Faqat o‘z zimmatingizni va otalaringizning ahdini bering. Chunki sizning o‘z nomingiz va otalaringiz nomidan bergan ahdni buzishingizning jazosi yengilroqdir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:17:46

320

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) asirlarning tana a’zolarini kesib jazo berishni ta’qiqladilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:18:12

321

Abu Hanifa (r.a.) Ismoil ibn Hammoddan, u otasidan, u Qosim ibn Moindan, u Abdulmalik Atiyya Quroziydan rivoyat qiladi. Atiyya Quroziy (r.a.) aytadi: "Biz Qurayza janggida Rasulullohga (s.a.v.) havola qilindik. Kattalar o‘ldirilib, kichiklarning asirga olishini buyurdilar. Kimning balog‘at tuki chiqqan bo‘lsa, o‘ldirildi. Kimniki chiqmagan bo‘lsa, u o‘ldirilmadi".
Bir rivoyatda Abdulmalik Atiyya Quroziy dedi: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) ko‘rsatildim.
- Qarang, agar tuki chiqqan bo‘lsa, o‘ldiring, - dedilar.
Meni tukim chiqmaganligini ko‘rishdi va ozod qilib yuborishdi».
Boshqa bir rivoyatda Abdulmalik Atiyya Quroziy aytadi: «Qurayza asirlari orasida edim. Rasulullohga (s.a.v.) ko‘rsatildim. Kindik ostimga qarashdi, unda tuk bitmaganini ko‘rib, meni asirlar orasiga qo‘shdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:18:45

322

Abu Hanifa (r.a.) Ibn Abu Laylodan, u Hakamdan, u Muqsimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Handaq (janggi) kuni mushriklardan bir odam handaq ichida o‘ldirildi. Mushriklar uning o‘ligi (jasadi) evaziga mol berdi. Rasululloh (s.a.v.) ularni bundan qaytardilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:18:58

323

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) Haybar kuni o‘ljalarning beshdan birini bo‘linmay sotilishini ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:19:10

324

Abu Hanifa (r.a.) Muqossimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.) Badr g‘azotidan olingan o‘ljalarni Madinaga borgandan so‘nggina, taqsimlab berdilar".

Qayd etilgan