Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 263154 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:19:29

OLDI-SOTDI HAQIDA

325

Abu Hanifa (r.a.) Hasandan, u Sha’biydan rivoyat qiladi. Sha’biy aytdi: «Rasulullohdan (s.a.v.):
- Halol qilingan narsalar aniq, harom qilingan narsalar aniq. Bu ikkisining orasida ko‘p insonlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhalardan saqlansa, dini va nomusini pok etgan bo‘ladi», deb aytganlarini eshitganini eshitdim».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:20:20

326

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Alloh sharobni, uni siqib tayyorlaganni, quyganni, ichganni, sotganni, sotib olganni la’natlagan (la’natlaydi)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:20:32

327

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Muhammad ibn Qaysdan rivoyat qiladi. Muhammad ibn Qays bunday dedi: «Ibn Umardan yo Ibn Kasirdan (roviy shubha qildi) yoxud boshqa biridan ichkilikning sotilishi haqida so‘radim.
U bunday dedi: «Alloh taolo yahudiylarni la’natlagan. Ularga ichki yog‘lar (charvi yog‘i) harom qilindi. Ular uni yeyishni harom, sotishini halol hisobladilar. Pulini yedilar. Aroqni harom qilgan Zot uni sotishni ham harom qilgandir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:20:54

328

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Horisdan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Ali (r.a.) bunday dedilar: «Rasululloh (s.a.v) foiz yeganni ham, yedirganni ham la’natladilar»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:21:05

329

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan, u Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: «Ribo (foiz) nasiyadadir. Yadan bi yad (naqd) bo‘lganida zarar yo‘qdir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:21:21

330

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdiki: «Oltin oltinga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Kumush kumushga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Xurmo xurmoga teng qilib sotiladi, oshiqchasi ribodir. Arpa arpaga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Tuz tuzga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir».
Bir rivoyatda: «Oltin oltinga teng vaznda naqd sotiladi, oshiqchasi ribodir. Bug‘doy bug‘doyga teng kaylda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Xurmo xurmoga, tuz tuzga teng kaylda (soa’ - don kabi to‘kiladigan narsalarning o‘lchov birligi) sotiladi, oshiqchasi ribodir», deyilgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:21:43

331

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir qulga ikki qul sotib oldilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:22:34

332

Abu Hanifa (r.a.) Amr ibn Dinordan, u Tovusdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Kim taom (don) sotib olsa, uni to‘la qo‘liga olmasdan sotmasin», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:22:56

333

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aldab sotishdan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:23:13

334

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdulloh Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) muzobanani (daraxtdan uzilmagan hurmoni uzilgan hurmoga sotib olish), muhoqalani (boshoqdagi bug‘doyni yanchilgan bug‘doyga sotish)ni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan