Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367697 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:23:52

335

Abu Hurayra (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) daraxtdagi hali (pishib. -Tarj) aniq bo‘lmagan mevani sotib olishni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:24:32

336

Abu Hanifa (r.a.) Jabla ibn Suhaymdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) hali yetilmagan xurmoni sotishdan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:24:54

337

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Hulkar yulduzi chiqqanida ofat ko‘tariladi, ekinlarga qiron yetmaydi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:25:25

338

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdulloh Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Kim mevasi terilmagan xurmo daraxtini yoxud moli bor qulni sotsa, meva va mol - oluvchi (ularni ham olishni) shart qilmagan bo‘lsa - sotuvchiniki bo‘ladi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Kim moli bor qulni sotsa, oluvchi uni moli bilan olishni shart qilmagan bo‘lsa - qulning moli sotuvchiniki bo‘ladi», deyilgan.
Boshqa rivoyatda: «Kim mevasi bor xurmo daraxtini sotsa, oluvchi mevasi bilan olishni shart qilmagan bo‘lsa - mevasi sotuvchiniki bo‘ladi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:25:39

339

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u muttaham bo‘lmagan kishidan, u Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Ikkisi aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Hech kim birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin, birodari sovchi bo‘lib borganga (ayolga - Tarj.) sovchi bo‘lmasin. Ayol amma va xolasining nikohlari ustiga nikohlanmaydi (Ya’ni, bir kishi amma va xolani jiyanlari bilan birga nikohida saqlab turolmaydi).
Bir odamning nikohidagi ikki xotindan biri o‘z hissasining kengayishini istab 2sining talog‘ini talab qilmasin (istamasin). Rizqni berguvchi Alloh taolodir.
Tosh otib, (ustiga tushganini olish uchun savdo qilmang. Mardikor yollamoqchi bo‘lsangiz, oladigan haqini unga oldindan bildirib qo‘ying».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:26:19

340

Abu Hanifa (r.a.) Mo‘‘ni ibn Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.):
- Alloh taolo hisobiga xarid qilinglar, - dedilar.
- Bu qanday bo‘ladi, ey Allohning rasuli? - deya so‘radi sahobai kirom.
- «Biz ulushlarimiz va o‘ljalarimizga sotdik», deyish bilan, - dedilar Rasul Akram (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:26:42

341

Abu Hanifa (r.a.) Haysam ibn Hubaybdan, u Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ov itining savdosidan olingan pulga ruxsat berdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:27:02

342

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ya’furdan, u Abdulloh ibn Amrdan (r.a.) eshitgan bir kishidan rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Attob ibn Usaydni makkaliklarga boshliq qilib jo‘natayotganlarida unga bunday dedilar: «Makkaliklarni savdoda ikki shartdan, sotish va salafdan, sotib olgan molni qabul qilib olmasdan sotishlaridan qaytar» (agar naqd bo‘lsa, yuz (so‘m) bir oy, nasiya bo‘lsa ikki yuz (so‘m) deb savdo qilish savdodagi ikki shartdir. Sotish va salaf «menga shuncha qarz bersang, molimni shunchaga sotaman», deyishdir - Tarj).

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:27:16

343

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quzaa’dan, u Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy aytdi: «Nabiy (s.a.v.) «Hech biringiz qul va joriyani shart bor savdoda sotib olmasin, chunki u qulchilikdagi aqddir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:27:41

344

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Malik Ashjaiydan (r.a.) rivoyat qiladi. U aytdi: «Menga Rabi’ ibn Xarrosh Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilgan. Huzayfa (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kunida bir qul Alloh taolo huzuriga keltiriladi va u bunday deydi:
- Ey Allohim! Men faqat xayrli ishlarni bildim. U xayrli ishlar bilan Sening rizoligingni ko‘zladim. Boy insonlarga imkoniyat berdim, kambag‘allarga nazr berdim.
Alloh taolo: «Bu ishlarni qilish sendan ko‘ra ko‘proq Menga yarashgay», deydi va farishtalarga: «Bu bandamni qo‘yib yuboring, uni kechirdim», deydi.
Mas’ud Ansoriy dediki: «Rasululloh (s.a.v.) nomlaridan guvohlik beramanki, Huzayfa (r.a.) bu so‘zni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdi».

Qayd etilgan