Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367602 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:49:19

395

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Xaybar (jangi) kunida changalli barcha (yirtqich) qushlar go‘shtini yeyishni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:49:30

396

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Barodan rivoyat qiladi. Baro (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) xonaki eshak go‘shtini yeyishni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:49:39

397

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Bizga yerdagi hasharotlarni yeyish man etildi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:49:50

398

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayr Makkiydan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim ehromda bo‘lsin yo bo‘lmasin, qurbaqa o‘ldirsa, bir qo‘y so‘yishi lozim bo‘ladi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:50:19

399

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Oisha onamizga (r.a.) bir kaltakesak hadya qilindi. Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘raganlarida, uni yeyishni ta’qiqladilar. So‘ng bir tilanchi keldi. Oisha onamiz (r.a.) uni berib yuborishni aytdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v): «O’zing yemagan narsani unga yedirasanmi?!» dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:51:06

400

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Hammomdan, u Adiy ibn Xotimdan rivoyat qiladi. Adiy (r.a.) aytdi: «Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radim:
- Yo Rasululloh, biz o‘rgatilgan itlarni ovlashga yuboramiz. Bu itlar bizga ushlab kelgan hayvonlarni yesak bo‘ladimi?
- «Bismilloh.» aytib yuborsang va itingga ovini tutishda boshqa itlar yordam bermasa yeyish mumkin, - deya javob berdilar Rasuli Akram (s.a.v.)
- Agar it uni o‘ldirsa hammi? - deya yana savol berdim men.
- O’ldirsa ham (eyish mumkin).
- Yo Rasululloh (s.a.v.), ba’zimiz kamon otib ovlaydi?
Dedilarki:
- Ovga o‘q otganingda «Bismilloh.»ni aytgan bo‘lsang va u shu holda chiqsa, yegin. Agar o‘qning o‘rtasi tegsa (uchi tegmasa), yema».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:51:18

401

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: «Suv quriganida qolganini ye».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:51:36

402

Abu Hanifa (r.a.) aytdilarki, Ajradning qizi Oishaning (r.a.) bunday deganini eshitdim: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: «Yer yuzida Alloh askarlarining eng ko‘pi chigirtkalardir. Uni yemayman, harom ham qilmayman».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:52:26

403

Abu Hanifa (r.a.) Saiddan, u A’boya ibn Rifo’adan, u Rofi’ ibn Xadijdan rivoyat qiladi: «Sadaqa qilingan tuyalardan biri qochib ketdi. Uni tutishmoqchi bo‘lishdi. Uni quvishdan charchashgach, bir kishi unga kamon otib, jon joyiga tekkizdi. So‘ng bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) so‘raganlarida, Ul Zot uni yeyishni buyurdilar va: «Tuyalarning yovvoyiligi vahshiylarning yovvoyiligi kabidir. Agar ulardan qo‘rqsangiz, bu tuyaga nima qilgan bo‘lsangiz, shunday qiling. So‘ng uni yeyavering», dedilar».
Boshqa bir rivoyat: «Sadaqa qilingan tuyalardan biri qochib ketdi. Uni bir kishi kamon bilan otib, o‘ldirdi. So‘ng uni yeyish haqida Rasulullohdan (s.a.v.) so‘raldi. Ul janob (s.a.v.) aytdilar: «Uni yenglar. Chunki ularning yovvoyiligi vahshiylarning yovvoyiligi kabidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:52:40

404

Abu Hanifa (r.a.) Nofe’dan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) mujassamani yeyishni man qildilar» (mujassama - nishon qilib, mahkamlab qo‘yilgan qush yoki boshqa narsa).

Qayd etilgan