403
Abu Hanifa (r.a.) Saiddan, u A’boya ibn Rifo’adan, u Rofi’ ibn Xadijdan rivoyat qiladi: «Sadaqa qilingan tuyalardan biri qochib ketdi. Uni tutishmoqchi bo‘lishdi. Uni quvishdan charchashgach, bir kishi unga kamon otib, jon joyiga tekkizdi. So‘ng bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) so‘raganlarida, Ul Zot uni yeyishni buyurdilar va: «Tuyalarning yovvoyiligi vahshiylarning yovvoyiligi kabidir. Agar ulardan qo‘rqsangiz, bu tuyaga nima qilgan bo‘lsangiz, shunday qiling. So‘ng uni yeyavering», dedilar».
Boshqa bir rivoyat: «Sadaqa qilingan tuyalardan biri qochib ketdi. Uni bir kishi kamon bilan otib, o‘ldirdi. So‘ng uni yeyish haqida Rasulullohdan (s.a.v.) so‘raldi. Ul janob (s.a.v.) aytdilar: «Uni yenglar. Chunki ularning yovvoyiligi vahshiylarning yovvoyiligi kabidir».