Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367530 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:00:05

425

Abu Hanifa (r.a.) Musa’irdan, u Atodan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) mayiz, quruq xurmo, g‘o‘ra xurmo va quruq xurmolardan tayyorlangan ichimlikni (ichishni) ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:00:18

426

Abu Hanifa (r.a.) Alqama ibn Marsad va Hammod ibn Sulaymondan, u Abdulloh ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Buraydaning otasi aytdi: «Nabiy (s.a.v.): «Mast qiluvchi ichimliklarni ichmangiz», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:00:40

427

Abu Hanifa (r.a.) Abu Avn Muhammad Saqofiydan, u Abdulloh ibn Shaddoddan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Ichimlikning ozi ham, ko‘pi ham, har qanday mast ichimliklar harom qilindi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:00:58

428

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Qays Hamadoniydan, u Abu Omir Saqofiydan rivoyat qiladi. U har yili Hazrat Payg‘ambarga (s.a.v.) bir mesh aroq hadya etardi.
Bir rivoyatda: «Abu Omir kunyali saqiflik bir odam har yil Nabiyga (s.a.v.) bir mesh aroq hadya olib kelardi. Aroq harom qilingan yili avvalgidek yana bir mesh aroq hadya olib kelganda Rasululloh (s.a.v):
- Ey Abu Omir. Alloh taolo aroqni harom qildi. Bizning sen olib kelgan arog‘ingga ehtiyojimiz yo‘q, - dedilar.
- Buni olib soting. Pulini ehtiyojlaringiz uchun ishlating, - dedi Abu Omir.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.):
- Ey Abu Omir! Alloh uni ichish, sotish, uning pulini yeyishni harom qildi, - dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:01:20

KIYIM VA BEZANISH BO’LIMI

429

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) Shom bichimli qalansuvalari (bosh kiyimi) bor edi».
Boshqa bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) Shom bichimli oq qalansuvalari (bosh kiyimi) bor edi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:04

430

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Abu Juhayfadan rivoyat qiladi. Abu Juhayfa (r.a.) aytdi: «Nabiy (s.a.v.) ko‘ylagi yerga sudralgan bir odamning yonidan o‘tganlarida uning ko‘ylagini qaytarib qo‘ydilar».
Bir rivoyatda Ali ibn Aqmar hadisni munqote’ (o‘rtadagi roviyni tushirib) holda naql etganlar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:13

431

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Ibn Abu Laylodan, u Huzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Huzayfa (r.a.) aytdilar: «Rasululloh ipak va diboj (sof ipak) kiyishdan qaytardilar. «Buni oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadilar», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:22

432

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Osim ibn Zamradan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasulullohning (s.a.v.) uylarida rasmi bor parda osilgan edi. Jabroilning (a.s.) Rasulullohga (s.a.v.) kelishlari kechikdi. So‘ng kelganlarida Rasululloh (s .a.v.) Jabroilga (a.s.):
- Sizni yonimga kelishdan nima kechiktirdi? - dedilar.
- Biz ichida it, rasmi bor joylarga kirmaymiz. Pardani olib tashlang, uni osmang, rasmlarning boshlarini o‘chiring, bu kuchuk bolasini ham tashqariga chiqaring, - dedi Jabroil (a.s.)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:34

433

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v): «Sochlaringizni xina bilan bo‘yang: ahli kitobga zid qiling», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:44

434

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Abdulloh Kindiydan, u Abu Asvaddan, u Abu Zarradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Oqargan sochlaringizning rangini o‘zgartiradigan eng yaxshi narsa xina va katamdir (soch bo‘yog‘ini tayyorlashda ishlatiladigan o‘simlik)»
Bir rivoyatda: «Oqargan sochlaringizni o‘zgartiradigan narsalarning eng yaxshisi xina va katamdir», deya marhamat qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: «Xina va katam oqargan sochlarni o‘zgartiradigan eng yaxshi narsalardandir», deyiladi.

Qayd etilgan