Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 252940 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #420 : 18 Sentyabr 2006, 17:56:19 »
415

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Kofir yetti ichagini, mo‘min bir ichagini to‘ldirish uchun ovqat yeydi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #421 : 18 Sentyabr 2006, 17:56:27 »
416

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Abu Juhayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Juhayfa (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki: «Men suyanib ovqat yemayman, qul suv ichgani kabi suv ichaman. Rabbimga ajalim yetib vafot etgunimcha ibodat qilaman».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #422 : 18 Sentyabr 2006, 17:56:38 »
417

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Huzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Huzayfa (r.a.) dedi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga oltin va kumush idishdan suv ichishni, oltin va kumush idishdan ovqatlanishni, ipak, sof ipak kiyishni ta’qiqladilar va: «Bular dunyoda mushriklarga, oxiratda sizlarga bo‘ladi», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #423 : 18 Sentyabr 2006, 17:58:37 »
418

Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan, u Abdurrahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qiladi. Abdurrahmon dedi: «Huzayfa bilan birga Madoinda Dihqonning uyida tunab qoldik. Bizga ovqat olib keldi, yedik. Keyin Huzayfa (r.a.) suv so‘radi. Dihqon kumush idishdan suv keltirdi. Huzayfa uni yuziga otdi.
Bu xatti-harakati bizni rosa xafa qildi.
- Nega bunday qilganimni bilasizmi? - dedi bizga.
- Yo‘q, - dedik.
- O’tgan yil uning uyida mehmon bo‘ldim. Shunda undan ichimlik so‘radim. Menga kumush idishda ichimlik olib keldi. Men unga: «Rasululloh (s.a.v.) bizga oltin va kumush idishdan yeyish-ichishni, ipak, sof ipak kiyishimizni man etdilar. «Bular dunyoda mushriklarga, oxiratda bizga bo‘ladi», dedilar», degandim.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #424 : 18 Sentyabr 2006, 17:58:47 »
419

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Farvadan, u Abdurrahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qiladi. Abdurrahmon (r.a.) aytdilar: «Huzayfa ibn Yamon Dihqondan suv so‘radi. U kumush idishda olib keldi. Huzayfa (r.a.) idishni olib uning yuziga otdi. Va: «Rasululloh (s.a.v.) bizni kumush idishda suv ichishdan qaytarganlar», dedi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #425 : 18 Sentyabr 2006, 17:58:56 »
420

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u ibn Abu Laylodan rivoyat qiladi. Ibn Abu Laylo aytdi: «Biz Huzayfa (r.a.) bilan birga Madoinda edik. Huzayfa (r.a.) Dihqondan suv so‘radi. Dihqon kumush jomda suv keltirdi. Huzayfa suvni unga otdi. So‘ngra bunday dedi:
- Rasululloh (s.a.v.) oltin va kumush idishdan suv ichishimizni ta’qiqlaganlar va: «Ular dunyoda kofirlarga, oxiratda sizga bo‘ladi», deganlar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #426 : 18 Sentyabr 2006, 17:59:06 »
421

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Nabiy (s.a.v.) dubba va xantam (ichkilik tayyorlangan ikki xum) dan bizni qaytardilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #427 : 18 Sentyabr 2006, 17:59:27 »
422

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Sulaymon Ibn Buraydadan, u otasidan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi (r.a.) aytdi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qilib aytdilar: «Qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Menga onamning qabrlarini ziyorat qilishga izn berildi. Endi qabrlarni ziyorat qiling, biroq yomon so‘zlar aytmang. Boylaringiz faqirlaringizga kengchilik qilishi uchun qurbonlik go‘shtlarini uch kundan ortiq saqlashni man etgan edim. Endi Alloh taolo sizga kenglik berdi, uni (go‘shtlarni. - Tarj.) yeng va g‘amlab qo‘ying».
Ul zot (s.a.v) xantam va muzaffatdan (ichi mumlangan, ichkilik tayyorlashda qo‘llaniladigan idish) suv ichishni ta’qiqladilar».
Bir rivoyatda: «Nakir (taxta idish) va dubba (shisha idish)dan sizni qaytargan edim. Endi xohlagan idishdan ichishingiz mumkin. Chunki idish bir narsani halol yo harom qilmaydi. Siz mast qiluvchi ichkilik ichmang», deyiladi.
Bir rivoyatda: «Men sizni uch narsadan qaytargan edim:
1. Qabr ziyoratidan qaytargan edim, endi ziyorat qiling.
2. Qurbonlik go‘shtlarini uch kundan ortiq tutishdan qaytargan edim. Endi uni saqlang va g‘amlab qo‘ying. Ta’qiqlashimning sababi boylar qurbonlik go‘shtlarini faqirlarga yedirishlari, tarqatishlari uchun edi.
3. Men sizni dubba va muzaffatdan (mum, qora saqichli idish. - Tarj.) (suv) ichishingizni ta’qiqlagan edim. Endi nimadan istasangiz ichavering. Chunki idish bir narsani halol yoki harom qilmaydi. Siz mast qiluvchi ichkilik ichmang», deyiladi.
Boshqa bir rivoyatda, yuqorida sanab o‘tilganlar tilga olinib «. Dubba, xantam, muzaffatdagi ichimlikdan sizni qaytargan edim. Endi har qanday idishdan ichishingiz mumkin. Mast qiluvchi ichimlikni ichmang!.» lafzlari bilan kelgan.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #428 : 18 Sentyabr 2006, 17:59:42 »
423

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Hammoddan, u ikkisi Abdulloh ibn Buraydadan (r.a.), u otasidan rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Buraydaning otasi aytdi: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.): «Har qanday idishdan ichingiz, chunki idish biror narsani halol yoki harom qilolmaydi», dedilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #429 : 18 Sentyabr 2006, 17:59:56 »
424

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan rivoyat qiladi. Alqama (r.a.) bunday dedi: «Abdulloh ibn Mas’udning ovqat yegandan so‘ng, nabiz (meva solingan suv) so‘rab ichganini ko‘rdim.
- Alloh sizni rahmatiga olsin. Nabiz ichasizmi? Ummat sizga ergashadi-yu, - dedim.
Ibn Mas’ud (r.a.):
- Rasulullohning (s.a.v.) nabiz ichganlarini ko‘rdim. Agar Ul zotning (s.a.v.) nabiz ichganlarini ko‘rmaganimda, nabizni ichmas edim, - dedi»

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #430 : 18 Sentyabr 2006, 18:00:05 »
425

Abu Hanifa (r.a.) Musa’irdan, u Atodan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) mayiz, quruq xurmo, g‘o‘ra xurmo va quruq xurmolardan tayyorlangan ichimlikni (ichishni) ta’qiqladilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #431 : 18 Sentyabr 2006, 18:00:18 »
426

Abu Hanifa (r.a.) Alqama ibn Marsad va Hammod ibn Sulaymondan, u Abdulloh ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Buraydaning otasi aytdi: «Nabiy (s.a.v.): «Mast qiluvchi ichimliklarni ichmangiz», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #432 : 18 Sentyabr 2006, 18:00:40 »
427

Abu Hanifa (r.a.) Abu Avn Muhammad Saqofiydan, u Abdulloh ibn Shaddoddan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Ichimlikning ozi ham, ko‘pi ham, har qanday mast ichimliklar harom qilindi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #433 : 18 Sentyabr 2006, 18:00:58 »
428

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Qays Hamadoniydan, u Abu Omir Saqofiydan rivoyat qiladi. U har yili Hazrat Payg‘ambarga (s.a.v.) bir mesh aroq hadya etardi.
Bir rivoyatda: «Abu Omir kunyali saqiflik bir odam har yil Nabiyga (s.a.v.) bir mesh aroq hadya olib kelardi. Aroq harom qilingan yili avvalgidek yana bir mesh aroq hadya olib kelganda Rasululloh (s.a.v):
- Ey Abu Omir. Alloh taolo aroqni harom qildi. Bizning sen olib kelgan arog‘ingga ehtiyojimiz yo‘q, - dedilar.
- Buni olib soting. Pulini ehtiyojlaringiz uchun ishlating, - dedi Abu Omir.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.):
- Ey Abu Omir! Alloh uni ichish, sotish, uning pulini yeyishni harom qildi, - dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #434 : 18 Sentyabr 2006, 18:01:20 »
KIYIM VA BEZANISH BO’LIMI

429

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) Shom bichimli qalansuvalari (bosh kiyimi) bor edi».
Boshqa bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) Shom bichimli oq qalansuvalari (bosh kiyimi) bor edi», deyiladi.

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 24443
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:26:30
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 14158
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26112
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2937
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2910
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz