Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367792 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:02:54

435

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u bir odamdan rivoyat qiladi. Abu Quhofa Nabiy (s.a.v.) huzurlariga kelganida soqoli yoyilib ketgandi. Rasululloh (s.a.v.): «Koshki uni mana bunday qilib olganingda edi», deya qo‘llari bilan soqollarining yoniga ishora qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:03:04

436

Abu Hanifa (r.a.) Ummu Savrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.): «Ayolning sochiga jun ulashining zarari yo‘q. Sochiga soch ulashi mumkin emas», dedi.
Bir rivoyatda: «Sochga jun ulashning zarari yo‘q. Inson sochi bo‘lmasa, bo‘ldi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:03:59

TIB, XASTALIKNING SAVOBI, DAM SOLISh VA DUOLAR BO’LIMI

437

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohim Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo insonga jannatda amali bilan yetisha olmaydigan yuksak darajalar beradi. Alloh taolo unga uzluksiz kasalliklar berib, u yuksak darajalarga yetkazadi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:04:17

438

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Qul xayrli ishlar qilayotganida xastalanib qolsa, Alloh taboraka va taolo farishtalariga: «Qulimga sog‘ligida qilgan amallarning savobini yozing», deydi.
Bir rivoyatda quyidagi lafz qo‘shilgan:
«Yo‘liqqan kasalligining savobi bilan birga yozing».
Bir rivoyatda: «Qulimga sog‘ bo‘lganida qiladiganini yozing», deyiladi.
Boshqa bir rivoyatda: «Qul bir amal qilayotganida kasal bo‘lsa, Haq taboraka va taolo hafaza (muhofiz, qo‘riqchi - Tarj.) farishtalariga bunday deydi:
- Qulimga sog‘-salomat paytida qiladigan amalining savobini yozing».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:04:27

439

Abu Hanifa (r.a.) Muqotil ibn Sulaymondan, u Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Alloh taolo har kasallik uchun davo yaratgan. Kasallik dorisiga duch kelsa, Allohning izni bilan tuzaladi, yo‘qolib ketadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:04:39

440

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Qays ibn Muslimdan, u Toriq ibn Shihobdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. «Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Alloh taolo o‘lim va qarilikdan boshqa, yaratgan butun kasalliklarining davosini yaratgan. Sizga sigir sutini (ichishni - Tarj.) tavsiya etaman, chunki sigir sutiga barcha o‘simliklardan qo‘shadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:04:49

441

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo qarilikdan boshqa barcha kasallikning davosini ham bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo yer yuzida qarilik va o‘limdan boshqa hamma kasallikning davosini yaratgan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman. Chunki sigir har turli o‘tlardan yeydi», deyiladi.
Bir rivoyatda: «Alloh taolo o‘lim va qarilikdan boshqa bergan kasallikni davosi bilan bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi» tarzda keladi.
Boshqa bir rivoyat lafzlari bunday: «Alloh taolo yer yuzidagi hech bir kasallikni shifosiz yaratmagan. Sizga sigir sutini ichishingizni tavsiya etaman, chunki u har xil o‘simliklardan, o‘tlardan yeydi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:04:57

442

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriq ibn Shihobdan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sizga sigir sutini tavsiya etaman, chunki sigir har xil o‘t-o‘landan yeydi. Unda har kasallikka shifo bor», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:05:06

443

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo shifoni sedonada, qon oldirishda, asalda, yomg‘ir suvida qilgan».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:05:20

444

Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan, u Amr Jurashiydan, u Said ibn Zayddan rivoyat qiladi. Said ibn Zayd (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): bunday dedilar: «Qo‘ziqorin (er tagida o‘suvchi) ne’matlardandir. Uning suvi ko‘zga shifo bo‘ladi».

Qayd etilgan