Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 250156 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #435 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:04 »
430

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Abu Juhayfadan rivoyat qiladi. Abu Juhayfa (r.a.) aytdi: «Nabiy (s.a.v.) ko‘ylagi yerga sudralgan bir odamning yonidan o‘tganlarida uning ko‘ylagini qaytarib qo‘ydilar».
Bir rivoyatda Ali ibn Aqmar hadisni munqote’ (o‘rtadagi roviyni tushirib) holda naql etganlar.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #436 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:13 »
431

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Ibn Abu Laylodan, u Huzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Huzayfa (r.a.) aytdilar: «Rasululloh ipak va diboj (sof ipak) kiyishdan qaytardilar. «Buni oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadilar», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #437 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:22 »
432

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Osim ibn Zamradan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasulullohning (s.a.v.) uylarida rasmi bor parda osilgan edi. Jabroilning (a.s.) Rasulullohga (s.a.v.) kelishlari kechikdi. So‘ng kelganlarida Rasululloh (s .a.v.) Jabroilga (a.s.):
- Sizni yonimga kelishdan nima kechiktirdi? - dedilar.
- Biz ichida it, rasmi bor joylarga kirmaymiz. Pardani olib tashlang, uni osmang, rasmlarning boshlarini o‘chiring, bu kuchuk bolasini ham tashqariga chiqaring, - dedi Jabroil (a.s.)».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #438 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:34 »
433

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v): «Sochlaringizni xina bilan bo‘yang: ahli kitobga zid qiling», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #439 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:44 »
434

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Abdulloh Kindiydan, u Abu Asvaddan, u Abu Zarradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Oqargan sochlaringizning rangini o‘zgartiradigan eng yaxshi narsa xina va katamdir (soch bo‘yog‘ini tayyorlashda ishlatiladigan o‘simlik)»
Bir rivoyatda: «Oqargan sochlaringizni o‘zgartiradigan narsalarning eng yaxshisi xina va katamdir», deya marhamat qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: «Xina va katam oqargan sochlarni o‘zgartiradigan eng yaxshi narsalardandir», deyiladi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #440 : 18 Sentyabr 2006, 18:02:54 »
435

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u bir odamdan rivoyat qiladi. Abu Quhofa Nabiy (s.a.v.) huzurlariga kelganida soqoli yoyilib ketgandi. Rasululloh (s.a.v.): «Koshki uni mana bunday qilib olganingda edi», deya qo‘llari bilan soqollarining yoniga ishora qildilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #441 : 18 Sentyabr 2006, 18:03:04 »
436

Abu Hanifa (r.a.) Ummu Savrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.): «Ayolning sochiga jun ulashining zarari yo‘q. Sochiga soch ulashi mumkin emas», dedi.
Bir rivoyatda: «Sochga jun ulashning zarari yo‘q. Inson sochi bo‘lmasa, bo‘ldi», dedilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #442 : 18 Sentyabr 2006, 18:03:59 »
TIB, XASTALIKNING SAVOBI, DAM SOLISh VA DUOLAR BO’LIMI

437

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohim Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo insonga jannatda amali bilan yetisha olmaydigan yuksak darajalar beradi. Alloh taolo unga uzluksiz kasalliklar berib, u yuksak darajalarga yetkazadi», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #443 : 18 Sentyabr 2006, 18:04:17 »
438

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Qul xayrli ishlar qilayotganida xastalanib qolsa, Alloh taboraka va taolo farishtalariga: «Qulimga sog‘ligida qilgan amallarning savobini yozing», deydi.
Bir rivoyatda quyidagi lafz qo‘shilgan:
«Yo‘liqqan kasalligining savobi bilan birga yozing».
Bir rivoyatda: «Qulimga sog‘ bo‘lganida qiladiganini yozing», deyiladi.
Boshqa bir rivoyatda: «Qul bir amal qilayotganida kasal bo‘lsa, Haq taboraka va taolo hafaza (muhofiz, qo‘riqchi - Tarj.) farishtalariga bunday deydi:
- Qulimga sog‘-salomat paytida qiladigan amalining savobini yozing».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #444 : 18 Sentyabr 2006, 18:04:27 »
439

Abu Hanifa (r.a.) Muqotil ibn Sulaymondan, u Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Alloh taolo har kasallik uchun davo yaratgan. Kasallik dorisiga duch kelsa, Allohning izni bilan tuzaladi, yo‘qolib ketadi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #445 : 18 Sentyabr 2006, 18:04:39 »
440

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Qays ibn Muslimdan, u Toriq ibn Shihobdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. «Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Alloh taolo o‘lim va qarilikdan boshqa, yaratgan butun kasalliklarining davosini yaratgan. Sizga sigir sutini (ichishni - Tarj.) tavsiya etaman, chunki sigir sutiga barcha o‘simliklardan qo‘shadi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #446 : 18 Sentyabr 2006, 18:04:49 »
441

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo qarilikdan boshqa barcha kasallikning davosini ham bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo yer yuzida qarilik va o‘limdan boshqa hamma kasallikning davosini yaratgan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman. Chunki sigir har turli o‘tlardan yeydi», deyiladi.
Bir rivoyatda: «Alloh taolo o‘lim va qarilikdan boshqa bergan kasallikni davosi bilan bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi» tarzda keladi.
Boshqa bir rivoyat lafzlari bunday: «Alloh taolo yer yuzidagi hech bir kasallikni shifosiz yaratmagan. Sizga sigir sutini ichishingizni tavsiya etaman, chunki u har xil o‘simliklardan, o‘tlardan yeydi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #447 : 18 Sentyabr 2006, 18:04:57 »
442

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriq ibn Shihobdan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sizga sigir sutini tavsiya etaman, chunki sigir har xil o‘t-o‘landan yeydi. Unda har kasallikka shifo bor», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #448 : 18 Sentyabr 2006, 18:05:06 »
443

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo shifoni sedonada, qon oldirishda, asalda, yomg‘ir suvida qilgan».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #449 : 18 Sentyabr 2006, 18:05:20 »
444

Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan, u Amr Jurashiydan, u Said ibn Zayddan rivoyat qiladi. Said ibn Zayd (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): bunday dedilar: «Qo‘ziqorin (er tagida o‘suvchi) ne’matlardandir. Uning suvi ko‘zga shifo bo‘ladi».

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 24003
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:26:30
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 13915
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 25920
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2859
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2813
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz