441
Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo qarilikdan boshqa barcha kasallikning davosini ham bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo yer yuzida qarilik va o‘limdan boshqa hamma kasallikning davosini yaratgan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman. Chunki sigir har turli o‘tlardan yeydi», deyiladi.
Bir rivoyatda: «Alloh taolo o‘lim va qarilikdan boshqa bergan kasallikni davosi bilan bergan. Sizga sigir sutini tavsiya qilaman, chunki u har xil o‘tlardan yeydi» tarzda keladi.
Boshqa bir rivoyat lafzlari bunday: «Alloh taolo yer yuzidagi hech bir kasallikni shifosiz yaratmagan. Sizga sigir sutini ichishingizni tavsiya etaman, chunki u har xil o‘simliklardan, o‘tlardan yeydi».