Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367699 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:06:06

445

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Abu Solihdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Kimki ertalab: «Auzu bikalimatillahittomma - Allohning komil so‘zlariga (Qur’onga) yukinaman», degan so‘zlarini uch marta aytsa, oqshomgacha chayon unga zarar qilmaydi. Kim bu so‘zni oqshom payti aytsa, ertalabgacha unga chayon zarar yetkazmaydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Allohning komil so‘zlariga (Qur’onga) yukinaman» so‘zini quyosh chiqmasdan oldin, tongda uch marta aytsa, u kun chayon u kimsga zarar berolmaydi. Oqshom vaqti aytsa, tonggacha chayon unga zarar berolmaydi» shaklda kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:06:36

446

Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan, u Ibrohimdan, u Mafukdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir kasalni ko‘rishga borganlarida: «Ey insonlarning Rabbi, kasallikni ketkaz. Shifo berguvchi yolg‘iz O’zingsan. Sening shifongdan o‘zga shifo yo‘q. Kasallikdan asorat qoldirmaydigan shifo ber, yo Rabbiy!..»der edilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:06:52

447

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar:
- Mo‘min nafsini razil xor etmasligi kerak.
Deyildiki:
- Mo‘min nafsini qanday xor qiladi?
- Kuchi (toqati) yetmaydigan bolalarni so‘raydi, kuchi yetmaydigan narsalarga o‘zini urintiradi, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.)»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:07:07

448

Abu Hanifa (r.a.) Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) huzurlariga ansordan bir kishi keldi va:
- Yo Rasululloh, men hech farzand ko‘rmadim. Mening bolam yo‘q, - dedi.
Shunda Rasuli Akram (s.a.v.) unga:
- Ko‘p istig‘for aytishdan, senga rizq qilib berilgan narsalardan sadaqa qilishdan seni nima to‘xtatib (to‘sib) turibdi, - dedilar.
Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu so‘zlaridan so‘ng xaligi odam juda ko‘p istig‘for qilib ko‘plab sadaqalar berdi.
Jobir (r.a.) aytdilar: «O’sha odam to‘qqiz o‘g‘il farzand ko‘rdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:07:18

449

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Kim Alloh uni afv etishini bilsa (umid qilsa - Tarj.) u afv etilgandir, kechirilgandir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:07:35

450

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Abu Voildan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Shubhasizki, Alloh taolo ismlaridan biri Salomdir (ya’ni, aybu nuqsondan pokdir). Salomatlik Undandir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:08:13

ADAB (ODOB) BO’LIMI

451

Abu Hurayra (r.a.) Muhammad ibn Munqadirdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sen va sening moling otangnikidir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:08:29

452

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u otasidan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Bir odam Rasulullohga (s.a.v.) Alloh yo‘lida jihod qilmoqchi ekanini aytdi. Rasululloh (s.a.v.) undan:
- Ota-onang hayotmi? - deb so‘radilar.
- Ha, - deya javob qildi xaligi kishi.
- U holda ularga xizmat qilib jihod et, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.).

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:08:44

453

Abu Hanifa (r.a.) Ziyod sanadini Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) yetkazgan hadisda bunday deyiladi: «Nabiy (s.a.v.) har bir musulmonning musulmonga samimiy bo‘lishni buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:08:58

454

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Ato ibn Soibdan, u Abu Hurayraning birodari Abu Muslim Ag‘ardan u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: «Alloh taolo bunday deydi: «Buyuklik (ulug‘lik) Mening ridomdir. Azamat Mening izorimdir. Bu ikkisi borasida kim Men bilan tortishsa uni do‘zaxga tashlayman».

Qayd etilgan