Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368242 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:09:27

455

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan (r.a.), u Ibrohimdan, u Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qiladi. Munkadirga ushbu rivoyat yetib keldi: «Kibrli inson boshi oyoqlari orasiga boshini tepaga qilib olovdan bo‘lgan tobut ichiga qamab qo‘yiladi. U olovdagi (do‘zaxdagi) tobutdan abadiy chiqolmaydi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:09:41

456

Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Usoma ibn Sharikdan rivoyat qiladi. Usoma (r.a.) dedi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida bo‘lganimda badaviydar shradilar:
233 Yo Rasulalloh! Insonga berilgan eng yaxshi narsa nima?
Janob (s.a.v.) marhamat qildilar:
- Go‘zal xulq».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:09:53

457

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Agar halimlik (yumshoqlik) ko‘z bilan ko‘rinadigan tarzda yaratilganda edi, Alloh yaratgan narsalar ichida undan go‘zali ko‘rinmas edi. Agar jaholat va axmoqlik ko‘zga ko‘rinadigan tarzda yaratilganda edi, Alloh yaratgan narsalar ichida undan xunugi ko‘rinmasdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:10:41

458

Abu Hanifa (r.a.) Muhammaddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) birga o‘tirgan kimsalar yonida aslo tizzalarini (oyoqlarini - Tarj.) uzatmaganlar. Ular bilan barobar o‘tirganlar.
Rasulullohning (s.a.v.) qo‘lini ushlagan bir kimsa, to o‘zi qo‘lini tortmaguncha, Rasululloh (s.a.v.) uning qo‘lini qo‘yib yubormas edilar.
Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida o‘tirgan odam o‘rnidan turmaguncha, Rasululloh (s.a.v.) o‘rnilaridan turmaganlar. Anas (r.a.) aytdilarki: «Rasulullohning hidlaridan ham xushbo‘y biror hid hidlamadim».
Bir rivoyatda: «Ehtiyoj yuzasidan Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelgan kimsaning o‘zi ketmagunicha, Rasululloh (s.a.v.) uni tashlab ketmasdilar», deyiladi.
Boshqa bir rivoyat: «Rasululloh (s.a.v.) birov bilan musofaha qilganida (qo‘l berib so‘rashganda - Tarj.), u odam qo‘lini tortib olmaguncha, Ul zot (s.a.v.) undan ayrilib ketmasdilar», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:11:03

459

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uylarida bo‘lganlarida, bir odam Ul zotni chaqirsa, Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Labbay, sizni eshitdim» deya uning yoniga chiqardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:11:20

460

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Umayya binti Ruqayqadan rivoyat qiladi. Umayya (r.a.) aytdi: «Nabiyga (s.a.v.) bay’at qilish uchun borganimda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Men ayollar qo‘lini ushlashmayman, - dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:11:35

461

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Yaziddan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Yazidning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.):
- Uzr so‘rab kelgan bir musulmonning uzrini qabul qilmagan kimsaning gunohi maks egasining gunohidek bo‘ladi, - dedilar.
- Yo Rasululloh!.. Maks egasi kim? - deya so‘rashdi.
- Soliq yig‘uvchidir, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.)

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:11:49

462

Abu Hurayra (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Musulmon birodari uzr so‘rab kelganida, uning uzrini qabul qilmagan kishining gunohi soliq yig‘uvchining gunohi kabi bo‘ladi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:12:03

463

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Sizdan biringizga xushbo‘y narsa keltirilsa, uni olsin», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:13:02

464

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) yulduzlarga qarab kelajak haqida xabar berishdan qaytardilar».

Qayd etilgan