Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367612 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:30:11

475

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Eng afzal jihod zolim sulton (rahbar) oldida haq so‘zni gapirmoqdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:30:40

476

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Abdulmalikdan, u otasidan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sendan maslahat so‘ragan kishiga to‘g‘ri (yo‘l) ko‘rsat. Aks holda, unga xiyonat qilgan bo‘lasan», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:30:53

477

Abu Hanifa (r.a.) Hasan Sha’biydan rivoyat qiladi. Sha’biy aytdi: No‘‘mondan eshitdim, u Rasulullohning (s.a.v.): «Mo‘minlar bir-birlarini sevishda, o‘zaro bir vujud kabidir. Agar bosh og‘risa jasadning hammasi unga qo‘shilib, uyqusi qochadi va harorati oshadi», deganlarini eshitganini aytdi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:32:41

478

Abu Hanifa (r.a.) Abdurrahmon ibn Xozimdan rivoyat qiladi. Abdurrahmon ibn Xozim aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalar tavsiya berdiki, qo‘shni-qo‘shniga merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Jabroil menga tungi (tahajjud - Tarj.) namoz (o‘qish)ni shunday tavsiya qildiki, ummatimning eng yaxshilari juda oz uxlasalar kerak, deb o‘yladim».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:33:02

479

Abu Hanifa (r.a.) Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo g‘amginga yordam berishni yaxshi ko‘radi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:33:20

480

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Abu Qatodadan rivoyat qiladi. Abu Qatoda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Zamon (dahr) ni so‘kmanglar. Alloh zamondir (zamonning yaratuvchisidir)», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:33:44

481

Abu Hanifa (r.a.) aytdilarki: «80-hijriy sanada tug‘ildim. Rasulullohning sahobalaridan Abdulloh ibn Unays 94-yil hijriyida Kufaga keldi. O’shanda 14 yoshda edim. Uni ko‘rdim va uning Rasulullohdan (s.a.v.): «Bir narsani haddan ziyod sevmog‘ing seni ko‘r va kar qiladi», deb aytganlarini eshitdim, deganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:34:18

482

Abu Hanifa (r.a.) deydiki: «Vasila ibn Asqodan eshitdim, u Rasululloh (s.a.v.): «Din birodaringning boshiga tushgan (musibatlar - Tarj.) narsalarga sevinma. Alloh unga ofiyat berib, seni u balolarga duchor qiladi», deganlarini aytdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:34:40

NAZOKAT KITOBI

483

Abu Hanifa (r.a.) Hasandan, u Sha’biydan, u No‘mon ibn Bashirdan rivoyat qiladi. No‘‘mon aytdi: «Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Insonda bir parcha go‘sht bor. U solih bo‘lsa, jasadning qolgan a’zolari ham solih bo‘ladi. U buzuq, boshqa a’zolar ham buzuq bo‘ladi. U qalbdir!»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:35:05

484

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Men Hazrati Muhammad (s.a.v.) bilan Ul zot dunyodan o‘tgunlaricha ketma-ket uch kecha-uch kunduz to‘yib non yemadik. Muhammad (s.a.v.) dunyodan o‘tgunlari qadar boshimiz dunyo g‘am-tashvishlaridan chiqmadi. Hazrati Muhammad (s.a.v.) dunyodan o‘tganlaridan so‘ng, ustimizga musibat yog‘ildi».
Bir rivoyatda «Dunyo ustimizga shunday yog‘ildi», deyiladi.
«Hazrati Muhammadning (s.a.v.) oilalari uch kun ketma-ket to‘yib bug‘doy noni yemadi», deyiladi yana bir rivoyatda.

Qayd etilgan