Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 255141 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #480 : 18 Sentyabr 2006, 18:30:11 »
475

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Eng afzal jihod zolim sulton (rahbar) oldida haq so‘zni gapirmoqdir», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #481 : 18 Sentyabr 2006, 18:30:40 »
476

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Abdulmalikdan, u otasidan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sendan maslahat so‘ragan kishiga to‘g‘ri (yo‘l) ko‘rsat. Aks holda, unga xiyonat qilgan bo‘lasan», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #482 : 18 Sentyabr 2006, 18:30:53 »
477

Abu Hanifa (r.a.) Hasan Sha’biydan rivoyat qiladi. Sha’biy aytdi: No‘‘mondan eshitdim, u Rasulullohning (s.a.v.): «Mo‘minlar bir-birlarini sevishda, o‘zaro bir vujud kabidir. Agar bosh og‘risa jasadning hammasi unga qo‘shilib, uyqusi qochadi va harorati oshadi», deganlarini eshitganini aytdi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #483 : 18 Sentyabr 2006, 18:32:41 »
478

Abu Hanifa (r.a.) Abdurrahmon ibn Xozimdan rivoyat qiladi. Abdurrahmon ibn Xozim aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalar tavsiya berdiki, qo‘shni-qo‘shniga merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Jabroil menga tungi (tahajjud - Tarj.) namoz (o‘qish)ni shunday tavsiya qildiki, ummatimning eng yaxshilari juda oz uxlasalar kerak, deb o‘yladim».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #484 : 18 Sentyabr 2006, 18:33:02 »
479

Abu Hanifa (r.a.) Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo g‘amginga yordam berishni yaxshi ko‘radi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #485 : 18 Sentyabr 2006, 18:33:20 »
480

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Abu Qatodadan rivoyat qiladi. Abu Qatoda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Zamon (dahr) ni so‘kmanglar. Alloh zamondir (zamonning yaratuvchisidir)», dedilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #486 : 18 Sentyabr 2006, 18:33:44 »
481

Abu Hanifa (r.a.) aytdilarki: «80-hijriy sanada tug‘ildim. Rasulullohning sahobalaridan Abdulloh ibn Unays 94-yil hijriyida Kufaga keldi. O’shanda 14 yoshda edim. Uni ko‘rdim va uning Rasulullohdan (s.a.v.): «Bir narsani haddan ziyod sevmog‘ing seni ko‘r va kar qiladi», deb aytganlarini eshitdim, deganlarini eshitdim».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #487 : 18 Sentyabr 2006, 18:34:18 »
482

Abu Hanifa (r.a.) deydiki: «Vasila ibn Asqodan eshitdim, u Rasululloh (s.a.v.): «Din birodaringning boshiga tushgan (musibatlar - Tarj.) narsalarga sevinma. Alloh unga ofiyat berib, seni u balolarga duchor qiladi», deganlarini aytdi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #488 : 18 Sentyabr 2006, 18:34:40 »
NAZOKAT KITOBI

483

Abu Hanifa (r.a.) Hasandan, u Sha’biydan, u No‘mon ibn Bashirdan rivoyat qiladi. No‘‘mon aytdi: «Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Insonda bir parcha go‘sht bor. U solih bo‘lsa, jasadning qolgan a’zolari ham solih bo‘ladi. U buzuq, boshqa a’zolar ham buzuq bo‘ladi. U qalbdir!»

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #489 : 18 Sentyabr 2006, 18:35:05 »
484

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Men Hazrati Muhammad (s.a.v.) bilan Ul zot dunyodan o‘tgunlaricha ketma-ket uch kecha-uch kunduz to‘yib non yemadik. Muhammad (s.a.v.) dunyodan o‘tgunlari qadar boshimiz dunyo g‘am-tashvishlaridan chiqmadi. Hazrati Muhammad (s.a.v.) dunyodan o‘tganlaridan so‘ng, ustimizga musibat yog‘ildi».
Bir rivoyatda «Dunyo ustimizga shunday yog‘ildi», deyiladi.
«Hazrati Muhammadning (s.a.v.) oilalari uch kun ketma-ket to‘yib bug‘doy noni yemadi», deyiladi yana bir rivoyatda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #490 : 18 Sentyabr 2006, 18:35:20 »
485

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, Hammod Ibrohimdan, u Asvaddan, u Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) qattiq og‘rigan paytda Ul zotning huzurlariga kirdi. Rasuli Akram (s.a.v.) Katavon molidan bo‘lgan aboa (chakmon, kamzul) uustida, izxir to‘ldirilgan jun yostiqda yotardilar. Hazrati Umar (r.a.):
- Ota-onam Sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Kisro va Qaysar qirollari sof ipak ichidalar, - degan edi, Rasululloh (s.a.v.):
- Ey Umar!.. Ularga dunyo, bizga oxirat bo‘lishini xohlamaysanmi? - dedilar.
So‘ngra Hazrati Umar (r.a.) qo‘lini Rasulullohga (s.a.v.) tekkizgan edi, Ul zotning kuchli isitmasi borligini bildi va: «Siz Allohning rasuli bo‘lsangiz-da isitmangiz shunday bo‘ladimi?», dedi.
Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
- Bu ummatning baloga eng ko‘p duchor bo‘ladigani nabiyidir, keyin xayrli kimsalar, so‘ngra ulardan keyingi yaxshi odamlardir. Bizdan oldingi payg‘ambarlar, alayhimussalom va ummatlari ham ana shunday edilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #491 : 18 Sentyabr 2006, 18:35:43 »
JINOYATLAR BO’LIMI

486

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, Ato Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Kimki qasosni afv etsa (qasosdan voz kechsa. - Tarj.) uning uchun jannat bordir», deya marhamat qildilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #492 : 18 Sentyabr 2006, 18:35:58 »
487

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Said ibn Musayyabdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yahudiy va xristianlarning diyati (qon jazosi. - Tarj.) musulmonning diyati kabidir».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #493 : 18 Sentyabr 2006, 18:36:34 »
488

Abu Hanifa (r.a.) Sha’biydan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Tuzalgunga qadar yaradorlarga qasos (jazo. - Tarj.) tadbiq qilmang», deb buyurdilar».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #494 : 18 Sentyabr 2006, 18:37:34 »
HUKMLAR BO’LIMI

489

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Hasan Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Ey Abu Zarr!.. Amirlik, rahbarlik bir omonatdir. U qiyomat kuni pushaymonlik va xafagarchilikdir. Rahbarlikni kim zimmasiga olib, haqqoniy ado etsa, u bundan mustasno. Buni sen qanday ham amalga oshirarding!?»
Abu Hanifa (r.a.) Abu G’assondan, u Hasandan, u Abu Zarrdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatda Abu Zarr (r.a.) bunday deydi: «Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: «Amirlik, rahbarlik (davlat ishlari) bir omonatdir. U razillik va pushaymonlikdir. Kim uni zimmasiga olsa-yu, haqqoniy ado etsa, bundan mustasno. Bu qanday bo‘ladi (buni eplab bo‘larmidi. - Tarj.), ey Abu Zarr?!»

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 24734
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:26:30
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 14319
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26214
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3003
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2959
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz