Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 272688 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:39:59

495

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, unga bir odam gapirib berdi. Ash’as ibn Qays Abdulloh ibn Mas’uddan bir qul sotib oldi.
Abdulloh undan pulini so‘raganida, Ash’as:
- Men uni o‘n mingga sotib oldim, - dedi.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) esa:
- Men uni senga yigirma mingga sotdim. Ikkimiz o‘rtamizda hukm chiqarishi uchun istagan odamni tanla, unga boraylik, - dedi.
Ash’as:
- Men bilan sening oramizda hakam sensan, - dedi.
Abdulloh:
- Men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan hukmni senga aytayin: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Oluvchi va sotuvchi narx borasida ixtilof qilganlarida, ularning ikkovining ham dalili bo‘lmay va mol (joyida) turgan bo‘lsa, sotuvchining gapi inobatga olinadi. Yoki ikkisi ham bir-birlariga narsalarini qaytarib berishadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:40:14

496

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u bobosidan naql qiladi. Ash’as ibn Qays Ibn Mas’uddan (r.a.) amirlik qullaridan bir qul sotib oldi. Abdulloh haqqini talab qilganda oralarida ixtilof chiqdi.
Ash’as:
- Men qulni o‘n ming dirhamga sotib oldim, - dedi.
Abdulloh (r.a.):
- Men uni senga yigirma ming dirhamga sotgan edim. O’rtamizda bir hakam tayinla, - dedi.
- Sen hakam bo‘lasan, - dedi bunga javoban Ash’as.
Abdulloh (r.a.):
- O’rtamizda Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganim bir hukm bilan hukm qilaman, - dedi va Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Oluvchi va sotuvchi ixtilof qilganlarida sotuvchining so‘zi e’tiborlidir. Oluvchi unga rozi bo‘ladi yoxud ular olgan va sotganlarini bir-biriga qaytarib berishadi», dedi.
Bir rivoyatda (Qosim bobosidan qilgan rivoyatda) Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Oluvchi va sotuvchi ixtilof qilganlarida, mol mavjud (ishlatib yuborilmagan) bo‘lsa, sotuvchining so‘zi e’tiborlidir. Oluvchi va sotuvchi olgan va sotgan narsalarini bir-birlariga qaytarishadi».
Abdullohdan (r.a.) qilingan yana bir rivoyat: «Ash’as Abdullohdan bir qul sotib oldi. Abdulloh (r.a.) Ash’asdan haqqini so‘ragan paytda oralarida kelishmovchilik chiqdi. Abdulloh (r.a.):
- Uni yigirma ming dirhamga sotdim, - dedi.
Ash’as:
- Men uni o‘n ming dirhamga oldim, - dedi.
Shunda Abdulloh (r.a.) bunday dedi:
- Men Rasulullohdan (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: «Oluvchi va sotuvchi o‘zaro ixtilof qilishsa, sotuvchining so‘zi e’tiborga olinadi. Yoki oluvchi va sotuvchi narsalarini bir-birlariga qaytarib berishadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:40:47

497

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida ikki kishi bir tuya ustida talashib qoldilar. Har ikkovi ham tuya o‘ziniki ekaniga doir dalil keltirdi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) tuya kimning qo‘lida bo‘lsa, shuniki deb hukm qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:41:06

498

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u bir odamdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Ikki shaxs bir tuya ustida talashib qoldi. Har ikkisi ham uni o‘zining tuyasi tuqqaniga dalil keltirishar edi. Rasululloh (s.a.v.) tuya qo‘lida ushlab turgan kishiniki, deb hukm chiqardilar».
Bir rivoyatda: «Ikki kishi Rasululloh (s.a.v) ning oldilariga bir tuya xususida kelishdi. Ulardan biri uni tuyasi tuqqaniga dalil keltirdi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) tuya kimning qo‘lida bo‘lsa, shuniki, deb hukm chiqardilar», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:41:26

FITNAGA DOIR BO’LIM

499

Abu Hanifa (r.a.) Junayddan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim ummatimga qilich ko‘tarsa, (bilsinki - Tarj.) jahannamning yetti eshigi bordir. Bir eshigi ummatimga qilich ko‘targan kimsalar uchundir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:41:52

500

Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Jullasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jullas (r.a.) aytdi: «Men Abdulloh ibn Shayboniyning juda katta gapini eshitganlardan biri edim. Uni bo‘yniga urib Hazrati Aliga (r.a.) olib keldik. Hazrati Ali (r.a.) hovlida oyoqlarini chalkashtirib osmonga qarab yotgan ekanlar.
Hazrati Ali (r.a.) undan nimalar deb gapirganlarini so‘radilar. Abdulloh ibn Shayboniy aytgan so‘zini (yana bir bor) gapirib berdi.
- Bu so‘zni Allohdan, uning Kitobidan yoki Allohning Rasulidan rivoyat qilyapsanmi? - so‘radilar Hazrati Ali (r.a.).
- Yo‘q, - dedi Abdulloh ibn Shayboniy.
- Unda qaerdan?
- O’zimdan.
Hazrati Ali (r.a.):
«Sen bu so‘zni Allohdan, Kitobidan yoxud elchisidan xabar berayotganingni aytsang edi, kallangni uzib tashlardim. Agar mendan rivoyat qilganingni aytsang, senga azob berardim. Sen yolg‘onchisan. Men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman. Qiyomatdan oldin o‘ttizta yolg‘onchi payg‘ambar chiqadi, sen ham o‘shalardansan».
Bir rivoyatda Abu Jullasning bunday degani keltirilgan: «Men Abdulloh Shayboniydan juda katta gap aytganini eshitganlardan biri edim. Uni Hazrati Aliga (r.a.) olib keldik.
Hazrati Alini (r.a.) masjidning hovlisida bir oyog‘ini 2si ustiga qo‘yib, osmonga qarab yotgan holda topdik.
Hazrati Ali (r.a.) undan qanday so‘zlar so‘zlaganini so‘radi. U gapirganlarini aytib berdi.
- Bu so‘zlarni Allohdan, Kitobidan yoki Allohning rasulidan rivoyat qilyapsanmi? - deya so‘radilar Hazrati Ali (r.a).
- Yo‘q, - dedi u.
- Unda kimdan?
- O’zimdan.
Hazrati Ali (r.a.).
- Sen Allohdan, Kitobidan yoxud elchisidan naql etganingni aytganingda, bo‘yningni uzardim. Agar mendan rivoyat qilganingni aytayotgan bo‘lsang, senga azob berardim, yolg‘onchisan. Men Rasulullohdan (s.a.v) eshitganman, Qiyomat vaqtidan oldin o‘ttizta yolg‘onchi payg‘ambar paydo bo‘ladi, sen ham o‘shalardan bittasisan, - dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:42:19

501

Abu Hanifa (r.a.) Abdurrahmondan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v) bunday dedilar: «Shunday bir zamon keladiki, insonlar qabrlarga borib qabr ustiga yotib olishadi va shunday deyishadi:
«Koshki shu qabrda, biz bo‘lsak edik"¦»
Sahobalar so‘rashdi:
- Bu qanday bo‘ladi, yo Rasululloh!
- Zamonning qiyinchiliklari, balolar va fitnalar ko‘pligi bois shunday bo‘ladi (deyishadi. - Tarj.), - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:42:43

TAFSIR KITOBI

502

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Farvadan, u Ato ibn Soibdan, u Abu Zuhodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Alloh taoloning «Alif, lom, mim» so‘zidan murod ushbudir: «Men Allohman, hamma narsani biluvchi va ko‘ruvchiman».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:43:13

503

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Salama ibn Nabitdan rivoyat qiladi. Salama aytdi: «Men Dahhoq ibn Mazohimning yonida edim. Bir odam «Biz seni muhsinlardan, yaxshilik qiluvchilardan deb bilamiz» oyatining manosini so‘raganda shunday dedilar:
U qiynalgan kishini ko‘rsa, qiyinchilikdan qutqarardi. Kasalni ko‘rsa, uning xizmatini qilardi. Muhtojni ko‘rsa, uning hojatini chiqarishni istardi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:43:36

504

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Atiyyadan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Mo‘minning farosatidan ehtiyot bo‘ling, chunki u Allohning nuri bilan qaraydi», dedilar va ushbu oyatni o‘qidilar: «Shubha yo‘qki, bunda sinchiklab qarovchilar uchun ibratlar bordir».

Qayd etilgan