Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 272683 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 75 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:15:18

IZOHLAR VA TAXRIJ

3-hadis
Joriyaning osmonni ko‘rsatishi uning ma’rifatidandir. Bundan ikki maqsad ko‘zlangan.
1.   U ayol osmonning yuksaklikni biladi.
2.   Ayol bu bilan yuksakligini nazarda tutgan. Chunki u butlarga yerda ibodat qilinishini biladi. Biroq bu boradagi haqiqat va sahih aqida quyidagichadir:
Alloh taolo zamon, makon va tomondan munazzahdir. Ba’zi firqalar ushbu hadisni dalil qilib, yo‘ldan ozishdi.
Alloh taoloni biror jihatda deb e’tiqod etish kufr bo‘ladi.
Joriya ayolning Alloh taoloni tanishiga ushbu hadis dalildir: Sharid ibn Suvayd Saqqofiydan rivoyat qilingan boshqa bir sahih hadisda bunday kelgan. Saqofiy: «O’ Rasullalloh! Onam bir mo‘mina qul ozod qilishimni vasiyat qildi. Menda bir zanji joriya bor. O’shani ozod qilayinmi?» dedi.
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Uni chaqir», dedilar.
Men joriyani chaqirib keldim. Rasululloh (s.a.v.) undan so‘radilar:
-   Rabbing kim?
-   Alloh, - dedi joriya. Rasululloh (s.a.v.):
-   Men kimman? - deya so‘radilar.
-   Siz Allohning rasulisiz, - dedi.
-   Uni ozod qil, chunki u mo‘minadir, - deya marhamat qildilar.
Bu hadisi sharifni Abu Dovud va Nasaiy rivoyat etishgan («Taysirul-vusul», 1b-bet).
A’to ibn Abu Rabohdan rivoyat etilgan hadisni esa Ibn Xusrav «Musnad»ida keltirgan. Hadis sahihdir.
Muslim, Abu Dovud, Nasaiy hadisni Muoviya ibn Hakam Sulamiydan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-18).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:44:33

Go‘dakligida o‘lganlar hukmi

5-hadis
Olimlar aytishadi: «Go‘dakligida o‘lganlar kofirning bolalari bo‘lishsa ham, shar’iy taklif bilan mukallaf bo‘lmaganlari uchun azobdan qutuladilar».
Abdurahmonning hadisini Imom Buxoriy, Abu Dovud va Termiziy, Bayhaqiy Anas ibn Molikdan rivoyat qilishgan.

Shirk

7-hadis
Shirk mavzuida juda ko‘p hadis bor: «Katta gunohlardan biri Alloh taologa shirk keltirishdir». Imom Buxoriy rivoyati. («Zujajatul-masabih», 1-21).

9-hadis
Hadis muttafaqun alayhdir. Termiziy bu hadisni Abu Zarr G’iforiy orqali rivoyat qilgan («Uqud’ul-munifa», 1-18).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:48:03

Taqdir

13-hadis
Imom Buxoriy bu hadisning bir qismini rivoyat qilgan.

14-hadis
Hazrati Ali (r.a.) orqali rivoyat etilgan hadis muttafaqun alayhdir («Zujajatul-masabih», 1-22).

15-16 —hadislar
Hadisni Ahmad ibn Hanbal «Musnad»ida Abdulaziz orqali rivoyat qilgan.
Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja Hazrati Ali (r.a.) orqali farqli lafz bilan rivoyat etishgan («Uqud’ul-munifa», 1-20).

17-18-hadislar
Ahmad ibn Hanbal va Abu Dovud Ibn Abbos (r.a.) orqali rivoyat qilishgan. Ibn Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Qadariylar 6u ummatning majusiylaridir. Kasal bo‘lsalar, ko‘rishga bormang, o‘lsalar, janozalariga qatnashmang»
(Zujajatul-masabih», 1-32).

19-20-21 —hadislar
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Ummatimdan ikki toifaga Islom dinidan nasiba yo‘q. Ular murjiya va qadariyachilardir».
Bu hadisni Imom Termiziy rivoyat etgan. Hadis g‘aribdir («Zujajatul-masabih», 1-31).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:48:19

Shafoat

22 –hadis
Rubai ibn Hiroshning hadisini Buxoriy rivoyat qilgan («Zujajatul-masabih», 4-321; «Uqud’ul-munifa», 1-22).
27-hadis
Ahmad ibn Hanbal, Abu Ya’lo Abu Zilol Qasmaliyning Anasdan rivoyat etgan hadisini rivoyat etishgan. Abu Zilol zaif roviydir. Uning ismi Hilol ibn Maymundir («Ihyoi ulumid-din», 4-26).

Alloh taoloni jannatda ko‘rish

29-hadis
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisni Buxoriy va Muslim rivoyat etishgan. Buxoriy Jobir orqali rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-21).
Jarir ibn Abdullohdan rivoyat etilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Sizlar Rabbingizni ko‘zlaringiz bilan ko‘rasizlar» («Zujajatul-masabih», 4-362).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:48:45

 Ilm

30-31 —hadislar
 Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Ilm istash har bir musulmonga farzdir. Noahl (johil) kimsa oldida ilm aytuvchi (bu) cho‘chqaga gavhar, inju taquvchiga o‘xshaydi». Ibn Moja rivoyat qilgan («At-targ‘ib vat-tarhib», 96-bet).
«Ilm talabidagi kishining rizqiga Alloh taolo kafildir». Zahabiy rivoyat qilgan.

34-hadis
«Zikr majlisida o‘tirganlarga sakinat (xotirjamlik) tushadi. Ularni farishtalar qurshab oladi, rahmat chulg‘aydi. Alloh taolo ularni Arshida zikr etadi».
Abu Nuaym «Hilya» asarida Jobir (r.a.) orqali rivoyat qilgan («Al-munaviy», 5-519).

35-hadis
Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Alloh taolo qiyomat kunida qullarini tiriltiradi, so‘ngra olimlarni ajratib: «Ey olimlar jamoasi, Men sizga ilmimni azoblash uchun bermadim. Boring, Men sizni kechirdim», deydi».

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:50:53

Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) tuhmat qilish nojoiz

36-37-38-39-40-hadislar
Termiziy, Ibn Moja, Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal, Muslim, Nasaiy va Buxoriy rivoyat etishgan. Ibn Qayyum Javziy: «98 sahobiy bu hadisni rivoyat qilgan», deydi. Ibn Saloh: «Bu hadis darajasidagi mutavotir hadis yo‘q» degan («Al-munaviy», 6-216-217).

TOZALIK

 Turg‘un suvning najas bo‘lishi

41-hadis
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Rasululloh bunday deydilar: «Birortangiz oqmaydigan, turg‘un suvga peshob qilmasin, so‘ng bunday suvda g‘usl qilmasin».
Imom Buxoriy, Muslim shu lafz bilan rivoyat qilishgan.
Muslim hadisni yana boshqa bir lafz bilan rivoyat etgan: «Birortangiz junubligida turg‘un suvda g‘usl qilmasin». So‘raldi: «Ey Abu Hurayra, qanday qilinadi?» «U suvdan olib...», deya javob berdi («Taysirul-vusul», 3-48).

42-hadis
Ibn Muzaffar, Bayhaqiy farqli lafzlar bilan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-29).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:51:24

Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) mushuk tekkan suvdan tahorat
olishlari sababi


43-hadis
Abu Qatodadan rivoyat etilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.). «Mushuk najas emas, mushuk atrofingizda aylanib yuruvchi uy hayvonidir», deydilar.
Buxoriy va Muslim rivoyati. Ibn Huzayma va Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim va boshqalar hadisni sahih deyishgan.
Abu Dovuddan rivoyat qilingan sahih hadisda «Rasululloh (s.a.v.) mushukdan qolgan suv bilan tahorat olardilar», deyiladi. Hanafiy mazhabida mushukdan qolgan suv ilan tahorat olish karohiyatli (makruh. -Tarj.) bo‘lsa ham, joiz.
Abu Dovud Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadis mushukdan qolgan (suv)ning tozaligiga dalolat etadi («Osorus-sunan», 1-11).

Tik turib peshob qilish

44-hadis
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda («Osorus-sunan», 1-24) (ul muhtarama) bunday deydi: «Kim sizga Rasululloh (s.a.v.) tik turib tahorat ushatardilar desa, uning gapini tasdiqlamang. Rasululloh (s.a.v.) faqat o‘tirib tahorat ushatganlar».
Abu Dovud, «Kutubi sitta» sohiblari rivoyat qilishgan. Isnodi hasandir.

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:52:06

Sut ichilganida tahorat yangilanmaydi

45-hadis
Said ibn Jubayr Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisni Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat etishgan.

Misvok ishlatish

46-hadis
Tabaroniy shunday keltirgan: «Payg‘ambar (s.a.v.) namoz o‘qish uchun misvok ishlatmasdan uylaridan chiqqan emaslar».
Buxoriy va Muslim shunday rivoyat qilishgan: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida, har namoz vaqti tishlarini misvok bilan tozalashni ularga buyurar edim».
Ibn Huzayma «Sahih»ida bu hadisni rivoyat etgan. Hokim uni sahih degan («Fathul-qodir», 1-16).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:52:36

Rasuli akramning (s.a.v.) tahorat olishlari, boshga bir marta mash tortishlari

47-48-hadislar
Abu Hanifa (r.al.) A’to ibn Abu Rabohdan, u Usmon ibn Affonning quli Himrondan rivoyat qiladi. Himron aytdi: Hazrati Usmon (r.a.) a’zolarini uch martadan yuvib: «Men Rasulullohning (s.a.v.) mana shunday tahorat olayotganlarini ko‘rdim», dedi». Buxoriy, Muslim, Ibn Xusrav va Abu Dovud rivoyat etishgan («Uqud’ul-javohir», 1-24).
«Rasululloh (s.a.v.) a’zolarini bir martadan yuvib tahorat oldilar» hadisini Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilgan.
Bu mavzu haqida kengroq ma’lumot olmoqchi bo‘lganlar «Uqud’ul-javohir» kitobiga murojaat qilishlari mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:52:54

TAHORAT

51-hadis
«Sahihi Muslim»da Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda: «Yuvilmagan paylarga otash azobi bo‘lsin», deb aytilgan. «Oyoqlarni yuvishda tovon yuqorisidagi paylarga suvni yetkazing», deya marhamat qilingan.
Muslim va Ibn Moja bu hadisni boshqacha lafzlar bilan ham rivoyat qilishgan. Buxoriyda: «To‘piqlarga otash azobi bo‘lsin» shaklida rivoyat etilgan.

Tahoratdan so‘ng tahorat a’zolariga suv purkash

52 -hadis
Hadisni Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja Mansur orqali rivoyat etishgan. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) a’zolarini bir martadan yuvib tahorat oldilar va tahorat a’zolariga suv purkadilar», deyilgan («Uqud’ul-javohir», 1-24).

Qayd etilgan