Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) tuhmat qilish nojoiz
36-37-38-39-40-hadislar
Termiziy, Ibn Moja, Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal, Muslim, Nasaiy va Buxoriy rivoyat etishgan. Ibn Qayyum Javziy: «98 sahobiy bu hadisni rivoyat qilgan», deydi. Ibn Saloh: «Bu hadis darajasidagi mutavotir hadis yo‘q» degan («Al-munaviy», 6-216-217).
TOZALIK
Turg‘un suvning najas bo‘lishi
41-hadis
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Rasululloh bunday deydilar: «Birortangiz oqmaydigan, turg‘un suvga peshob qilmasin, so‘ng bunday suvda g‘usl qilmasin».
Imom Buxoriy, Muslim shu lafz bilan rivoyat qilishgan.
Muslim hadisni yana boshqa bir lafz bilan rivoyat etgan: «Birortangiz junubligida turg‘un suvda g‘usl qilmasin». So‘raldi: «Ey Abu Hurayra, qanday qilinadi?» «U suvdan olib...», deya javob berdi («Taysirul-vusul», 3-48).
42-hadis
Ibn Muzaffar, Bayhaqiy farqli lafzlar bilan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-29).