Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368379 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:46:19

Taloq beriladigan payt

289-hadis
Ibn Umar (r.a.) ayolini hayzli paytida taloq qildi va bu ishi uchun hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) tanbeh eshitdi. Shundan so‘ng xotiniga raj’at qildi (qaytib oldi) va uni hayzdan pok holida taloq qildi. Muhammad ibn Hasan hadisni shunday rivoyat qilgan.
«Kutubi sitta» sohiblari uni keltirishgan. Ular tanbeh bergan kishi Rasululloh (s.a.v.) ekanlarini aytishgan.
Imom Buxoriy lafzida: «Ibn Umar (r.a.) ayolini hayz ko‘rgan payti taloq qildi», deyiladi («Uqud’ul-javohir», 1-120).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:46:41

Allohning dinini masxara qilganlarga, din hukmlarida sustkash va beparvo bo‘lganlarga tanbeh berish

290-hadis
Ibn Moja «Sunan»da, Ibn Hibbon «Sahih»da, Tabaroniy «Mu’jam»da hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-123).

Majnun va aqli zaifning talog‘i o‘tmaydi

291-hadis
Imom Termiziy hadisni Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ tarzda quyidagi lafzlar bilan keltirgan: «Aqli zaif (ojiz)ning talog‘idan boshqa barcha taloqlar haqiqiydir» (o‘tadi. - Tarj.).
Ibn Shayba hadisini hazrati Alidan (r.a.) sahih sanad va quyidagi lafzlar bilan keltirgan: «Aqli zaif (ojiz)ning talog‘idan boshqa barcha taloqlar haqiqiydir (o‘tadi. - Tarj.)» («Uqud’ul-javohir», 1-121).
Hazrati Ali (r.a.) aytdi: «Aqli zaif (ojiz)ning talog‘idan boshqa barcha taloqlar haqiqiydir (o‘tadi. - Tarj.)». Imom Buxoriy «Sahih»ida bu hadislarni rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-121; «Al-muntaqo», 2-606).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:46:59

Kishining xotiniga turmush qurib, yashashi yo yashamasligiga ixtiyor
Berishi


292-293-hadislar
Hadis «Kutubi sitta»da kelgan. Hadis lafzi «Sahihayn»da quyidagicha: «Rasululloh (s.a.v.) uni bizning zararimizga hisoblamadilar» («Uqud’ul-javohir», 1-124).
Oyisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bizlarni o‘zlari bilan yashash yo yashamaslik xususida ixtiyorli qilganlarida biz U zotni tanladik va bu holatni hech bir narsa (taloq) sanamadilar» («Al-muntaqo», 2-609).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:47:16

Joriyaning talog‘i va iddasi hur ayolnikidan farqlidir

294-hadis
Hadisni Ibn Moja «Sunan»da keltirgan. Bazzor, Tabaroniy va Doraqutniy ham hadisni keltirishgan. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja hadisni Qosimdan, u Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyatini marfu’ tarzda keltirishgan.
Imom «Musnad»ida hadisni Atiyyadan rivoyat qilgan. Termiziy bu hadisni hasan, degan («Uqud’ul-javohir», 1-123).

Xoh boin, xoh raj’iy taloq qilingan ayolning idda vaqtida nafaqaga va yashash joyiga haqqi bor

295-hadis
Imom Muslim Abu Ishoqdan keltirgan. Imom Termiziy ham shunday rivoyat qilgan. Va bu lafzni qo‘shgan: «Hazrati Umar (r.a.) taloq qilingan ayolga nafaqa va yashash joyini hukm qilganlar» («Uqud’ul-javohir», 1-129).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:47:32

Homilador xotinlarning iddasi

296-hadis
Imom Buxoriy, Imom Muslim va «Sunan» sohiblari hadisni keltirishgan. Imom Muslim Umar ibn Abdulloh ibn Arqamdan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-128).
297-hadis
Hadisni Bazzor, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja quyidagi lafzlarni qo‘shib keltirishgan: «Kim xohlasa, u bilan la’nat aytishaman».
«Homiladorlar tuqqach, iddalari tugaydi» mazmunidagi oyat to‘rt oyu o‘n kun idda kutish haqidagi oyatdan keyin nozil bo‘lgan.
Imom Buxoriy quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan: «U xotinlarga og‘ir bo‘ladi, ularga ruxsatni bermang!» («Uqud’ul-javohir», 1-128).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:47:46

Eri o‘lgan xotin

298-hadis
«Sunan» sohiblari hadisni keltirishgan. Termiziy hadisni hasan, degan. Hokim hadisni ikki yo‘l bilan keltirgan. Birida Imom Muslimning shartiga muvofiq, ikkinchisida esa shayxaynning shartiga muvofiq degan. Bu hadisni Ibn Hibbon «Sahih»ida keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-116).

Xul’u

300-hadis
Xul’u xotinning «Mening javobimni bersin», deya eriga fidya berishidir. Ikkisi kelishsa, ayol mol berishi kerak. O’rtalarida bir boin taloq sodir bo‘ladi. Imom Buxoriy bu hadisni Ikrimadan, u Ibn Abbosdan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-127).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:48:16

NAFAQA

302-hadis
Xotinga va oilaga sarflangan nafaqadan savob qozonilishi haqidagi hadisni Imom Buxoriy «Sahih»ida Zuhriydan rivoyat qilgan.

MUDABBAR VA VALO

Mudabbar qul


303-hadis
Hadis «Kutubi sitta»da kelgan. «Sahihayn»da bu hadis Jobirdan rivoyat etilgan. Bu hadisni Imom Muslim, Abu Dovud, Nasaiy turli rivoyatlar bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-132).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:48:26

Aqdga xilof shartlarning bekor bo‘lishi va qul ozod etganning valosi haqida

304-hadis
Oyisha onamizning (r.a.) hadisi muttafaqun alayhdir. Imom Termiziy va Imom Moja Asvad rivoyati bilan keltirishgan. Boshqalari esa Qosimdan, u Oyisha onamizdan (r.a.) keltirgan. Tahoviy har ikki yo‘l bilan keltirgan. Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-54).
Hadisni Imom Muslim Shu’b’adai rivoyat qilgan («Zujajatul-masabih», 2-429).

Valo sotilmaydi va bag‘ishlanmaydi

305-hadis
Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal va «Kutubi sitta» sohiblari keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-55).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:48:43

Noo‘rin qasam ichish

306-hadis
Hadisni Imom Termiziy keltirgan. Buning «g‘omus» deyilishiga sabab -bunday qasam ichgan kishi avval gunohga, so‘ng otashga sho‘ng‘iydi («Uqud’ul-javohir», 1-134).

Mutlaq va shartga bog‘liq nazr

307-hadis
Imom Buxoriy hadisni Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-137).
Muhammad ibn Zubayr Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisni Muslimdan boshqa barcha muhaddislar keltirishgan. Faqat hadis so‘nggidagi «G’azablangan paytda nazr qilish yo‘qdir» jumlasini qo‘shmaganlar («Al-muntaqo», 2-920).
308-hadis
Nasaiy, Hokim va Bayhaqiy keltirishgan. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Moja Sulaymon ibn Biloldan rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:49:02

Qasamning ma’nosi

309-310-hadislar
«Billahi» deb qasam ichish uch turlidir: g‘omus, lag‘v va mun’aqid. G’omus va lag‘vda kafforat yo‘q. Mun’aqid qasam buzilganida kafforat beriladi. Ularning barchasi oid hukmlar bor.
Hadisni Imom Buxoriy keltirgan. Bu hadisni Abu Dovud, Bayhaqiy, Ibn Hibbon Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-134).

Kishi qasamda istisno qilishi bilan qasamini buzgan bo‘lmaydi

311-312-hadislar
Hadisni Termiziy, Ibn Moja, Nasaiy, Hokim va Ibn Hibbonlar Abdurazzoqdan keltirishgan. Hofiz ushbu hadis bir necha roviy orqali rivoyat etilganini aytgan.
Ibn Umarning (r.a.) «Kim qasam ichsa...» lafzi bilan boshlagan hadisini Shofe’iy, Ahmad ibn Hanbal, «Sunan» sohiblari, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-135).

Qayd etilgan