Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367760 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:49:18

HUDUD JAZOLARI

O’yin anjomlari bilan o‘ynashning haromligi


313-hadis
Hadis so‘nggidagi «daf chalmoq» lafzi «Musnad»da zikr etilmagan. Abu Dovud hadisni Validdan rivoyat qilgan. Ahmad, Ibn Hibbon va Bayhaqiy «Kub» va «Tabl» lafzlari bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-89).
Abu Dovuddan kelgan rivoyatda «Nabiy (s.a.v.) ichkilikdan, qimor va shatranj, do‘mbra o‘yinidan qaytardilar», deyiladi.

Had jazosida ichgan kishidan ichkilik hidi kelayotgani e’tiborga olinadi

314-hadis
Humaydiy va Ibn Abi Umar «Musnad»larida hadisni to‘laligicha keltirishgan. «Sahihayn»da Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilingan («Uqud’ul-javohir», 1-143).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:50:30

O’g‘rilikning jazosi

315-hadis
Ibn Xusrav Muhammad ibn Hasan orqali hadisni quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan: «O’n dirhamdan kamida (ya’ni, o‘n dirhamdan kam o‘g‘irlansa. - Tarj.) qo‘l kesilmaydi».
Vake’, Savriy, Ibn Muborak, Mas’udiy unga ergashganlar. To‘rt «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-144).

Shubhalar bilan hadlar to‘xtatiladi

316-hadis
Bayhaqiy Savriydan, u Osimdan quyidagi lafz bilan keltirgan: «Kuchingiz yetgunicha musulmonlardan o‘limni (o‘lim jazosini. -Tarj.) qaytaring».
Hadisni Imom Termiziy va Nasaiy shu ma’noda keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-137).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:50:48

Zino qilganiga iqror bo‘lish

317-hadis
Zino qilganini e’tirof etgan kimsa bu qilmishiga to‘rt majlisda to‘rt marta iqror bo‘lsa, uning gapi e’tiborga olinadi. Imom Muslim va Ahmad Buraydadan boshqa roviylar orqali hadisni keltirgan. Jobir va Abu Hurayraning hadisini «Kutubi sitta» sohiblari o‘sha ma’noda «Uning jasadiga boshqalarga qilganingizni tatbiq eting» lafzisiz rivoyat etishgan.
Imom Muslim tafsilotini keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-139).

Musulmonning zimmiy evaziga o‘ldirilishi

318-hadis
Abu Dovud mursal hadislarda Sulaymon ibn Biloldan keltirgan. Doraqutniy hadisni marfu’ tarzda keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-129).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:51:13

SARIYYALAR

G’oziy yo‘qligida uning oilasiga xoinlik qilishning gunohi


319-hadis
Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy hadisni Buraydadan: «Urushdan ortda qolgan hech bir kimsa yo‘qki...» lafzlari bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-149).
Imom ilohiy da’vat yetib bormagan dushmanga ro‘baro‘ kelganida uni Islomga chaqiradi
Imom Buxoriydan boshqa barcha muhaddislar shu yo‘l bilan keltirishgan. Imom Muslim No‘‘mon ibn Muqrindan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-147).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:51:26

Tana a’zosini kesishning taqiqlanishi

320-hadis
Hadisni Imom Muslim Buraydadan rivoyat qilgan. Imom Buxoriy Abdulloh ibn Yaziddan keltirgan.
Musla - ba’zi a’zolarni kesish, demakdir. «Hidoya» muallifi: «U’raning» qissasida kelgan a’zo kesish o‘zidan keyingi hadis bilan mansuxdir», degan («Uqud’ul-javohir», 1-149).

Ehtilom bo‘lmagani holda balog‘atga yetgan harbiy dorul harbda (kufr diyori ) o‘ldiriladi (harbiy - kufr diyoridagi kishi)

321-hadis
Hadisni «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan. Imom Termiziy va Ibn Hibbon uni sahih, deyishgan. Hokim Abul Qosim ibn Mug‘niyning lafzi bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-152).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:51:44

Mushriklarning jasadi xabis (murdor, iflos)dir. Unga ahamiyat ko‘rsatilmaydi va uning evaziga badal ham olinmaydi

322-hadis
Hadisni Imom Termiziy va Hokim keltirishgan. Hokim: «Hadisning isnodi sahihdir», degan. Hadisni Tabaroniy ham keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-148).

Imom o‘ljalarni taqsimlamasidan oldin ularning beshdan bir qismi sotilishining taqiqlanishi

323-hadis
Imom Termiziy va Bayhaqiy Abu Saiddan «Taqsimlanmasdan o‘ljalarning sotilishini taqiqladilar» lafzi bilan rivoyat qilishgan.
Ahmad va Abu Dovud hadisni «Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan kishiga halol emas» lafzi bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-154).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:52:22

Moliklik sababi to‘la istilodir

324-hadis
Hadisni Al-Horisiy Muhammad ibn Bashir orqali rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-155).

OLDI-SOTDI

Shubhalardan saqlanish


325- hadis
Abu Abdulloh No‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. No‘‘mon ibn Bashir aytdi: Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim, shunday dedilar: «Halol aniqdir, harom aniqdir, ularning o‘rtasida insonlarning ko‘pchiligi bilmaydigan, harom yo halolligi noma’lum, shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok tutadi. Shubhali narsalarni qilgan, haromlarni ham qiladi. Buning misoli: chegara yonida qo‘y boqayotgan cho‘pon chegarada boqishga ham yaqin boradi. Har hukmdorning chegaralari bor. Alloh taoloning chegarasi harom qilgan narsalaridir.
«Tanada bir go‘sht parchasi bor. U sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. U - qalbdir».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan («Al-arba’in-un-Nuriyya», 58).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:52:42

Aroqning la’natlanishi

326-hadis
Abu Dovud va Ibn Moja Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilishgan. Ibn Umar aytdi: Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Alloh aroqni, uni ichganni, uni quyib uzatganni, sotganni, tayyorlovchini va asbobini olib kelganni va vositachini la’natladi» («Zujajatul-masabih», 3-108); («Uqud’ul-javohir», 2-116).

Aroqning savdosi botildir

327-   hadis
Imom Muslim Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbosning hadislaridan keltirgan. Imom Buxoriy: «Bir kishining ichkilik sotgani xabari Hazrati Umarga (r.a.) yetib keldi...» lafzi bilan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-150).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:52:54

Riboning (foizning) keskin taqiqlanishi

328-   hadis
Hadisni Nasaiy shu yo‘l bilan rivoyat qilgan. Abu Dovud esa Abdurrahmon orqali rivoyat etgan. Termiziy va Ibn Moja ham keltirishgan.
Termiziy bu hadisni sahih-hasan degan.
Imom Muslim hadisni Abdullohdan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-33).
Ibn Mas’ud (r.a.) bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.) foiz yeganni ham, foiz yedirganni ham la’natlagan edilar». Abu Dovud va Termiziy qo‘shimcha qilib quyidagilarni keltirishgan: «...Unga guvoh bo‘lganni ham, uni yozganni ham» («Taysirul-vusul», 1-68).

Nasiyaning riboligi Qur’onda kelgan

329-hadis
Imom Buxoriy, Muslim, Nasaiy va Ibn Moja rivoyat etishgan («Uqud’ul-javohir», 2-130).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:53:20

Tilla yo kumush pullar o‘z tengiga sotilganida teng bo‘lishi va savdo joyida ayirboshlanishi shart.

330- hadis
Imom Buxoriy va Muslim hadisni «Sotmang...» lafzi bilan rivoyat etishgan. Imom Muslim Abu Saiddan va Abu Hurayradan hadisni marfu’ o‘laroq rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-27).

Bir qulga ikki qul sotib olish

331- hadis
Abu Dovud hadisni muxtasar tarzda rivoyat qilgan. Imom Termiziy, Muslim va Nasaiy hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-32).

Qayd etilgan