Moliklik sababi to‘la istilodir
324-hadis
Hadisni Al-Horisiy Muhammad ibn Bashir orqali rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-155).
OLDI-SOTDI
Shubhalardan saqlanish
325- hadis
Abu Abdulloh No‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. No‘‘mon ibn Bashir aytdi: Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim, shunday dedilar: «Halol aniqdir, harom aniqdir, ularning o‘rtasida insonlarning ko‘pchiligi bilmaydigan, harom yo halolligi noma’lum, shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok tutadi. Shubhali narsalarni qilgan, haromlarni ham qiladi. Buning misoli: chegara yonida qo‘y boqayotgan cho‘pon chegarada boqishga ham yaqin boradi. Har hukmdorning chegaralari bor. Alloh taoloning chegarasi harom qilgan narsalaridir.
«Tanada bir go‘sht parchasi bor. U sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. U - qalbdir».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan («Al-arba’in-un-Nuriyya», 58).