Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367653 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:53:36

Oldi-sotdida aldashdan qaytarish

333-   hadis
Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Imom Ahmad va Abu Dovud ham hadisni keltirishgan. («Uqud’ul-javohir», 2-17).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) aldab sotishdan, tosh otib, tekkanini sotishdan qaytardilar».

Muhoqala va muzobanadan qaytarish

334-   hadis
Muhoqala: Boshqa odamdagi bug‘doyni mavjud bug‘doy evaziga sotmoq.
Muzobana: Daraxtdagi xurmoni xurmo evaziga sotmoq.
Imom Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Hibbon hadisni keltirishgan. Imom Muslim Jobirdan (r.a.) hadisni ushbu lafz bilan rivoyat etgan: «Rasululloh (s.a.v.) muhoqala, muzobana, muovama, muxobaradan... qaytardilar» («Uqud’ul-javohir», 2-16).

336- hadis
Hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan. Abu Shayba ushbu lafz bilan naql etgan: «Mevani iste’molga loyiq bo‘lishidan oldin (salam savdosida) sotmang» («Uqud’ul-javohir», 2-33).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:54:00

Mevasi bor xurmo daraxtini sotish

338-   hadis
Horisiy va Ibn Xusrav Muhammad Hasan orqali hadisni rivoyat etgan. U aytdi: «Bu Abu Hanifaning qavli (so‘zi)dir, biz ham unga amal qilamiz. Tahoviy hadisni Ibn Umardan (r.a.) marfu’ tarzda «Kim sotib olsa...» lafzi bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-3).

Musulmon birodari sovchi bo‘lgan qizga sovchi qo‘yish va mardikor
ishlatgan kishi haqida


339-   hadis
«Kutubi sitta» sohiblari Abu Hurayra hadisining «Alloh rizq beruvchidir...» so‘zigacha bo‘lgan qismini naql etishmagan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:54:22

Ovga o‘rgatilgan itni sotish mumkinligi haqida

341-   hadis
Ahmad ibn Hanbal «Musnad»ida quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ovga o‘rgatilgan itlardan boshqa itni sotishdan, pulini ishlatishdan qaytardilar» («Uqud’ul-javohir», 2-24).

Savdoga, unda bo‘lmagan shart qo‘shilsa, savdo botil bo‘ladi

342-   hadis
Ibn Moja hadisni Laysadan keltirgan. Hadisni Bayhaqiy Ibn Ishoqdan rivoyat qilgan. Hadisni Ibn Mojadan boshqa barcha «Sunan» sohiblari keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-21).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:54:36

Qiyin ahvolda qolgan qarzdorga muhlat berishning fazilati

344-345- hadislar
Hadisni Imom Buxoriy keltirgan. Imom Muslim hadisni Ibn Mas’ud va Abu Hurayraning rivoyati bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir» 2-50).

Muomalalarda (oldi-sotdida) aldashdan qaytarish

346- hadis
Hadisni Imom Ahmad va Dorimiy rivoyat etishgan. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja Abu Hurayraning (r.a.) hadisini «oldi-sotdi» lafzini tushirib, rivoyat qilishgan. («Uqud’ul-javohir», 2-26).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:55:04

RAHN (Garov)

348- hadis
Doraqutniy shu rivoyat bilan hadisni keltirgan. Hadis muttafaqun alayhdir («Uqud’ul-javohir», 2-57).

SHUF’A

Shuf’a bahsi


349-350- hadislar
Abdulkarimning hadisi Imomi A’zam orqali turli yo‘llar bilan rivoyat etilgan. Nasaiy rivoyat qilgan. Imom Buxoriy hadisni Amr orqali rivoyat qilgan. Ibn Hibbon «Sahih»ida hadisni Abu Rofe’dan keltirgan. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar ham rivoyat etishgan («Uqud’ul-javohir», 2-68).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:55:32

Zulmdan qaytarish

351- hadis
Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja Abu Hurayra (r.a.) orqali rivoyat etishgan.
Imom Buxoriy va Muslimda bunday lafzda kelgan: «Hech biringiz qo‘shnisini devoriga yog‘och (to‘sin) qo‘yishdan qaytarmasin».
(«Uqud’ul-javohir», 2-39).

SHERIK BO’LIB DEHQONCHILIK QILISH

352-hadis
Imom Muslim A’toning Jobirdan rivoyat etgan hadisini keltirgan. Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy boshqa rivoyat bilan hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-71).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:56:02

Ekinning ma’lum bir qismi evaziga yerni ijaraga berishdan qaytarish

353-   hadis
Abu Dovud Abdurrahmon rivoyat qilgan hadisni keltirgan. Rofe’ ibn Hudayjning bu hadisini «Kutubi sitta» sohiblari har xil sanadlar bilan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-54).

FAZILAT VA SHAMOYIL

Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) vafotlari


354-   hadis
Imom Muslim hadisni Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: «Vafot etganlarida 63 yoshdan o‘tgan edilar», deganlar. ( «Zujajatul-masabih», 4-51).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:56:19

Hazrati Muhammadning (s.a.v.) payg‘ambar qilib yuborilishlari

355-   hadis
Hadis Anasdan (r.a.) bir necha rivoyatlar bilan kelgan. Muttafaqun alayhdir («Zujajatul-masabih», 4-27).

Xushbo‘ylik (atr) rad etilmaydi

356-357- hadislar
«Qay biringizga xushbo‘ylik keltirilsa, uni sursin». Abu Dovud va Nasaiy Abu Hurayradan (r.a.) shu mazmundagi hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-100).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:56:43

Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) davrada birga o‘tirganlar oldidagi odoblari

359- hadis
Imom Termiziy hadisni Anasdan rivoyat etgan («Zujajatul-masabih», 4-40).

Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) axloqlari

360-   hadis
Oyisha onamizdan (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) axloqi haqida so‘ralganida: «Ul zotning axloqi Qur’on edi», dedilar, ya’ni Rasululloh Qur’on axloqi bilan odoblangan, Qur’onning go‘zalligi bilan bezangan edilar». Hadisni Imom Muslim rivoyat qilgan.
«Rasululloh (s.a.v.) axloq jihatidan insonlarning eng go‘zali edilar». Bu hadisni Imom Termiziy «Shamoili sharif»da rivoyat etgan.
Kengroq ma’lumot olmoqchi bo‘lganlar: «Shubhasiz, siz buyuk xulq ustidasiz» mazmunli oyati karimaning tafsirlariga, axloq borasida vorid bo‘lgan hadislarga, Ibn Kasir tafsiriga qarashlari mumkin. («Shamoili Muhammadiya», 319); («Ihyo-u ulumiddin», 2-357); (Ibn Kasir tafsiri, 4-402).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:58:42

Payg‘ambarimizning tavozu’lari

361-   hadis
Ibn Moja va Bayqaqiy «Shu’bil iymon»da Anasdan (r.a.) rivoyat etgan. Imom Termiziy ham hadisni keltirgan. («Zujajatul-masabih», 4-40); («Uqud’ul-javohir», 2-62).

Hazrati Payg‘ambarimizni (s.a.v.) yuvgan sahobalar

364-   hadis
Imom Buxoriy va Nasaiy Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisga qarang («Taysirul-vusul», 2-40).
Omir Sha’biydan qilingan rivoyatda ushbu qo‘shimcha bor: «Ul zotni Hazrati Ali (r.a.), Hazrati Fazl (r.a.) va Hazrati Usoma (r.a.) yuvishdi va qabrga ham ular qo‘yishdi».
Abu Dovud hadisni keltirgan («Taysirul-vusul», 4-172).

Qayd etilgan