Oldi-sotdida aldashdan qaytarish
333- hadis
Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Imom Ahmad va Abu Dovud ham hadisni keltirishgan. («Uqud’ul-javohir», 2-17).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) aldab sotishdan, tosh otib, tekkanini sotishdan qaytardilar».
Muhoqala va muzobanadan qaytarish
334- hadis
Muhoqala: Boshqa odamdagi bug‘doyni mavjud bug‘doy evaziga sotmoq.
Muzobana: Daraxtdagi xurmoni xurmo evaziga sotmoq.
Imom Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Hibbon hadisni keltirishgan. Imom Muslim Jobirdan (r.a.) hadisni ushbu lafz bilan rivoyat etgan: «Rasululloh (s.a.v.) muhoqala, muzobana, muovama, muxobaradan... qaytardilar» («Uqud’ul-javohir», 2-16).
336- hadis
Hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan. Abu Shayba ushbu lafz bilan naql etgan: «Mevani iste’molga loyiq bo‘lishidan oldin (salam savdosida) sotmang» («Uqud’ul-javohir», 2-33).