Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367294 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:03:14

Otilgan yoy hayvonning jon joyiga tegsa bo‘g‘izlash hisobiga o‘tadi

403-hadis
«Kutubi sitta»da hadis to‘laligicha rivoyat qilingan. («Uqud’ul-javohir», 2-77).

Hayvonni bog‘lab, nishon qilishdan qaytarish

404- hadis
Abu Dovuddan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bog‘lab, nishonga olib o‘ldirilgan hayvon go‘shtini yeyishdan qaytardilar».
Abu Osimdan: «Mujassama nima?» deb so‘raldi. Dedi: «Qushning joyga bog‘lab qo‘yib, nishon qilinishidir» («Zujajatul-masabih», 3-297).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:03:31

Zabiha (so‘yilgan hayvon)

405-hadis
Imom Buxoriy, Ibn Moja rivoyat qilishgan. Molik «Muvatto»da keltirgan. Zabiha so‘yilgan hayvondir («Uqud’ul-javohir», 2-76).

Tosh bilan so‘yish

406- hadis
Imom Termiziy Jobirning (r.a.) hadisini rivoyat qilgan. Ikkinchi rivoyatni Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja va Ibn Hibbon «Sahih»ida keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-76).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:03:58

Zulhijja oyi avvalgi o‘n kunining fazilati

408-hadis
Dorimiy «Ro‘za» bobida, Ibn Huzayma «Haj» bobida hadisni keltirishgan. Imom Termiziy va Ibn Moja hadisni Abu Hurayradan quyidagi lafzda rivoyat qilgan: «Alloh taologa ibodat qilinadigan kunlar ichida Zulhijja oyining (avvalgi) o‘n kunidan sevimli kun yo‘q. U kunlarda tutilgan ro‘za yil davomida tutilgan ro‘zaga teng. U kechalarda qilingan ibodat Qadr kechasida qilingan ibodatga tengdir» («Uqud’ul-javohir», 2-831).

Qurbonlikning vojibligi

409- hadis
Ibn Moja: «Rasululloh (s.a.v.) qurbonlik so‘ydilar» lafzi bilan hadisni rivoyat etgan («Uqud’ul-javohir», 2-81)

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:04:23

Qanday qo‘yni qurbonlik qilish mustahab?

410-hadis
Abu Dovud, Ibn Moja va Hokim hadisni rivoyat qilishgan. Muslimning shartiga ko‘ra, hadis sahihdir. Ibn Moja hadisni yana Oyisha onamizdan (r.a.), Ahmad ibn Hanbal Abu Rofe’dan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-82).

Yoshiga to‘lmagan (olti-etti) oylik echki qurbonlikka yaramaydi

411-hadis
Ibn Mojadan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari Barro ibn Ozibdan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-81).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:04:47

Qurbonlik go‘shtini saqlab qo‘yish joizligi

412-hadis
Bu hadisni Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Termiziy ham keltirgan. («Uqud’ul-javohir», 2-83).

Mehmonni takalluf bilan (o‘zini mashaqqatga solib) kutishning
Makruhligi


413-414-hadislar
Ahmad ibn Hanbal, Muslim va «Sunan» sohiblari Jobirdan rivoyat qilishgan. Imom Termiziy «Sunan»da va «Shamoil»da Oyisha onamiz (r.a.) va Jobirdan bu hadisni keltirgan. «Sirka qanday ham yaxshi nonxurushdir» (non bilan qo‘shib yeyiladigan narsa. -Tarj.). Bu uch marta takror aytilgan. Imom Buxoriydan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari hadisni rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-91; «Taysirul-vusul», 3-123).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:05:05

Mo‘min bir me’daga taom yeydi

415-hadis
Imom Buxoriy rivoyat qilgan. Imom Muslim Abu Muso va Ibn Umardan rivoyat etgan: «Mo‘min bir me’daga yeydi, kofir yetti me’dasiga yeydi».
Bu hadis mo‘minning oz dunyoga qanoat qilishiga, kofirning esa ochko‘zligiga tamsildir («Taysirul-vusul», 3-114).

Suyanib yeyishning makruhligi

416-hadis
Horisiy Ibn Mas’uddan shunday rivoyat qilgan: «Men suyanib ovqat yemayman». Imom Buxoriy, Abu Dovud va Ibn Moja ana shunday rivoyat qilishgan. Tabaroniy Ali Ibn Aqmardan rivoyat qilgan. Imom Buxoriy va «Sunan» sohiblari Abu Juhayfadan ham rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-88).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:05:31

Erkaklarning ipak kiyim kiyishi

417-419-hadislar
Hadisni Imom Buxoriy va Muslim Abu Farvadan «Kiymangiz...» lafzi bilan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-84).

Oltin, kumush idishdan yeb-ichishning makruhligi

420-hadis
Hadisni Imom Buxoriy, Muslim va «Sunan» sohiblari Ibn Laylodan rivoyat qilishgan. Nasaiy hadisni Anasdan keltirgan.
«Sahihayn»da Ummu Salamadan rivoyat qilingan («Uqud’ul-javohir», 2-84; «Zujajatul-masabih», 3-361).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:05:58

«Dubba» va «xantam» deb ataladigan idishda nabiz tayyorlashning taqiqlanishi

421-hadis
Hadisni Imom Muslim, Abu Dovud, Nasaiy va Tahoviy bir necha yo‘llar bilan turli lafzda rivoyat qilishgan. Abu Said rivoyat qilgan hadisni Muslim va Tahoviy, Abu Nazra orqali keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-119).

Qabr hayoti va mast qiluvchi ichkilik ichishning haromligi haqida

422- 423-hadislar
Ibn Hibbon «Sahihayn»dagina shunday keltirgan va Nasaiy Muhammad ibn Odamdan, Hokim Anasdan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-91).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:06:38

Qanday nabiz halolu, qanday nabiz harom ?

424-hadis
Horisiy shunday rivoyat qilgan. Hadisning sanadida zaiflik bor («Uqud’ul-javohir», 2-111).
Imomi A’zamning «Musnad»larida nabiz va musallasni ichish joizligiga bog‘liq hukmlarga qarang.
Hadisni Abu Dovud va Nasaiy Abdullohdan rivoyat qilishgan.

Ikki narsani aralashtirishning ma’n etilishi

425-hadis
«Kutubi sitta» sohiblari hadisni quyidagi lafz bilan keltirishgan: «Qurigan uzumga (mayizga. - Tarj.) qurigan xurmoni aralashtirib nabiz tayyorlashdan, qurigan xurmo bilan ho‘l xurmoni aralashtirib, nabiz tayyorlashdan qaytardilar».
Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja Abdullohning hadisini keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-117).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:07:08

Har qanday mast qiluvchi ichimliklarning harom qilinishi

426-hadis
Hadisni Ahmad ibn Hanbal keltirgan. Abu Dovud Shahr ibn Hushabning hadisini rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-110).

Aroqning haromligi qat’iydir

427-hadis
Nasaiy, Bazzor, Tabaroniy, Doraqutniy hadisni mavquv va marfu’ tarzda rivoyat qilishgan.

Rasulullohga hadya qilingan harom narsa

428-hadis
Bu hadisni mazkur tarzda Hasan ibn Ziyod rivoyat qilgan. Imom Muslim hadisni yolg‘iz o‘zi keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-16).

Qayd etilgan