Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:07:37

KIYIM VA BEZANISH

Kiyim bahsi


429-hadis
«Rasulullohning (s.a.v.) uchta qalansuvalari (bosh kiyimlari) bor edi. Ul zotda (s.a.v.) muzariy oq qalansuva bor edi».
Imom Bayhaqiy «Shu’ab imon»da Ibn Umardan (r.a.) «Rasululloh (s.a.v.) oq qalansuva kiyar edilar», deb rivoyat qilgan («Ihyo», 2-376).

Ipak kiyishning taqiqlanishi

431-hadis
Horisiy hadisni shunday rivoyat qilgan. «Hidoya»da «oxiratda...» lafzi ziyoda etilgan. Hofiz: «Bu hadis ikki hadisdan - Huzayfaning va Ibn Umarning muttafaqun alayh hadislaridan tashkil topgan», degan («Uqud’ul-javohir», 2-84).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:08:06

Uylarga surat osishning makruh ekanligi

432-hadis
Imom Muslim Maymunaning hadisini marfu’ tarzda rivoyat qilgan. Imom Termiziy, Nasaiy, Abu Dovud va Ibn Hibbon hadisni Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ shaklda bunday rivoyat etishgan. Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja va Ahmad shunday keltirishgan: «Farishtalar it, rasm va junub kimsa bor uyga kirmaydilar» («Uqud’ul-javohir», 2-57).

Xina qo‘yishga ruxsat

483-hadis
Nasaiy Abu Hurayraning hadisi ma’nosidagi hadisni keltirgan: «Yahudiy va nasorolar bo‘yamaydilar. Siz ularga xilof yo‘l tuting». Imom Buxoriy va Ibn Moja hadisni shunday keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-99).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:08:35

Xina va katam ishlatish

434-hadis
Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Moja «Bu sochni o‘zgartiradigan narsa» lafzi bilan hadisni rivoyat qilishgan. Bir rivoyatda «oqargan soch» ifodasi ishlatilgan. Termiziy hadisni «sahih-hasan», degan.
Nasaiyda ifoda «eng afzal» shaklidadir. Ahmad ibn Hanbal, Ibn Hibbon va Hokim Abu Zarrning hadisini keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-99).

Xotinlarning ulama soch taqishlari makruh

436-hadis
Abdulloh ibn Umarning (r.a.) hadisini «Kutubi sitta» sohiblari rivoyat qilishgan. Hadis «La’nat bo‘lsin...» deya boshlanadi («Uqud’ul-javohir», 2-98).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:08:45

Kasallikning savobi, davo va duolar Kasal bo‘lgan va safarga chiqqan kimsa haqida

438-hadis
«Kishi xastalansa yoki safarga chiqsa, Alloh taolo unga sog‘ va muqim holida bajargan amallarining savobini beradi».
Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal va Imom Buxoriy Abu Musodan rivoyat qilishgan («Al-munaviy», 1-144).

Har bir dardning davosi bor

439-hadis
Jobirdan (r.a.) rivoyat etiladi: «Rasululloh (s.a.v.): "Har dardning davosi bordir. Dori dardga yetsa, Alloh taoloning izni bilan tuzaladi", dedilar».
Hadisni Imom Muslim rivoyat etgan («Taysirul-vusul», 3-130).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:09:10

Sigir suti bilan davolash

440, 441, 442-hadislar
Bayhaqiy hadisni «Shu’ab»da keltirgan. «Sunan» sohiblari Usomaning hadisini rivoyat etishgan. Termiziy hadisni «hasan», degan. Hokim hadisni «sahih», degan. Abu Dovud hadisni keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-92).

443-hadis
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Sedanada o‘limdan boshqa har narsaga shifo bor».
Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy hadisni keltirishgan («Taysirul-vusul», 3-131).

Qo‘ziqorin ne’matlardandir

444-hadis
Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Qo‘ziqorin ne’matlardandir. Suvi ko‘zga shifodir».
Hadisni Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan («Taysirul-vusul», 3-131).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:09:32

Duo va zikrlar

445-hadis
Havla binti Hokimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Kim bir joyga qo‘nganida: «A’uzu 6i kalimatillahit-tomma min sharri ma xolaq», desa, unga hech narsa zarar bermaydi
Hadisni Imom Muslim, Molik va Termiziy rivoyat qilishgan.

Alloh kasalliklarga shifo beruvchidir

446-hadis
Imom Termiziy hadisni hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilishgan («Taysirul-vusul», 3-137)

«Salom» Allohning ismidir

450-hadis
«Salom Allohning ismlaridan biri. Uni (butun) yer yuziga o‘rnatgandir. Shunday ekan, orangizda (oshkora) salomni yoying».
Tabaroniy «Jomius-sag‘ir»ida hadisni boshqa lafz bilan rivoyat etgan: «Salom Allohning ismlaridan bir ismdir» («Al-munaviy», 2-346).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:09:52

ODOB

Odob bahsi


451-hadis
«Sen va moling otangga tegishli». Bu hadisni Ibn Moja Jobirdan, Tabaroniy Samura va Ibn Mas’uddan rivoyat qilgan. Ibn Hajar «Hidoya»ning hadislari zikrida bu hadis rijolini (roviylarining) ishonchli ekanlarini aytgan.
Bazzor: «Hishomdan, u Ibn Munkadirdan rivoyat etgan hadis mursal sifatida ma’lum», degan («Al-munaviy», 3-50).

Ota-onaga xizmat jihod o‘rniga o‘tadi

452-hadis Ahmad ibn Hanbal, Ibn Hibbon, Tabaroniy va ko‘pchilik hadisni Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-149).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:10:44

«Buyuklik mening ridomdir...»

454-hadis
Imom Muslim va Abu Dovud Abu Said va Abu Hurayradan rivoyat qilgan («Taysirul-vusul», 1-132).

Go‘zal axloq va halimlik

454-457-hadislar «Fazilat» bobidagi 360 - hadisga qarang.

Bay’at payti xotinlar bilan qo‘l ushlashish makruh

460-hadis
Ibn Hibbon bu hadisni Umayya hadisidan keltirgan. «Sahihayn»da Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilingan («Uqud’ul-javohir», 1-154).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:11:34

Rasululloh (s.a.v.) xushbo‘ylikni sevar, yomon hidni yoqtirmas edilar

463-hadis
Nasaiy hadisni Anasdan (r.a) rivoyat qilgan. Sahih xabarlarda kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) xushbo‘ylik surmasalar ham muborak vujudlaridan doimo yoqimli hid taralar edi» («Shamoili sharif», 195-bet).

Yulduzlarga qarab, kelajakdan xabar berishdan qaytarish

464-hadis
Doraqutniy hadisni Aqoba ibn Abdulloh Asamdan rivoyat qilgan. Abu Dovud shu ma’nodagi hadisni Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Kim ilmi nujumdan bir qism olsa, sehr ilmidan bir qism olgan bo‘ladi».
Ibn Moja hadisni rivoyat etgan.
Bu ilmning man etilgan tomoni hali sodir bo‘lmagan voqealarni yulduzlarning harakati, yig‘ilishi va ajralishiga qarab bilishni iddao etishdir. Buni bilguvchi tanho Allohdir. Yulduzlarga qarab, qiblani aniqlash, zavolni bilish man etilmagan («Uqud’ul-javohir», 2-971).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:11:55

Izor (peshtomol, lungi)siz hammomga kirilmaydi

465-hadis
Imom Termiziy va Nasaiy hadisni rivoyat etgan. 74-hadisga qarang («Uqud’ul-javohir» 1-41).

Allohga sevimli ismlar

466-hadis
Muslim Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Allohga eng sevimli ismlar Abdulloh va Abdurrahmondir». Bundan tashqari Ali, Rashid va boshqa mushtarak ismlarni qo‘yish ham joizdir» («Durrul Muxtor»).

Qayd etilgan