Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367244 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:12:18

Yaxshilik yo‘q bo‘lmaydi (unutilmaydi)

467-hadis
Abu Qalobadan mursal tarzda bunday rivoyat qilinadi: «Yaxshilik yo‘q bo‘lmaydi, gunoh unutilmaydi, Dayyon (Alloh) o‘lmaydi. Xohlaganingni qil, toatingga ko‘ra ajr olasan».
Buni Bayhaqiy rivoyat qilgan. Abu Na’im, Daylamiy Ibn Umardan (r.a.) rivoyat etishgan («Al-munaviy», 3-218).

Majlisda yetgan joyida o‘tirish

468-hadis
«Majlisda yetgan joyiga o‘tiradi». Imom Termiziy «Shamoil»da shunday rivoyat qilgan («Ihyo», 2-366).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:12:40

Insonlarga tashakkur bildirish

469-hadis
«Insonlarga tashakkur etmagan Allohga shukr etolmaydi».
Bu hadisni Imom Termiziy Abu Saiddan rivoyat qilgan va uni hasan hadis, degan. Abu Dovud va Ibn Hibbon Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilishgan. Uni sahih-hasan deyishgan.

Hokimlarni zulmlaridan ogoh etish

Imom Buxoriy va Muslim hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-39).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:13:37

Egasining roziligisiz so‘yilgan qo‘yning pulini to‘lamay, yeyish nojoizdir

471-hadis
Abu Dovud va Ahmad ibn Hanbal hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-63).

Alloh yo‘lida bir g‘oziyni kiyintirish

472-473-474-hadislar
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilingan bir hadisda: «Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga yaxshilik qilganning savobi kabi savob yoziladi», deyiladi.
Imom Muslim bu hadisni rivoyat qilgan.
Bazzor Ibn Mas’uddan, Tabaroniy Sahl ibn Saiddan va Ibn Mas’uddan hadisni rivoyat qilishgan («Al-munoviy», 3-536).
474-hadis
Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan. Muslim Abu Mas’uddan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-149).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:13:49

Eng afzal amal

475-hadis Hadisni Nasaiy Abu Saiddan rivoyat qilgan.
Ahmad ibn Hanbal va Tabaroniy «Kabir» asarida hadisni keltirishgan (Uqud’ul-javohir», 1-149).

Mo‘minlar o‘zaro mehribon bo‘lishlari zarur

477-hadis
Imom Muslim «Sahih»ida No‘‘mon ibn Bashirdan rivoyat qilgan («Sahihi Muslim», 8-20).
Imom Buxoriy va Muslim hadisni keltirishgan («Taysirul-vusul», 3-21).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:14:12

Qo‘shni haqida vasiyat

478-hadis
«Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalar tavsiya berdiki, qo‘shni qo‘shniga merosxo‘r bo‘ladi, deya o‘yladim».
Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud va Termiziy Ibn Umardan (r.a.) rivoyat etishgan. Hadis muttafaqun alayhdir.
Ahmad ibn Hanbal va «Sunan» sohiblari Oyisha onamizdan (r.a.) hadisni rivoyat etishgan («Fayzul qodir», 5-447).

Ishlarni zamonga bog‘lamaslik kerak

480-hadis
Hadisni Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Abu Dovud va Nasaiy Abu Hurayradan (r.a.): «Menga odam farzandi zamon sababidan ozor beradi», lafzlari bilan rivoyat etishgan.

481-hadis
Imom Termiziy Vosiladan hadisni bunday lafz bilan rivoyat qilgan: «Mo‘min birodaring boshiga kelgan musibatlarga sevinma. Alloh unga marhamat qiladi, seni o‘sha musibatga giriftor etadi».

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:14:31

Birodarining boshiga tushgan musibatga sevinish

482-hadis Imom Termiziy hadisni hasan-g‘arib degan.

Riqoq (ko‘ngil yumshoqligi)

483-hadis
325-hadisga qarang. U yerda hadis rivoyati bayon qilingan. «Riqoq» «raqiq» so‘zining ko‘pligidir. Nazokat, zarofat ma’nolarida keladi. Bu hadislarning shunday nomlanishining boisi ularni o‘rgangan qalbda nazokat paydo bo‘lishidir.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:14:54

Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) ovqatlanishlari

484-hadis
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) vafotlariga qadar ketma-ket ikki kun arpa non yemaganlar».
Bu hadis muttafaqun alayhdir («Zujajatul-masabih», 4-172).

Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) bo‘yra ustida o‘tirganlari

485-hadis
Bu hadis muttafaqun alayhdir. Bir rivoyatda: «Ularga dunyo, oxirat bizga bo‘lishini istamaysanmi», deyiladi. («Zujajatul-masabih», 4-173).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:15:16

JINOYATLAR

Qasos olmay, avf etishga targ‘ib


486-hadis
Bu ma’nodagi hadisni Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-140). Xotib hadisni Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan («Al-munaviy», 6-180).

Qasos olishni lozim qiluvchi narsalar

488-hadis
Jinoyatdan boshqa narsa qasos olishni lozim qilmaydi. Bayhaqiy va Abu Dovud hadisni «Mursal»larida rivoyat etishgan («Uqud’ul-javohir», 4-148).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:15:36

AHKOM

Insonlar orasida boshliq tayinlash


489-hadis
Hadisni Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-38).

Hukmda adolatli hokimning fazilati

490-hadis
Imom Termiziy hadisni bunday lafz bilan rivoyat qilgan: «Qiyomat kuni Allohga insonlarning eng sevimlisi va eng yaqini odil rahbardir».
Abu Hurayraning hadisida: «Yetti toifa inson Arshning soyasidadir. Bulardan biri odil rahbarlardir», deyiladi («Uqud’ul-javohir», 2-39).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:15:57

Hukm

491-hadis
Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Hokim va Bayhaqiy hadisni rivoyat qilishgan. Hokim: «U Muslimning shartiga asosan», degan.

Hukm chiqaruvchining odobi

492-hadis
Muslim va Abu Dovud Abdurrahmondan rivoyat qilishgan. Hadis muttafaqun alayhdir.

Qayd etilgan