«Farzandlaringiz kasbingizdandir».
510-hadis
Imom Buxoriy «At-tarix» asarida rivoyat qilgan. Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Faqat Ibn Moja va Abu Dovud rivoyatining lafzi bunday: «Kishi yegan narsasining eng totlisi kasbidan (ishlab topganidan. - Tarj.) yeganidir. Kishining farzandi uning kasbidandir».
Termiziy hadisni hasan, degan. («Fayzul qodir», 2-423).
Tavba
511-hadis
Imom Buxoriy Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Mushriklardan bir guruhi ko‘p qotillik, ko‘p zino qilgan edi. So‘ng ular Hazrati Muhammadning (s.a.v.) huzurlariga keldilar va bunday dedilar:
- Siz aytayotgan va da’vat etayotgan narsa yaxshidir. Biz qilgan
narsalarning kafforati haqida bizga xabar bersangiz?
Shunda mazkur oyatlar nozil bo‘ldi: «Ular shunday kishilarki, Allohdan boshqani iloh deb bilishmaydi, biror jonni nohaq o‘ldirishmaydi, zino qilishmaydi...» (Furqon, 68-69) So‘ngra quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Ayting: Ey nafsiga zulm etib haddidan oshgan qullarim. Allohning rahmatidan umid uzmang» (Zumar, 53).
Imom Muslim, Abu Dovud, Nasaiy Ibn Jurayhdan, u Ya’lo ibn Muslimdan, u Makkiydan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan. Imom Ahmad ibn Hanbal hadisni yolg‘iz yo‘l bilan rivoyat qilgan (Ibn Kasir tafsiri, 4-58).