Bola tarbiyasida tayoqning roli, yoki siz qanday fikrdasiz?  ( 43615 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

Ansora  16 Avgust 2010, 15:11:18

Assalomu-alaykum aziz forumdoshlar. Biz O'zbeklar asosan ko'p farzandli oilada o'sib-ulg'ayamiz. Bundan 10 yil oldin 7-8 farzandli oilalargagina "ko'p farzandli", deyishardi, xozirgi kunda esa 4 farzandli oila ham ko'p farzandli hisoblanadi. Sababini ko'pchiligimiz bilamiz albatta.
Oilada har doim ham farzandga yaxshi muomala qilinmaydi, afsus. O'qimishli, "namunali" oilalarda ham farzandni kaltak yordamida tarbiyalashga harakat qilayotgan insonlarga shaxsan o'zim ham ko'p duch kelganman.
Xalqimizda "Tayoq Jannatdan chiqqan" degan gap ham bor...
Siz bu haqda nima deb o'ylaysiz? Bolani kaltaklash sizningcha qanchalik to'g'ri? Orada urib turish kerakmi?

Qayd etilgan

Shoxjahon12  16 Avgust 2010, 15:22:37

Men ko'pni ko'rgan ota emasman. Lekin menimcha, kaltak bilan tarbiyalash unchalik to'g'ri bo'lmasa kerak. Yana bilmadim. Balki o'rnida kaltakning ham nafi bordir... Men o'g'limni maqtov bilan tarbiyalayapman. :)
Masalan, biror narsadan qaytarmoqchi bo'lsam, "Sen o'zi shunday bolasanku. Bunaqasi senga yarashmaydi, bolam", deyman. Yoki biror ishni qildirmoqchi bo'lsam, "Seni qo'lingdan keladigan ishku. Sen bu narsani boplaysan", deyman. Endi tili chiqa boshlagan o'g'lim hammasini tushunadi. Yaxshi gapda xosiyat ko'p. Bu nafaqat bola tarbiyasida umuman, kattalar bilan muloqotda ham muxim. Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, yomon gapga pichoq qinidan chiqadi, deyishadi. Bolani yaxshi gaplar bilan yo'lga solish kerak, deb o'ylayman. Lekin taltaytirib yuborish ham kerak emas. Dashnomni ham yaxshi gaplar bilan qilinsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Bola nixoldek gap. Uning to'g'ri yoki egri o'sishi sizu bizdek ota-onalar, ya'ni, bog'bonlarga bog'liq.

Qayd etilgan

Habib  16 Avgust 2010, 15:29:06

Assalomu alaykum!
Bizni onamiz shu paytgacha urmaganlar.
Lekin dadam...;)
Kaltak yegan paytlarimiz bo'lgan ko'p bo'lgan ;D, men xatto maktabda kaltak yerdim o'qituvchimizdan. 203-o'rta maktabda o'qiganman Toshknetdagi. Ishonmasligingiz mumkin, lekin boshimiz gohida doskaga ham urilib turardi, shapaloq ham yerdik quloqni tagiga.(Keyin quloq shavladek qaynoq bo'bqolardi)
Hozir unaqa emas. Uylarda ham,maktablarda ham bolalarni urmay qo'yishgan. Meni fikrim, bunday jazo turi bo'lgani yahshi.
Qadimdan barchamiz bilamiz madrasalarda hivchin bilan urib o'qitilgan toliblarga ilm.
Otalarimiz "qayishni opke!" desa titrab qolardik. Burchakka turg'azib,qo'limizga og'irroq bir buyum berardilar otamiz yaqingacha ham. O'zimizam to'polonchi bo'lganmizda, lekin otamizni hech yuzlarini yerga qaratmaganmiz ;)
Ayni damda bolani kaltak bilan tarbiyalash yo'q hisob Toshkent shahrida. Qolgan joylarda saqlanib qolgan haligacha nazarimda.
Balki hozirgi kunda yoshlarimizning taltayib,bachakanlashib, ochiq kiyinishiga mana shu kaltaksiz tarbiya sababdir?
Rahmatli Hojiboy Tojiboy aytganidek: Hey, tegma, kuyasan, tegma kuyasan..Ana kuyding.."deb, ish bilan bo'lib,bolaga beparvolik qilinyapti ko'p vaziyatlarda va bola o'z bilganidan qolmayapti. Bolaga qo'yib bersangiz nimalar qilmaydi?
Xullas, meni fikrim bo'lishi kerak bunday narsa. Shu joyda Операяс‹с А« filmidagi lavha esimga tushib ketti.
"Shurik, balki kerakmasdur a? Har holda og'ridiku!!"
"Eh...Kerak, albatta kerak!"

Qayd etilgan

JaviK  16 Avgust 2010, 15:33:03

Ota sifatida tajribam yo'qku, lekin men shu yoshgacha otamdan kaltak yemaganman. Agar ayb ish qilsak faqat tanbeh berardi va aqliz bilan bo'lin derdi. Kaltak masalasiga kelsak men bunga qarShiman. Agar kaltaklayversak bola shunga o'rganib, oddiy hol bo'lib qoladi va oxiri bor kaltak ham kor qilmay qoladi. Dorini ham ichaverasiz, boshida yahshi tasir qiladi, keyinchaly foyda bermaydi. Otabek akani gapiga Qo'shilaman.

Qayd etilgan

Ansora  16 Avgust 2010, 15:34:46

Menimcha kaltak yegan bola- u kishidan uzoqlashadi, sovuydi...

Qayd etilgan

Habib  16 Avgust 2010, 15:41:15

Menimcha kaltak yegan bola- u kishidan uzoqlashadi, sovuydi...

Yo'q azizlar! Agar shunday bo'lganda, men tarki dunyo qivorgan bo'lardim allaqachon! Jiddiy aytyapman.
Hamma narsada me'yor bo'lgani yahshi. Shirin so'zda ham, achchig'ida ham. Kaltaklashda ham me'yor bor. Kaltak bilan tarbiyalash deganda har kuni yotqizvolib urish degani emas. Gap bilan tushuntiriladigan ishlar bor, kaltak bilan tushuntiriladiganlari bor.
Kaltek yeb joni og'risa, qilgan ishini darajasini sezadi. Og'riqni sezadi.Sezish qobiliyati rivojlanadi ;D (oxirgi jumla hazil albatta)
Fikrim shu hozircha. ;)

Qayd etilgan

Bayern M  16 Avgust 2010, 15:48:33

Bola tarbiyasida unga uni qil buni qil deb ham unchalik shart emas. Hayot tarzimizni o'zi tarbiya....

Kaltak...."Ursa eti qotadi, so'ksa beti" deyishadimi....

Qayd etilgan

Ansora  16 Avgust 2010, 15:48:51

Bu mavzuda hamma erkin fikrini bildirishi mumkin. O'zidan kelib chiqqan holda hulosa bildirish eng maqbuli.
Nima uchun bunday dedim, chunki ko'p hollarda ota-onasidan muttasil tayoq yegan qizlar!!! uydan qochib, yomon yo'lga kirib ketganini ko'p ko'rdim.
Hech bo'lmasa ona bolasiga mehr berishi kerak, bo'lmasa bola noto'g'ri insonlardan mehr qidiradi.

Qayd etilgan

Habib  16 Avgust 2010, 15:57:17

Endi qiz bolani urish yahshimasda. Qiz bolaku! Gul! Gulni guldek asrash kerak! Qiz bolani ursa baxtsiz bo'lib qolishi mumkin. Qiz bolaga asosan ona tarbiya beradi. Qanday tarbiya berish esa, onani olgan tarbiyasiga bog'liq.
Eng asosiy narsani unutmaylik qadrdonlar!
NIMANI EKSANG, SHUNI O'RASAN! Biz qancha zo'r tarbiya bermaylik, yedirganimiz halol bo'lmasa, buni ta'siri bo'ladi. Qancha harakat qilmaylik aqlli qilishga bolani, o'zimiz oqil bo'lmasak bo'lmaydi.
Oxiri ozgina OFF'lashib ketti, uzr!

Qayd etilgan

Abu Muso  16 Avgust 2010, 16:12:34

 :as:

Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga yetganda
ham o`qimasa uring
», deganlar.

Qayd etilgan