Assalomu alaykum!
Bizni onamiz shu paytgacha urmaganlar.
Lekin dadam...
Negadir menda umuman aksi bo'lgan.
Men oilada yolg'iz farzandman. Akam ham, ukam ham, opa-singillarim ham yo'q. Ko'pchilikka buni aytsam, demak erkatoy ekansan deyishadi. Lekin uydagilar taltaytirib katta qilishmadi.
Ayam uy bekasi bo'lganliklari sababli tarbiyam bilan faqat o'zlari shug'ullanganlar. Urardilar (xozir urmay qo'yganlar
), o'yardilar... (!) Ayamni ferminniy o'yishi boriydi, ya'ni chimchilardilar... Voy, sonlarim ko'karib ketardi. Biror joyga borganda u-bu ishni qilmoqchi bo'lsam, ayamni ko'zlariga birinchi qarab, g'oyibona ruxsat olgandan keyin qilardim. Agar qilma deb ishora qilsalar, majburlashsa ham qilmasdim...
Yo'qsa uyda baloga qolardim ayamdan...
Bir marta hech esimdan chiqmaydi. U paytda ancha yosh bo'lganman. Bir to'yga qishloqqa mehmonga bordik. Bizni dasturxonimizga no'xotsho'rak olib kelishdi. Bola bo'ganmanda xavasim kelib paqqos tushirishni boshlaganman. No'xot shunchalik qop-qora ediki, lekin ko'zimga juda shirin tuyilgan. Shunda ayam bildirmasdan oyog'imdan o'yib olganlar. Ya'ni "bo'ldi qil, yemagin" degan ma'noda. Men bo'sa, baqirib "Nimaga o'yasiz!" deganman...
Hamma o'tirganlar, "voy kelin indamang yesin" deyishgan... Ayam ham "Yo'q, mayli, yeyaversin, meni qarshiligim yo'q, shunchaki qo'lim tegib ketdi" degandilar
Lekin dadam umuman urmaganlar meni... Shu paytgacha, shu yoshgacha... Dadamning bir og'iz so'zi tugul, bitta nigohlarini o'zi menga ko'p narsalarni anglatardi. Ularni o'tkir nigohlari menga 70 ta darradan og'irroq edi... Xozir ham shunaqa...
Xulosam:Menimcha tarbiyada kaltak kerak. Me'yorida bo'lsin faqat.
Yana ota qo'l ko'tarmasligi kerak... Otaning oddiy tarsakisi bu o'gil uchun eng o'gir jazo bo'lishi kerak... Otasini ko'rganda titrab turishi kerak...
Onalarga endi mojno... Urib, o'yib, chimdalab tursa bo'ladi. Baribir ona mehri yana hammasini o'z iziga qaytarib oladi
Bularning barchasi o'g'il bolalar uchun xolos.
Qizlarga qo'l ko'tarilishiga mutlaqo qarshiman!!!!