Bola tarbiyasida tayoqning roli, yoki siz qanday fikrdasiz?  ( 43595 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Shoxruh Mirzo  18 Sentyabr 2010, 19:49:00




Menimcha kulol loyni urmaydi, SİLAYDİ : )

Hech kim uradi degani yo'q, gap kulolni qanday qilib yasashida, undan keyin tandirda pishiradi, usha issiqqa chidab loy pishib kulol o'ylagan shaklda qolsa, bu yaxshi bumasa kesak bulib, kulolning mehnati zoya ketadi...

Qayd etilgan


Ansora  19 Sentyabr 2010, 13:52:56

Xo'sh, maktab yoki bog'chada bolalarni kaltaklanishlariga nima deysizlar?
Men ham maktabda "zavuch"dan kaltak yeganlardanman, hech qanday aybimiz bo'lmasligiga qaramasdan butun sinfdagi qizlarni !!! urgandi muhtarama zavuch xonim! O'g'il bolalarni tashqariga chiqargandi!!! Qo'lidagi kalit bilan urgani uchun boshimizda "shishkalar" paydo bo'lgandi:(
Yomon hafa bo'lgandim, yoshim 12-13.
Kaltaklaninishimizni sababi-zavuch bizni sinf rahbarimizni bilan "teskari" edi.
Bir tarafdan uni qizi bizni sinfga endigina kelgandi o'qishga. Bu harakati bilan "qizim bilan ehtiyot bo'lib muomala qilinglar" demoqchi bo'lganmi, bilmadim.
Rosa yig'lab, Xudoga soldim, degandim o'shanda. Oradan ko'p o'tmay, zavuchni 3 yoshli qizi birdaniga o'ldi.
Bizdan katta sinfdagilar "hammani dilini og'ritgandi, mana endi bolani urish nima deganligini tushundi" deyishgandi. Yani ayol kaltagi bilan mashhur edi.

Oradan yillar o'tdi, bitiruvchilar edi. Ayol haliyam zavuch, bizga kulimsirab, qizim, falon derdi. Meni ichimdagi qo'rquv aralash nafrat zarra qadar ozaymagandi!
Shunchaki ha, yo'q, dedim halos....

Eslasam haliyam etlarim jimirlab ketadi:(

Qayd etilgan


lolo  21 Sentyabr 2010, 22:18:35

Man yoshligimda yuvosh bo'ganmanu lekin tez-tez ishkal qilardim, agar hovlimizdigi baland darahtga qochip chiqip ulgirsam ulgirardim, ulgiromasam adam qulog'imdan cho'ziiip oborip agv-xonaga qorong'iga 5-10 minutga qamardilar arillatip. Tovbamga tayanip chiqardim. Undan ko'ra kalte, yoki Yurist shimgan burama kampet yaxshiromidi, deb o'yliman. Chunki mana hozirgacha qorong'udan negadir qattiq qo'rqaman. Bola tarbiyasini o'rganayotgan forumdoshla bu uslubni ham mulohaza qilib ko'rishlari kerak, deb o'yliman. Ayniqsa bolani qo'rqitish keremas, chunki bolalarda qo'rqishlikdan ko'p kasalliklar kepchiqadi.

Qayd etilgan


Ansora  12 Noyabr 2010, 14:37:15

Bu mavzuda boshqalarni fikrlarini ham kutib qolaman:)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  12 Noyabr 2010, 22:20:20

 :as:
man bollarni maktabdami bogchadami urishlariga judda  juda qarshiman ,
yaqinda bizni shahardagi bir maqtalgan maktabda qarindoshimni o'g'lini maktabda o'qtuvchi partalar ustidan yugurib kelib bolani o'ng biqiniga tepdi,,ayb boshqa bolada bo'lgan  ...natijada o'qtuvchi kechirim so'rash bn qutulib qoldi ...
mana  pedagogika...

bolalarni juda yahshi ko'ganim bois  ko'cha ko'yda Lo'lini bolasi bo'lsa ham yiglaab o'tirgan bo'lsa albatta to'htab hursand qilgim keladi,

maktabda o'qib yurgan kezlarimiz 2 sinf edi adashmasam ,sinf rahbarimiz bir o'g'il bola sinfdoshimizni tarafini olib mani tarsaki tushirgan,,, ehhhh Yaramas ..
haliyam unutmiyman o'sha damlarni ,,,arzimagan tortishuvni sababini ham so'ramay tarsaki tushirgani bir umr yodimdan chiqmasa kerak,,

sinfdoshla uchrashib qolsak   baazida birinchi o'qtuvchimizni eslaymiz ,man nafrat bn eslayman,,,
bilmadim...inson kechiruvchi bo'lishi kerak.... nima qilay hech unitolmasam....

shunichun hurmatli boshlangich Ustozla (agar ichimizda bo'lishsa ,maboodo)  bola ko'ngli nozik,ularni beg'ubor qalbiga ismingizni  QORA  harflar bn bezamang ,dog'i qoladi....
aksincha  ibrat bo'larlik namunali hulqingiz , chiroylik pand nasihatlaringiz bn qalblarini bezang !


Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 14:48:11

Yangi a'zolardan bu mavzu ila bog'liq fikrlarini kutamiz:)

Qayd etilgan


muxlisa  02 Fevral 2012, 15:22:13

Turli fikrlar aytilgan ekan-ku, qo'shimcha qilaman.

Bolani doimo urush kerak degan fikrga qarshiman.  Umuman urmaslik kerak ham demayman. Bolaning tabiatiga qarab. Tabiatida ta'sirchanlik kuchli bolani , iloji boricha urmagan yaxshi. Ba'zi tabiatli bolalarga gapni o'zi yetadi.

Qaysar, gapga kirmas bolalarga tayoqdan ham ko'ra kuchliroq ta'sir qiladigan narsa bilan adabini berish mumkin.:) M-n: yaxshi ko'rgan ishidan, narsasidan mahrum qilib qo'yish mumkin.(vaqtinchalik)

Bilmadim... fikrimni aytdim-da.
Agar juda tayoq yeyishga arziydigan bola bo'lsa, o'shanda ham tayoqni obro'sini tushirmasdan ishlatish kerak. Ya'ni, doimo emas. Bir marta, lekin yaxshilab. :7

Qayd etilgan


Sirojiddin Tursunov  02 Fevral 2012, 18:15:52

 :bsm3: Farzand tarbiyasida tayoqni roli oxirigi darajadagi chora b.shi k.k deb bilaman. Qilgan xatosi u.n xadeb bolani uraverishni yo ilmsizlik, yoki tarbiyasizlik deb tushunaman. Agar bola aqlini tanib, solih amallarga rag'bat bildirmasa, uning ruxiyatidan kelib chiqib, tayoqni sönggi chora sifatida qöllashni ma'qul deb bilaman. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 13:44:31

:as:

Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga yetganda
ham o`qimasa uring
», deganlar.


 :asl3:

Aka, shu hadisni manbasini keltira olasizmi?

Qayd etilgan


Abu Muso  09 Fevral 2012, 16:09:08

 :asl3:

Aniq manbasini bilmaymanu, Termiziy rivoyati deb keltirligan ko'p joylarda...

Mana bu yerda Shayx Hazratlari ushbu hadisga izoh berganlar.

Qayd etilgan