Bolalarning oyma-oy o'sib-rivojlanishlari  ( 15026 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  17 Avgust 2010, 15:58:32

 :as:

İnshalloh bu mavzuda bolalarning oyma-oy o'sishlari bilan bog'liq ma'lumotlarni berib boraman.
Mavzu bilan bog'liq ma'lumotlarni Turkcha saytdan o'qib, tarjima qilganim uchun biroz vaqt olishi mumkin, aybga buyurmaysizlar.




Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2010, 16:00:13

1 chi oy


Mana nihoyat farzandingiz uyda. İlk ishingiz uni yotog’iga joylashtirish bo’ladi albatta.

Endigina ona bo’lgan ayollar asosan 2 xil holat bilan qarama-qarshi qolishadi. Qarindoshlardan yo keragidan ortiqcha yordam taklifi keladi yoki kerakligicha yordam kelmaydi. Eng to’g’risi yaqinlaringizdan faqat 1 kishini sizga yordam berish uchun qolishi (agar yordamchingiz bo’lsa yana ham yaxshi) qolganlarni esa bolani ko’rgani keyinroq kelishlaridir.

Yaqin atrofdagi insonlarning sizga bergan butun tavsiyalarini kulimsirab qabul qilishingizgina mumkin, chunki butun nasihatlarni bir damda bajarishingiz aslo mumkin emas. Sizni qanchalik o’ylantirsada siz yuragingiz qabul qilgan yo’lni tanlang. Agar havotiringiz bo’lsa bularni doktoringizga yoki eng yaqin insoningizga ayting. Oilangizni qabul qila olayotgani, sizni esa o’ylantirayotgan holatlar bo’lishi muqarrar.

Shuni unutmangki, "œstandart bola" degan narsa aslo yo’qdir. Bolangizning yig’lashi, ovqatlanishi va uhlashi boshqa bolalardan juda farqli bo’lishi mumkin.
Keyingi 3 hafta bolangizning tashqi ko’rinishi o’zgara boradi. Masalan tug’ilgan paytida ko’zlari bir-biriga juda yaqin bo’lib,"g’ilay" qaraganini farq etgan bo’lishingiz mumkin.

Bola qisqa muddat ichida u 12 dona ko’z muskullarini boshqarib, atrofga xohlagan shaklida qaray boshlaydi. Buning bilan birgalikda farzandingiz ilk signallarini bera boshlaydi: u sokin yoki harakatchan.

1 chi oyning o’rtalariga qarab bolangiz ovqatlanishini tartibga solgan bo’lishi kerak. Agar omadingiz bor bo’lsa bolangiz 1 chi oyning ohirlarida kechalari 6 soat bo’linmasdan uxlay boshlaydi.

Faqat bu oyda bolalarning ko’pchiligi 2-3 soatda bir emishni xohlaydi. Bu sizni qo’rqitmasin, chunki yaqinda uxlay olasiz. Mutahassislar bolalarni belgilangan vaqtlarda emas, ularni qorni ochganda emizish kerakligini uqtiradilar. Bu sababdan bolangis sahar uchda ochiqqan bo’lsa, uni emizishga majbursiz.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 00:12:52

Bolalar ilk oylarda unchalik sezilmagan ovozlarga diqqat etganliklari uchun baland ovoz, qorishiq manzara va shunga o’hshash tashqi hodisalar bilan "œishlari bo’lmaydi".
 
Shuning uchun bola uxlayotgan paytda uyda sokin bir holatni ta’minlashga kerak yo’q. Agar eng boshdan shunday qilsangiz bu farzandingizni sokinlikka ko’nikishiga sabab bo’ladi va hayotining keyingi davralarida sokin bo’lmagan joylarda uxlay olmasligiga olib keladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda reflekslarni ko’rishimiz mumkin. Buning eng qizig’i huddi qilich o’ynatayotgan odam holatidir. 12 haftadan kichkina bir bola osmonga qarab yotqizilganida qo’llaridan birini kallasi qaragan tarafga uzatadi, narigi qo’lini esa boshi va yelkasiga yaqin yerda bukadi. Bu huddi qilichboz harakatini eslatadi.
 
Bola harakatlanayotgan jismni ko’ra oladigan shaklda boshini o’gira olsa ham bunga xozircha "œaqli yetmaydi". Agar jism bolaning ko’zi oldidan uzoqlashgan bo’lsa, bu jism uning uchun "œyo’qolgan" hisoblanadi. Boshini yonga o’girish yeriga qarshisidagi chiziqlar yoki jismga qarashni maqul ko’radi.  

Oq-qora rangdagi jismlarga qarashi yoqtiradilar, sababi esa kontrast ranglar ko’proq diqqatlarini tortadi. Bolalar tug’ilgan haftalaridan bir necha haftagacha bir-biriga o’hshash ranglarni ayira olmaydilar. Bolalar yaqinni yaxshi ko’ra olishgani uchun o’yinchoqlari 50 smdan uzoqda bo’lmasligi kerak.

Boshi asosan yon tarafga qaragani uchun o’yinchoqlarni tepaga emas, yon tarafga osgan ma’qul.

Bola eng ko’p ona va otasini yuzini sinchiklashni yoqtiradi. Har qancha yuzning hammasini o’rganishga qiziqsada soch kontrast rang bo’lganligi uchun diqqati asosan sochlarda to’planadi.


Qayd etilgan


Ansora  02 Sentyabr 2010, 12:46:09

Endi kichik-kichik o’yinlar o’ynay boshlashingiz mumkin. Bolangizga past ovozda qo’shiq ayting yoki gaplashing. U sizga javob bermaydi lekin tinglash juda yoqadi. Og’zingizni harakatlarini kuzatish og’iz rangi yuzdagi boshqa organlardan farqli bo’lgani uchun unga yaxshi kayfiyat beradi.

Bazan bola labining ust qismini huddi kulayotganday yuqori ko’tarilganini ko’rasiz. Odatda bu harakat bola uxlayotganda, uyqusiragan paytlarida bo’ladi va ko’zini ochib-yopishi bilan davom etadi. Mushaklarini hali boshqara olmagani uchun bu kulishlar juda sevimli bo’lsa-da bir refleksdan iborat halos.
 
Birinchi marta ota-ona bo’lganlar juda ko’p sabablardan havotirga tushadilar. Bu yerda bu havotir sabablarining bir nechtasini aniqlashga harakat qilamiz lekin bundan oldin bir eslatma beramiz: Agar farzandingiz bilan bog’liq jiddiy qo’rquvlaringiz bo’lsa darrov shifokoringizga murojaat qiling. Savollaringiz ustidan kulishlarini aslo o’ylamang!

Kasalxonadagi shifokor yoki hamshira sizga kindik haqida ma’lumot bergan bo’lishi kerak. Bolaning kindigi ko’pincha 2 chi haftada tushadi, kamdan kam bo’lsa ham 3 chi haftada tushishi kuzatiladi. Kindigi tushmasdan oldin bolani cho’miltirmang, chunki qorin qismining quruq qolishi yaraning tezda tuzalishi uchun muhim. Agar bolangizni kasalxonada sunnat ettirgan bo’lsangiz sunnat etilgan joyga vazelin yoki yog’li krem surtib, ustini paxta yoki marli bilan yoping. Bu yarali qismni bolaning pampersiga tegishidan qo’riydi.


Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2010, 12:58:53

Ham qiz, ham erkak chaqaloqlarning ko’kraklarining shishishi va sut oqish holatlari kuzatiladi. Bazan qiz chaqaloqlarning vajinal qismlarida oz miqdorda qon oqishi bo’ladi.

Bularning hammasi onadan bolaga o’tgan gormonlarning tashqariga chiqishi bilan yo’qoladi.

Bolangizni yuzi yoki boshqa joylarida tirnoq izlari ko’rishingiz mumkin. Bu demakdirki, tirnoq kesish vaqti yetib kelibdi. Bolangiz uyqudaligida tirnog’ini kesing, eng oson yo’li bu. Bolangizni yuzida, bo’ynini orqasi, qovoqlarida qizil dog’lar ko’rishingiz mumkin. Bular yaqinda yo’qoladi, havotir olmang. Asosan tu’ilgan paytida va 1 chi oyda bunday dog’lar ko’plab uchrashi mumkin. Bu qizarishlarga bolangizni shaffof taniga juda yaqin bo’lgan kapillyar qon tomirlari sabab bo’ladi va asosan bola yig’layotganda yaqqol ko’rinadi. Bolangiz 3-4 yoshiga kelganida bu qizil dog’lar umuman yo’qoladi.

Bolangizni boshidagi hali qotmagan yumshoq qismi haqida doktoringizdan ma’lumot olgandirsiz. Bu yumshoq qism sur’atli shaklda kattarayotgan bola miyasini yetarlicha katta bo’lishida yordam beradi. Biri peshonasining ustida, ikkinchisi esa bosh suyagining orqasida joylashgandir. Peshona ustida joylashgan yumshoq qism bola 18 oy bo’lguncha, orqada joylashgani esa ilk 3 oy ichida qotadi. Bola vujudining qolgan qismlarni yuvganingiz kabi bu qismlarni yuvishingizda ham hech qanday tahlika yo’qdir.

1 oylik bola hojatining bir xil vaqtda kelmasligi va rangi ota-onalarni ko’pincha havotirga soladi.

Qayd etilgan