Mening namozdan keyin öqiydigan duoim:
"Ey Alloh, Parvardigorim, ey Xudo, özingga mingdan ming shukronalar, hamdu-sanolar bölsin. Bergan har bir ne'matingga, osuda kunu-tuningga va shu kunda Sen uchun qilgan ibodatlarimizni Özing nasib etganing hamda bizga ravo körganing, bizni musulmon qilib yaratganingga shukronalar, hamdu-sanolar bölsin.
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga (sav) salomu-salavotlar hamda rahmatlar bölsin. U zotga ergashgan sahobalar, tob'einlar va salafi-solihlarga Özingning rahmatlaring, mag'firatlaring bölsin.
Ota-bobolarimiz, momolarimizning ruhlarini shod aylagin, qabrlarini keng qilib, nurlarga töldirgin.
Ota-onam, aka-ukam, qarindoshlarim va barcha mömin-musulmon bandalaringni Öz panohingda asragin, xidoyat yölini körsatgin va shu yölda sobitu-qoim qilgin. Iymon, e'tiqodimizni kuchaytirgin, taqvomizni baland qilgin. Ibodatlarimizga xuwu' va xuzu'lik, hamda sobitqadamlik ato etgin. Sabr-toqat, kuch-quvvat, iymon-e'tiqodimizdan ayirmagin. Sabr, hayo, iffat liboslari ila burkagin. Xotirimizni jam, könglimizni keng, luqmamizni halol, xulqimizni chiroyli qilgin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz barakali bölsin.
Jahannam azobi, shayton vasvasasi, nafsga qullik va yomon illatlardan hamda qabr azobidan Özingdangina panoh tilovchi, Özingdangina najot istovchi bandalaringni xor qilmagin.
Özing bandam degin,
Payg'ambarimiz ummatim desin,
Tört choryor döstim desin,
Öqigan namozlarimizni dargohingga qabul qilgin, xato va kamchiliklarini Özing kechirgin. Gunohlarimizni mag'firat, duolarimizni ijobat, tavbalarimizni qabul qilgin.
Jannatning Firdavs bog'larida Payg'ambarimiz bilan birgalikda Sening yuzingni körguvchilardan bölaylik, omin Allohu Akbar!