Duo
Payg’ambarimizga va u zotning ahl oilalariga, asxobiga rahmatingni yog’dir. Iymonimni eng yuksak darajalarga yetkaz, ishonch va e’tiqodimni mustahkam qil. Niyyatlarning eng yaxshisi mening ham niyyatim, amalarning eng yaxshi (go’zali) mening ham amalim bo’lsin. Ya Robbim o’z lutfu karaming ila niyyatimni pok et. Allohim iymonimni sobit va mustahkam qil ham qudrating bilan yomonliklarimni islox et. Ey ulug’ Robbim umrimni bandalik vazifam bo’lgan ishlarga sarf etishlikk nasib ayla. O’zingdan boshqalarga yolvoradigan qilma meni. Mendan rahmatingni darig’ tutma. Meni mol mulk, obro’, martaba, dunyoga hirs qo’yishdan asra. Shon sharaf, kibr va g’urur orqasidan yugiradigan qilma, ibodatlarimni holis va tokis ado etishga o’zing madad ber. Qo’limni insonlarga sahovatli qil. Xulqimni Qur’on ila ziynatla. Nafsimni yaxshi ko’rish va maqtanishdan saqla. Allohim Payg’ambarimizga va u zotning ahl oilalariga, asxobiga rahmatingni yog’dir. Insonlar orasida nafsimga loyiq mavqe ber. Nafsimni yo’ldan ozdiradigan obro’ izzatni berma. Ey adli ilohiy Robbim adolatingning keng dasturxonida meni ham solihlik libosi bilan (ila) yasantir. Meni g’azabini yenga oladigan fitna va adovat olovini o’chiradigan insonlar orasini islox qiladigan, ularni birlashtiradigan, mo’minlarning ayblarini berkitadiganyaxshiliklarini vasf qiladigan (etadigan) hushmoamalali, ochiq ko’ngilli, muloyim, go’zal hulqli, viqorli va shijoatli doimo fazilatga intiladigan, ne’matlarga shukr qiladigan, loyiq bo’lmaganlarga ham yaxshilik qiladigan, qanchalik qiyin bo’lsa ham haqni gapiradigan. Islom uchun talabchan, hayr va yaxshilikni ko’paytiradigan, yomonlikni yo’qotishga harakat qiladigan va butun yaxshilikni ko’paytiradigan, yomonlikni yo’qotishga harakat qiladigan va boshqa butun yaxshi hislatlarga ega bo’lgan bandalaring bilan qilgil, ular kabi bo’lishni nasib et menga. Ya Robbim meni zarurat onida do’stlariga yordamga yuguradigan qil chetdan tomoshabin bo’lib turadigan qilma. Chorasiz vaqtimda o’zingdan boshqasidan yordam so’raydigan, yo’qsil holatimda sendan boshqasiga tilanadigan, qo’rqqan paytimda sendan boshqasidan qo’rqadigan qilmagil. Faqat sening huzuringdagina hor zalil, haqir bo’lishni nasib et. Ey Robbim sening fazl karamingdan umidvorman, sening marhamatingga loyiq bir amal sohibi bo’lishimni nasib ayla. O’zimni hisob kitob qilib ko’rsam sening ehson va fazlingdan boshqa umid va sarmoyam yo’q ekan. Mendan fazl ehsoningni darig’ tutma. Allohim meni hidoyatga yetaklaydigan aql va taqvo ber. Axloq ba muomalamni go’zal ayla o’zing yaxshi ko’rgan va rozi bo’ladigan narsalarga oshno et. Sirotol mustaqiymdan yurishlikni nasib et. Sening so’zing dunyoda oily bo’lishi va sening roziligingni qozonish yo’lida shahid bo’lishlikni taqdir et ey Parvardigor!!!
***Amin***