Paynet parollarini o'g'irlash!..  ( 12459 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  18 Avgust 2010, 04:10:10

Yo'q, adashdingiz! oops! Men sizga bu mavzu orqali paynet agentlarining parollarini o'g'irlashni o'rgatmoqchi emasman, aksincha paynetda ishlaydigan birodarlarimizni o'z parollariga xushyor bo'lishga chaqirib, ularning parollarini ba'zilar qanday qilib "uxlatib" ketishlari mumkinligi haqida tushuntirib o'tmoqchiman.
1-usul: Sizga ma'lumki, har bir brauzer saytlarda kiritilgan parollarni o'zida saqlash hususiyatiga ega. Shu o'rinda Internet Explorer ham (foydalanuvchi talabiga yoki nastroykalarning qandayligiga ko'ra) parollarni saqlab qoladi. Saqlangan parollarning hammasini Protected Storage PassView nomli programmani http://www.nirsoft.net/utils/pspv.html saytidan yuklab olib ko'rish mumkin. PSPV dasturini fleshkaga tashlab olib hohlagan kompyuteringizda ochib shu kompdagi barcha saqlangan parollarni bilib olishingiz mumkin. Paynet agentlari: NOTANISH KISHINI FLESHKASI BILAN KOMPYUTERINGIZ YONIDA YOLG'IZ QOLDIRMANG.  
Ba'zi antiviruslar uni Trojan virus sifatida topib o'chirib tashlashadi, ammo men shaxsan o'zim sinab ko'rgan ko'pchilik antiviruslar bu programmani virus sifatida topmaydi (bular: AVG Free edition, Avast, ClamWin,  va Dr.Web). Agar sizda Kaspersky, Norton, Avira, yoki BitDeffender antivirusi o'rnatilgan bo'lsa, inshaAlloh bu programmadan hovotir olmasangiz ham bo'ladi.
2-usul: Saqlangan parollarni "uxlatish"ning ikkinchi usuli Opera brauzeri orqali paynet xizmatini ko'rsatuvchilarga tegishli (ya'ni, Operada saqlangan parollarni bilib olish usuli!).
Operada saqlangan HAMMA parollar C:\Documents and Settings\Администратор\Application Data\Opera\Opera\profile\ papkasida joylashgan WAND.DAT fayli ichida saqlanadi. Operada saqlangan parollaringizni bilib olishni istagan kishi uchun kompyuteringizdagi shu WAND.DAT fayliga ega bo'lishning o'zi yetarli! Chunki bu wand fayl Opera Password Recovery nomli dastur orqali bemalol ras'shivrovka qilinishi mumkin.
3-usul: Bu usul bir oz qiyinroq. Internet Explorerda saqlangan barcha parollar Sistema Registratsiyasining "HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Protected Storage System Provider" qismiga borib tushadi. REGEDIT orqali yuqoridagi registratsiya kaliti ochilsa va sonlar mantiqiy ketma-ketlikda ingliz alifbosiga asosan harflarga aylantirib chiqilsa saqlangan parolni bilib olish mumkin!
Yuqoridagilar shunchaki menga hozirgacha ayon bo'lgan uch usul holos, bulardan tashqari esa hali juda ko'p parollarni ko'rish usullari bor. Yana shunday dasturlar ham borki, Mail.Ru Agent, MSN messenger yoki shunga o'xshash boshqa IM dasturlar orqali oktritka, rasm, yoki kichik dasturcha sifatida yuborilishi mumkin. Bu narsa ishga tushurilganda esa joriy kompyuterdagi barcha parollar jamlanib, fayl sifatida yuboruvchining email manziliga jo'natilishi mumkin...
Endi maqsadga ko'chaylik, agar umumiy kompyuterdan foydalansangiz va parollaringiz xavfsiz bo'lishini istasangiz HECH QACHON BRAUZERLARDA PAROLLARINGIZNI SAQLAMANG!!! Internet Explorerda, Operada, Firefoxda... qaysi brauzerda ishlamang, saqlangan parollar har doim xavfsiz joyda deb bo'lmaydi! Xavfsizlikni kuchaytirish uchun brauzeringizda avvalroq saqlangan parollarni o'chirib tashlang va hech qachon parollarni saqlamaydigan sozlanmani o'rnating.
Yuqoridagi postim kelajakda parollaringizning xavfsiz joyda bo'lishi uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Bilaman, parollarni eslab qolish ba'zida biz uchun qiyinchilik tug'diradi. Ammo ularni brauzerda saqlamagan ma'qul, menimcha...
manbaa

Qayd etilgan


bir inson  06 Oktyabr 2010, 12:57:17

Маълумотларингиз учун раҳмат. Фойдали гаплар бслди.

А­нг схшиси, ноқонуний ишлар билан шуғулланмаслик. Шунда ҳеч нарсадан чсчимайсиз.

Ларолингизни сса билиш керак бслса, билишади.

Qayd etilgan


Elcom  04 Iyun 2011, 07:57:41

  Paynetlarga   hujumlar  qilishdi noqonuniy shaxslar  tomonidan  Paynet agentlari bosh paroliga kirib , depozitidagi   barcha pullarni yechib ketishibdi 

Qayd etilgan


akula  06 Iyun 2011, 13:59:47

paynetga Xaker xujm qildi va depositdagi pullarni ekarmon utkazishdi ekarmondan esa webmoney ga utkazishdi webmoneydan esa yandex ga utkazib olishdi aylantirib aylatirib pularni uzlashtirib olishdi axiri visa cartaga tashlab olib pularni bank terminalidan snimat qilishgan va qulga tushishgan !!!

Qayd etilgan


Nurdinboy  07 Iyun 2011, 17:02:24

    Kimdandir Eshitgandim Bittasini telefonida 5$ dan kam pul yurmasdi. Keyin bilsam 4-5ta parolni bilib pul tashlab mazza qiilliiibb yurarkan. Forumdagi yangi a'zo Muslim-uz shu narsalarni bilib olsalar juda ularga foyda bo'ladi.

Qayd etilgan