Vatanimdan boshqa hech bir yurtni ko'rmaganligim, bormaganligim uchun vatan men uchun bu butun bir Dunyoni anglatadi. Birinchi qadamim tuprog'iga tushgan zamin,ko'nglim jo'shib kuylaydigan madhiya, dunyoda eng yahshi ko'rgan, qalbim talpinadigan so'lim go'shalar, ota-onam, qadirdon, tanish ,nurli chehralar, dunyodagi eng shirin noz-u ne'matlar,hidi dimoqda qoladigan shirmoy non,qorday oppoq paxta, quvonchli, g'amli damlarim.Mana shularning barcha-barchasi men uchun Vatandir.