Kim ko'p maqol biladi?  ( 181311 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 110 B


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 11:43:48

Bismillohir rohmanir rohiym!

Yaxshilar, o'zbek tili qanchalar maqolga boy? Siz qancha maqol bilasiz? Tilimizning ajralmas bir qismi bo'lgan o'zbek maqollarini bir yodga olmaymizmi? Unda boshlang nega qarab turibsiz!

Necha asrlardan beri halqimiz og'zidan tushmay, tilimizga zeb berib kelayotgan maqollarimizni ushbu forum zarvaraqlariga yozib qoldiishdek imkoniyatiga ega bo'lib turgan buyuk yurt farzandlari ekanliklaringizning o'zi Olloh bergan bir inoyat deb bilaman. Shu kunlarga yetkizgan  yagona Tangri Taologa mingdan ming shukronalar aytaman.

O'zim boshlab beraman: "Yetti o'lchab, bir kes"

PS: Xoy yaxshilar, kitobdan olish bo'lmasin! O'zingizdagi o'zingizniki, kitobdagi hammaniki.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 12:09:36

 Mexnat-mexnatning tagi roxat.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  19 Avgust 2010, 12:14:46

Yigit kishiga qirq hunar oz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 12:21:07

Bismillohir rohmanir rohiym!

Sabrning tagi oltin.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 12:23:01

Odobni -odobsizdan o'rgan.

Qayd etilgan


Habib  19 Avgust 2010, 12:29:23

Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 12:49:12

 :as:

Bulbul chamanim, odam Vatanım, deydi.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 12:57:03

Bismillohir rohmanir rohiym!

Qari bilganni, pari bilmas.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 12:57:58

O'zga yurtda shox bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 13:00:03

Bismillohir rohmanir rohiym!

Jo'jani kuzda sanaymiz.

Qayd etilgan