Kim ko'p maqol biladi?  ( 184755 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 110 B


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 12:57:36

Bismillohir rohmanir rohiym!

Yozda to'ningni tashlama, qishda o'zing bilasan.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 12:58:34

Bismillohir rohmanir rohiym!

Yoz - o'tar soz.

PS. Kapalak opa, bu deyman, kim o'zarga maqol izlayapsizmi. Buncha ko'p maqol bilmasangiz. Joningiz sog' bo'lsin! Siz bilan mavzu ham barokatli bo'lib borayapti. Sizni mening ham ilhomim kelib ketyapti.

Olloh ilmingiz ziyoda qilsin,Ilohim!

Alloh rozi bo'lsin, duolaringiz sizga ham yor bo'lsin...

Hofizani biiir taftish qilyabman-da, yaxshi bo'ldi.... : )

Kalni nimasi bor, temirdan tarog'i bor :7

Qayd etilgan


Shokir  21 Avgust 2010, 12:59:52

Gap bilganga ming tanga ish bilganga bir tanga

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:00:41

Ammayam bir, hammayam bir...

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:01:26

Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 13:04:22

Bismillohir rohmanir rohiym!

Onangni otangga bepardoz ko'rsatma.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:05:45

Suymaganga suykalma

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:14:45

Bismillohir rohmanir rohiym!

Onangni otangga bepardoz ko'rsatma.
Assalamu alaykum.
Samarqandiy aka, a bu hamma sahifalarni bir boshidan tekshirib chiqmaysizmi, takrorlashlar ko'payib ketibdi, unaqada cheksiz davom etaveradi. Tanqid uchun uzr, shunchaki Do'st achitib gapirar, dushman kuldirib.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:16:08

Yo'l azobi - go'r azobi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:17:06

Bolaginamning bolasi, qantak o'rikning donasi...

Qayd etilgan