Kim ko'p maqol biladi?  ( 178638 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 110 B


Ansora  21 Avgust 2010, 13:17:36

do'st boshga-dushman oyoqqa qaraydi...

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:20:25

Qo'shning tinch - sen tinch.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:22:23

Oltin olma, duo ol.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:25:29

Teng tengi bilan, tezak qopi bilan...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 13:31:29

Bismillohir rohmanir rohiym!

Onangni otangga bepardoz ko'rsatma.
Assalamu alaykum.
Samarqandiy aka, a bu hamma sahifalarni bir boshidan tekshirib chiqmaysizmi, takrorlashlar ko'payib ketibdi, unaqada cheksiz davom etaveradi. Tanqid uchun uzr, shunchaki Do'st achitib gapirar, dushman kuldirib.

Bismillohir rohmanir rohiym!
Va alaykum assalom, Zamiraxon singlim!

O'zi mana shu tanqidni kutib turgan edim. Uzr so'rashni hech iloji yo'q, tushunadigan odam uzr so'ramasangiz ham tushunadi, tushunmaydigan odam ming bora uzr so'raysangiz ham tushunmaydi. Mavzuni ko'rib chiqish shart emas, siz o'zingiz bilgan maqolni yozib qoldiringiz mumkin, oldingi sahifalarda bormikin deb ko'rib chiqish shart emas, siz yozayotgan sahifada yo'qmi, yozayotgan maqolingizni xotirangizda olib yozayotgan bo'lsangiz bo'ldi, yozib qoldiravering. Takror-takror yozish har kimning vijdoniga bog'liq, o'zingiz yozgan va bu yerdan o'qigan maqolni yozmang, faqatgina o'zingiz bilgan maqollarni yozing. Bundan maqsad maqol to'plash emas, bilganlarmizni mustahkamlash va bilmaganlarimizni o'rganishdir. O'ylaymanki, maqsadimni tushuntirib beraoldim, tushunmagan joyingiz bo'lsa bemalol savol beraverig.

Yuqorida maqolni to'g'risi bu yerda borligi bilmagandim, har kim mavzuni boshidan oxirigacha ko'rib chiqib, maqol yozib qoldirsa, mavzu qiziqarli bo'lmaydi deb o'ylayman. Forumda ishlaringizga omad tilayman.

Kuningiz xaytli o'tsin,Ilohim!

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:35:05

Bolali uyda gap turmas

Qayd etilgan


Abdulhafiz  21 Avgust 2010, 13:45:21

:as:
Osh ustida mehr ketar... :)

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:46:02

Qo'shnimni oshi, janjalni boshi

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 13:46:52

Bismillohir rohmanir rohiym!

Osh ko'tarma bosh.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:47:20

Oshing halol bo'lsa, ko'chada ich : )

Qayd etilgan