Kim ko'p maqol biladi?  ( 190491 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 110 B


Abdulhafiz  19 Avgust 2010, 13:38:43

Ona ko'ngli bolada, bola ko'ngli dalada.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 13:39:48

Yer xaydasang kuz xayda
Kuz xaydamasang yuz xayda

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 13:45:49

Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik : )

Qayd etilgan


Habib  19 Avgust 2010, 13:47:33

Maqollar guldastasi:

Qish g'amini kuzda ye.
*
Qo'rqqanga qo'sh ko'rinar.
*
Gilam sotsang qo'shningga sot, bir chetida o'zing o'tirasan.
*
Biyaning yugurigi yahshi, xotinning epchili.
*
Boy boricha, yo'q holicha.
*
Sihat tilasang ko'p yema, izzat tilasang ko'p dema!
*
Echkiga jon qayg'usi, qassobga - moy.
*
Tuxumini ko'rmaganga qoraqarg'a ham tovuq.
*
Yo'qni quvib, bordan ajralma.
*
Mingta sizu bizdan, bitta jizu biz yahshi.
*
Qiz chiqarganga qirq yil tegma. (Dolzarb va to'g'ri maqol-Habib)
*
Pulning onasi - tiyin.
*
Qilsa nasib, yeysan hasip.
*
Palovning qamchisi - choy.
*
O'rik o'rikdan rang olar.
*
Eshakka atlas to'qim ursang ham baribir eshak.
*
Fil tushida Hindistonni ko'rar.
*
Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 13:51:58

Habibjon bunaqasiga bo'lsa xozir men kutubxonadagi maqollarni hammasini joylab tashlayman...bitta-bitta bo'la qolsin  : )

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 13:54:57

Bismillohir rohmanir rohiym!

Habib aka, bu deyman, ja maqolga boy ekansizku-a!? Umringiz uzoq bo'lsin,Ilohim! Kapalak opa ham qolishmas ekan, siz ham oilangiz baxtiga omon bo'ling,Ilohim!

Onasiga qarab, qizini ol.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 13:57:24

Uzum uzumga qarab rang oladi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Avgust 2010, 13:59:07

Habibjon bunaqasiga bo'lsa xozir men kutubxonadagi maqollarni hammasini joylab tashlayman...bitta-bitta bo'la qolsin  : )

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=22&id=93&Itemid=367

Shuncha narsani yozgungacha, mana shu sahifaga kirib qo'ya qolsangizlar bo'lardi... :7

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 14:02:10

Bismillohir rohmanir rohiym!

Qovunning yaxshisini it yeydi.

Manimcha shunaqa edi. Mana shu maqolni ko'p takrorlab yuraman.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 14:05:58

Ming marta eshitgandan
Bir marta ko'rgan yaxshi

Qayd etilgan