Kim ko'p maqol biladi?  ( 306315 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 110 B


Ansora  23 Avgust 2010, 15:11:20

Boqsang bog', boqmasang tog' bo'lur....

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:12:36

Birga tug'ilmoq bor, yashamoq yo'q.

Odatda, onam bu maqolni aytadilar. Oilada farzandlar birga tug'iladi, katta bo'lgach alohida-alohida yashashi haqida gap ketsa, shu maqolni aytadilar.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2010, 15:13:58

Ozga sabr qilmagan, ko'pni topolmas

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:14:07

Bolali qarg'aga hech vaqo yetmas.

Ona farzandlariga hamma narsani ilinadi. O'zi och qoladi. ;)

Onamdan eshitganman.

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:15:32

Oltiovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar,
To'rtovlon tugal bo'lsa, unmaganin undirar!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 15:18:45

Bismillohir rohmanir rohiym!

Er-xotin qo'shxo'kiz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 15:19:51

Bismillohir rohmanir rohiym!

Er-xotin urushu, doka-ro'mol qurushi.

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:24:18

Ish bilganga bir tanga,
Til bilganga ming tanga.

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:36:27

Qari bilganni pari bilmas.

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:36:47

Qush uyasida ko'rganini qiladi.

Qayd etilgan