Kim ko'p maqol biladi?  ( 305895 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 105 106 107 108 109 110 B


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 21:20:07

Ma'lum boldiki men judayam kam maqol bilar ekanman :2

Shu mavzuga ayni paytda Kapalak opa hammamizdan ko'p maqol biladilar, dib yozmoqchi bo'pturo'dim.. :)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Mart 2012, 21:44:33

Yaxshi joyga bersang qizni,
Silay-silay sulton qilar,
Yomon yerga bersang qizni,
Ura-ura ulton qilar.


Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Mart 2012, 21:44:55


Tutun achchig'ini mo'ri biladi.


Qayd etilgan


Safida  22 Mart 2012, 22:49:33

100 ta quyon yig'ilib 1 ot bo'lmas, 100 ta shubha yig'ilib 1 ta dalil o'rniga o'tmas.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 Mart 2012, 09:25:57

Man balamni desam, balam balasini deydi.

Qayd etilgan


gayrat17  30 Mart 2012, 10:29:31

Бир товуққа хам дон керак, хам сув керак.
пс. ишда бошлиғимиз ва унинг ёрдамчиларига атаб мақолларни пародис қилардик. Зср чиқарди. Шунақа мавзу очиш керак.

Qayd etilgan


Lu`lu`  20 Avgust 2013, 18:26:49

Ассалому алайкум азиз форумдошлар. Кишини утмиши фе'лидан дарак беради. Маколлар эса... Хуллас, бунакасини хали эшитмагандим. Тафаккури кенглар хам уйлаб-уйлаб, ухшашини тополмаса керагов, валлоху а'лам  :3

Пул бу нажасдир, лекин нажас пул булолмас
Яхудий маколи

Qayd etilgan


Хадича  20 Avgust 2013, 18:57:19

Assalamu alaykum.
Oxirgi vaqtlar o'qigan maqollarim ichida shulari judayam yoqdi:

Kimdir sizni bir marta aldasa,ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz ayb sizdadir.
( Rumin maqoli)

Kichik g'amlar gapiradilar,katta dardlar tilsizdir.
(Niger maqoli)

Aprel yomg'iri,may gulini ochirar.
(Kanada maqoli)

Birinchi rafiqani senga Xudo,ikkinchisini insonlar,uchinchisini shayton jo'natadi.
(Yapon maqoli)

Boshqalardan ustun bo'lishimiz muhim emas. Asl muhim bo'lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir.
( Hind maqoli)

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2013, 23:27:29

Niger maqoliga gap yoq lekin Xadichaxon:)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  21 Avgust 2013, 10:58:54

Niger maqoliga gap yoq lekin Xadichaxon:)

To'g'ri, aynan shu maqol "Rahmat" tugmasini bosishimga sabab bo'ldi..

Qayd etilgan