Bismillohir rohmanir rohiym!
Bundan bir necha yillar ilgari, talabalik yillarim, 2 - yoki 3 - kurslarda "Manaviyat asoslari " degan fan bo'lardi. Bu paytlar ancha yosh bo'lganmiz. Domlamiz tarix fanlari nomzodi professor odam edilar. Ancha muncha narsalarni ko'rgan, ilmli, boy hayotiy tajribaga ega, samimiy inson edilar. U kishi har bir darsda mustaqilligimiz, istiqlolimiz, ma'naviyatimiz, tariximiz, buyuk ajdodlarimiz haqida kuyib-pishib gapirib berar edi. O'sha domlamiz aytgan gaplarni endilikda tushunib yetyapmiz. O'sha paytlar xayolimizga ham kelmagan ekan. Bizlarga vaqt o'tgani, imtihonni eson-omon topshirib olishimiz hisob edi.
O'sha domlamiz aytgan bir gap hali hanuz hech yodimdan chiqmaydi. Buyuk ajdodlarimiz haqida gapirib bo'lgandan so'ng,
Domlamiz aytardi, "Bilasizlarmi? Nega men kuyib-pishib bularni gapiryapman."
Hamma jim.
Domlamiz yana, "Bilasizlarmi? Nega men bularni har safar qaytaraman."
Hamma jim.
Domlamiz javob bergandi, "Men bularni takror-takror aytishimdan maqsad shuki, sizlarda ozgina bo'lsa ham "Vatan to'yg'u"sini o'yg'otishdir. Maqsadim, sizlarga to'yg'u berish." Gapida davom etib, " Bilasizlarmi, bu zaminda kimlar yotibti, qanday buyuk insonlarning pok ruhlari kezib yuribdi? Bilmaysizlar. Sizlar hali o'ynab yuribsizlar. Bu tuproq qanchalar tabarruk ekanligini bilasizlarmi? Albatta bilmaysizlar. Sizlarga o'yin kulgu bo'lsa bo'ldi " degandi.
Imtihon topshirish payti ham keldi. Qachon imtihon bo'lishini, qanaqa savollar tushushini intizorlik bilan kutib o'tiribmiz. Imtihon vaqti e'lon qilindi, yozma bo'ladigan bo'ldi. Domlamiz yozma imtihonga qo'shimcha yana boshqa vazifa berdilar. Vazifa -har kim o'ziga yaqin atrofdagi aziz joylar, qadamjolar haqida ma'lumot to'plab kelish edi. Ha, aytgancha, rasmlari bilan albatta. Ana shundan keyin ko'ringda nima qilganimizni, bir asr mobaynida tilga olinmay kelingan, qariyb unut bo'lib ketayotgan aziz joylarimiz haqida talaygina ma'lumot yig'ib qo'ydik. Ana shu domlamiz qilgan tadbirdan, o'qigan ma'ruzalaridan keyin, ko'pchilikda Vatan to'yg'usi o'yg'ona boshladi deb o'ylayman.
Domlamiz gapirganlarida shunday tabarruk zaminda tug'ulib o'sganimdan juda ham g'ururlanib ketardim.
Mana shu mavzuni o'qib sizda ham ozgina bo'lsa ham Vatan to'yg'usi o'yg'ongan bo'lsa, o'zimni juda ham baxtiyor kishilardan biri deb hisoblardim.
Yorug' kunlarga yetkizgan Ollohimga shukrona aytaman.
Siz azizlarni Tangri Taolo o'z panohida asrasin!