Muallif Mavzu: O'zbekiston Vatanim manim! Seni har bir begona ko'zdan qizg'onaman!  ( 10869 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Bismillohir rohmanir rohiym!

Kindik qonimiz to'kilgan zamin oldidagi burchimizni ado etaolayapmizmi? Bugun Vatan uchun nima qildingiz yoki bo'lmasa jonajon Vatanimiz uchun nima qilyapsiz!?

Qisqagina Vatan uchun deb qilayotgan xayrli ishlaringizni yozib qoldirsangiz boshim ko'kka yetar edi. Olloh sizlardan rozi bo'lsin,Ilohim!

Vatanni sevmoq iymondandur!

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Kecha ish bilan Gulistonga borib keldim. Gulistonda katta "Yoshlar markazi" ochilayotgan ekan, o'shani ochilish marosimini ssenariysini ko'rib kelish keragakan.

Yumush bilan bir tashkilotga kirayotganda, kiraverish eshigidagi bir yozuvga ko'zim tushdi:

"Vatan uchun biron foydali ish qilmagan kunimni hayotimdan chiqarib tashlayman"
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Kecha ish bilan Gulistonga borib keldim. Gulistonda katta "Yoshlar markazi" ochilayotgan ekan, o'shani ochilish marosimini ssenariysini ko'rib kelish keragakan.

Yumush bilan bir tashkilotga kirayotganda, kiraverish eshigidagi bir yozuvga ko'zim tushdi:

"Vatan uchun biron foydali ish qilmagan kunimni hayotimdan chiqarib tashlayman"

Bismillohir rohmanir rohiym!

Aka Yurist, agar rahmat tugmasida bir necha bosib, tashakkur bildirishni iloji bo'lganda edi, postingizni rahmatga to'ldirib tashlar edim. Buni iloji yo'q ekan, off top bo'lsa ham ushu postim bilan sizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hech qachon kam bo'lmang, tani joningiz sog' bo'lsin,Ilohim!

Postingizdagi qora yug'on harflar bilan yozilgan shior har bir o'zbekning dilida jo bo'lsin, har kunlik shioriga aylansin,Ilohim!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
 :as:

Juda yaxshi mavzu ochibsiz. Alloh rozi bo'lsin.

Kim nima desa desin, Vatanni qadri undan ozgina bo'lsa ham uzoqlashganda bilinadi.

Men ham 6 yildan beri taqdiri ilohiy bilan Vatandan uzoqdaman, O'zbekiston bilan bog'liq bir narsa ko'rib qolsam, hayajondan tilim tutiladi.
Yashil, moviy, oq ranglarni bir joyda ko'rdimmi, bas, bayrog'imizni eslayman...

Vatanim bilan bog'liq iliq gaplar aytgan inson do'st, deb hisoblayman darrov : )

Tunov kuni kichkinani ukolga olib borgandim, hamshira qiz O'zbekistonlik ekanligimni eshitishi bilan "Voooy rostdanmi, sizni u yerlar juda chiroyli joylar ekan-a" dedi ko'zlari porlab..Bir tarafdan bolani ovutishga harakat qilar ekanman, bir tarafdan Vatanimni maqtay boshladim : )

Vatanim! Sen uchun nima qila oldim, bilmadim. Agar farzandlik qila olmagan bo'lsam, meni kechir...

Bir narsa qildim aniq bilaman-SENİ JONİMDAN ORTİQ SEVDİM

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Bismillohir rohmanir rohiym!

Bundan bir necha yillar ilgari, talabalik yillarim, 2 - yoki 3 - kurslarda "Manaviyat asoslari " degan fan bo'lardi. Bu paytlar ancha yosh bo'lganmiz. Domlamiz tarix fanlari nomzodi professor odam edilar. Ancha muncha narsalarni ko'rgan, ilmli,  boy hayotiy tajribaga ega, samimiy inson edilar. U kishi har bir darsda mustaqilligimiz, istiqlolimiz, ma'naviyatimiz, tariximiz, buyuk ajdodlarimiz haqida kuyib-pishib gapirib berar edi. O'sha domlamiz aytgan gaplarni endilikda tushunib yetyapmiz. O'sha paytlar xayolimizga ham kelmagan ekan. Bizlarga vaqt o'tgani, imtihonni eson-omon topshirib olishimiz hisob edi.

O'sha domlamiz aytgan bir gap hali hanuz hech yodimdan chiqmaydi. Buyuk ajdodlarimiz haqida gapirib bo'lgandan so'ng,
Domlamiz aytardi, "Bilasizlarmi? Nega men kuyib-pishib bularni gapiryapman."
Hamma jim.
Domlamiz yana, "Bilasizlarmi? Nega men bularni har safar qaytaraman."
Hamma jim.
Domlamiz javob bergandi, "Men bularni takror-takror aytishimdan maqsad shuki, sizlarda ozgina bo'lsa ham "Vatan to'yg'u"sini o'yg'otishdir. Maqsadim, sizlarga to'yg'u berish." Gapida davom etib, " Bilasizlarmi, bu zaminda kimlar yotibti, qanday buyuk insonlarning pok ruhlari kezib yuribdi? Bilmaysizlar. Sizlar hali o'ynab yuribsizlar. Bu tuproq qanchalar tabarruk ekanligini bilasizlarmi? Albatta bilmaysizlar. Sizlarga o'yin kulgu bo'lsa bo'ldi " degandi.

Imtihon topshirish payti ham keldi. Qachon imtihon bo'lishini, qanaqa savollar tushushini intizorlik bilan kutib o'tiribmiz. Imtihon vaqti e'lon qilindi, yozma bo'ladigan bo'ldi. Domlamiz yozma imtihonga qo'shimcha yana boshqa vazifa berdilar. Vazifa -har kim o'ziga yaqin atrofdagi aziz joylar, qadamjolar haqida ma'lumot to'plab kelish edi. Ha, aytgancha, rasmlari bilan albatta. Ana shundan keyin ko'ringda nima qilganimizni, bir asr mobaynida tilga olinmay kelingan, qariyb unut bo'lib ketayotgan aziz joylarimiz haqida talaygina ma'lumot yig'ib qo'ydik. Ana shu domlamiz qilgan tadbirdan, o'qigan ma'ruzalaridan keyin, ko'pchilikda Vatan to'yg'usi o'yg'ona boshladi deb o'ylayman.

Domlamiz gapirganlarida shunday tabarruk zaminda tug'ulib o'sganimdan juda ham g'ururlanib ketardim.  

Mana shu mavzuni o'qib sizda ham ozgina bo'lsa ham Vatan to'yg'usi o'yg'ongan bo'lsa, o'zimni juda ham baxtiyor kishilardan biri deb hisoblardim.

Yorug' kunlarga yetkizgan Ollohimga shukrona aytaman.
Siz azizlarni Tangri Taolo o'z panohida asrasin!

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Turkiyada ta’lim olib kelgan ingliz tili ustozimiz aytib bergan voqea:
-Turkiyaga ilk kelgan kunlarimiz. Biz O’zbekistondan 3 talabamiz. Istambul ko’chalarini kezar ekanmiz, bir-birimiz bilan ora-sira gaplashib ketyapmiz. Katta bir restoran oldidan o’tayotganimizda po’rim kiyingan bir kishi bizga qarab turkchada:”Iye,O’zbekistondanmisizlar?”, deb qoldi. “Ha”. U kishi bizlarni qo’yarda-qo’ymay ichkariga boshladi. “Buxoriy, at-Termiziylar vatanidansizlar. O’zim bormaganman O’zbekistonga. Lekin Buxoriylar, Termiziylar, Farg’oniylar vatanidan kelgan sizdek mo’tabar mexmonlarni boshimda tutsam arziydi”, derdi u tinmay so’zlarkan. “Lekin biz Buxoroga ham, Samarqandga ham bormaganmiz. Biz Toshkentdanmiz”, dedik biz uyalibgina. Shunda u kishining javobi bizni g’ururlantirib yubordi:”Mayli-da. Nima bo’lganda ham mendan yaqinroq ekansizlarku Buxoroyu Samarqandga. Shunday ulug’ zotlarning qabrlariga mendan ham yaqin joyda yashaysizlarku”.
Bu voqea bizni bir tomondan g’ururga to’ldirgan bo’lsa , bir tomondan uyalib ketdik. Shunday zaminda yashab, aqalli bir marta buyuk zotlarimizni ziyorat qilmagan ekanmiz. Qaysi bir xorijlik hurmat bilan tilga olayotgan zotlarimiz haqida unchalik bilmasligimizdan xijolatda edik. O’zbekistonga qaytgach, birinchi navbatda Samarqand va Buxoroga borib keldik.
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Kansustutsiya digan dars bo'lardi to'risi ikki haftada bir marta bir haftasiga Ko'cha harakati o'tsak kengi haftasi kansustsiya bo'lardi ..
o'qtuvchimiz doim, Vatanga hizmat qil!Qilmasen Boradi qamiydi dib qollari bilan partaga urardi......
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

 

O'ZBEKISTON OLIY LIGASI

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 325
Ko'rilgan: 121924
So'nggi javob 16 Fevral 2013, 12:04:36
muallifi UmmatiY_MuhammadiY
Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?

Muallif maknunaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 62
Ko'rilgan: 35709
So'nggi javob 13 Fevral 2015, 22:20:08
muallifi Math13
Seni sog'inaman Ko'hna Shaharim!!!

Muallif muxbirBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 10863
So'nggi javob 07 Avgust 2006, 08:37:37
muallifi muxbir
"Begona..."

Muallif MargilanetsBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 7748
So'nggi javob 24 Mart 2014, 13:29:24
muallifi Muxsiya
O'zbekiston Ramzlari

Muallif AbdusalomBo'lim Intellekt

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8746
So'nggi javob 09 Sentyabr 2006, 07:17:58
muallifi Abdusalom