Tishlangan non  ( 3198 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Chustiy  20 Avgust 2010, 01:32:04

Assalamu alaykum

Oldin yoshiligimizda, qo;shni yoki biron bir tanishimizi uyiga borganimizda, uyida albatta tishlangan nonni ilib qo;yishardi, avvaliga hayron qolardik, keyinchalik bu honadondan bir kishi harbiy hizmatga ketishidan oldin tishlab ketgan noni hisoblanar ekan, shunday udimi bor deyishardi...

Negadir hozir uncha bu udumga duch kelmadim, shu non tishlashni hikmati, ma;nosi va tarihini biladiganlar, tishlab ketganlar oramizda bormi?

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Avgust 2010, 02:37:36

Va Alaykum Assalom.

Menimcha bu udum II Jahon Urushi (bu Sovet tarixida Ulug' Vatan Urushi deb nom olgan) davrida vujudga kelgan. Ya'ni urushga ketgan yigitning rizqi butun bo'lsin, tishlagan nonini qaytib kelib, yesin, degandek. Keyinchalik, urush tugab ketgach ham Sovet Armiyasiga xizmatga ketayotgan yigitlarga non tishlatish mana shunday udum bo'lib qolgan. Ayniqsa, 1979-1989 yillardagi Afg'on urushi bu udumni yana kun tartibiga olib chiqqan. Chunki yigitlar yana urushga keta boshlashgan edi.

1989 yilda Afg'on urushi tugadi. Keyin Sovet Ittifoqi quladi. Yigitlarimiz uzoq Germaniya, Mongoliya, Chexoslovakiya, Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari emas, o'zimizda - O'zbekistonda xizmat qila boshlashdi. Tabiiyki, yigitlar urushga kirish xavfi bo'lgan armiyaga emas, mudofaaga xizmat qiluvchi armiyaga jo'natila boshlangach, o'z-o'zidan bu udum yoki o'ziga xos urf xalq hayotidan uzoqlashdi. Va bugun menimcha deyarli hech qayerda bu holat qo'llanmasa kerak.     

Lekin agar ba'zi xurofiy odatlarga o'xshab, "Non yigitni saqlaydi", degan e'tiqod bilan qilingan bo'lsa, unda bu udumning yo'qolib ketgani ham yaxshi bo'lgan. Agar shunday bo'lgan bo'lsa!!! Chunki bizning yoshligimizda yosh bolalar-ku mayli, katta odamlar ham "...Non ursin", "...Dasturxondagi non haqqi" deb qasam ichishardi. Keyinchalik, Islomni yaxshiroq tushundik shekilli, zarur bo'lganda turli xil narsalar nomi bilan emas, Alloh nomi bilan qasam ichadigan bo'ldik.   

Xullas, bu udumning tarixi mening fikrimcha shunday.

P.S. Agar nonni tishlab ketganlar bo'lsa, ular ham o'zlarining izohlarini qoldirishsa kerak.

Qayd etilgan


Billur  20 Avgust 2010, 09:41:27



 Va bugun menimcha deyarli hech qayerda bu holat qo'llanmasa kerak.     

Lekin agar ba'zi xurofiy odatlarga o'xshab, "Non yigitni saqlaydi", degan e'tiqod bilan qilingan bo'lsa, unda bu udumning yo'qolib ketgani ham yaxshi bo'lgan.


Assalomu aleykum aziz forumdoshlar.
Mening fikrimcha "Tishlangan non"ning asl ma'nosi O'sha yigitning rizqi uzilmasin, eson-omon musofir joylarda hizmatini qilib rizqi butun bo'lsin degan ma'noni bildiradi.
Bu udum ba'zi joylarda balki qo'llanilmayotgandir. Lekin ukam armiyaga borganida, biz non tishlatganmiz va U qaytib kelganidan keyin birinchi bo'lib usha nondan egan. Turmush o'rtog'im ham shunaqa qilganman dedilar. Demak bu narsa haligacha qo'llanilmoqda. Bu narsaning yomon joyi yo'q deb bilaman.
Bundan tashqari nafaqat armiyaga borganda, balki uzoq safarga chiqqanda, qorong'u tushganda bor joyga chiqmoqchi bo'lganda ham kottalar uzing bilan non olib olgin deyishadi.  Bu gaplar hurofotmi boshqami lekin non aziz, muqaddas narsaku. Qanday maqsadda o'zingiz bilan olishingizdan qat'iy nazar hech bo'lmasa uzoq yo'lda egulik topilmay qolgan taqdirda as qotishi ham mumkin...

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2010, 14:03:43

 :as:

Bu odatni qachon paydo bo'lganini bilmadim-u lekin bizni oilada akam armiyaga ketganlarida biz ham akamga yog'li patir tishlatganmiz.
Ayam 1 tandir alohida patir yopganlar. İchidan eng chiroylisini tanlab, akamga tishlatish uchun olib qo'ydilar.

Haligacha ko'z oldimda: Akam ketadigan vaqt keldi, men ham 16 yoshlardaman.. Birdan uyda yig'i ovozlari eshitila boshladi. Hamma duoga qo'lini ochdi...
Akam darvozaga yaqinlashganlarida ayam birdan: "Non" deb qoldilar...
Men uyga yugirib kirib, dasturxonni ichiga o'ralgan yumshoqqina patirni olib keldim, akam zotan hayajon ichida, nonni tishladilar...
Nonni olib bag'rimga bosdim, uyga olib kirib yana dastruxonni ichiga o'radim.

1-2 soatlardan keyin ayam nonni olib, "biroz qotsin, xozirdan o'rab qo'ysak, "po'panak" (Anjonda shunday deyishadi) bosishi mumkin", dedilar.

Keyingi kunlarda patirni tselofanga o'rab, mehmonxonamizni to'ridagi gilamni ustiga osdik.

Har nonni ko'rganimda akam esimga tushar, duo qilardim. "Ey Xudoyim eson-omon kelsin", akam, deb...

Akam Germaniyada xizmat qildilar, qaytib kelganlaridan keyin, devorda qotgan patirni olib, o'zlariga talqon qilib berdik : )

Bizda bu non tishlashni majoziy ma'nosi shu: "Rizqini qidirib kelsin"...chunki non tishlangan...

Bundan tashqari, faqat askarlar emas, uzoq safarga ketganlarga ham non tishlatishadi...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Avgust 2010, 14:14:35

2004-2005 yillari 1 yil mobaynida Koreya respublikasida ta'lim olib qaytdim. Yo'lga chiqishimdan avval onam menga non tishlatganlar. Non tishlatish menimcha , o'sha odamning o'z uyidan rizqi uzilmasin, nondek aziz bo'lib yursin, degan ma'noda bo'lsa kerak.  Qaytib kelgach, o'sha qolgan nonni talqon qilib berishgan.

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2010, 14:17:17

Menimcha, dunyo Xalqlari ichida O'zbeklargina bunchalik nonni qadrlaydi!

Qayd etilgan


BelleQizcha  20 Avgust 2010, 18:33:38

Ramazon oyida patir noni tishlab olib qoyishadi, kengi ramazonda oshani birinchi ro'zada yeyishadi,, bu narsani biz ancha yillardan beri qilamiza.. buyam irim bo'sa kerak.. rizqimiz kengi ramazonlargayam yetsin diganidur..

Qayd etilgan