Bu odatni qachon paydo bo'lganini bilmadim-u lekin bizni oilada akam armiyaga ketganlarida biz ham akamga yog'li patir tishlatganmiz.
Ayam 1 tandir alohida patir yopganlar. İchidan eng chiroylisini tanlab, akamga tishlatish uchun olib qo'ydilar.
Haligacha ko'z oldimda: Akam ketadigan vaqt keldi, men ham 16 yoshlardaman.. Birdan uyda yig'i ovozlari eshitila boshladi. Hamma duoga qo'lini ochdi...
Akam darvozaga yaqinlashganlarida ayam birdan: "Non" deb qoldilar...
Men uyga yugirib kirib, dasturxonni ichiga o'ralgan yumshoqqina patirni olib keldim, akam zotan hayajon ichida, nonni tishladilar...
Nonni olib bag'rimga bosdim, uyga olib kirib yana dastruxonni ichiga o'radim.
1-2 soatlardan keyin ayam nonni olib, "biroz qotsin, xozirdan o'rab qo'ysak, "po'panak" (Anjonda shunday deyishadi) bosishi mumkin", dedilar.
Keyingi kunlarda patirni tselofanga o'rab, mehmonxonamizni to'ridagi gilamni ustiga osdik.
Har nonni ko'rganimda akam esimga tushar, duo qilardim. "Ey Xudoyim eson-omon kelsin", akam, deb...
Akam Germaniyada xizmat qildilar, qaytib kelganlaridan keyin, devorda qotgan patirni olib, o'zlariga talqon qilib berdik
Bizda bu non tishlashni majoziy ma'nosi shu: "Rizqini qidirib kelsin"...chunki non tishlangan...
Bundan tashqari, faqat askarlar emas, uzoq safarga ketganlarga ham non tishlatishadi...