Muallif Mavzu: Samarqand haqida she'rlar  ( 24503 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Samarqand haqida she'rlar
« : 05 Avgust 2006, 07:34:56 »
SAMARQANDIM
(qo‘shiq)

Samarqandim, xalqning qadim tabarruk tumorisan,
Tarixining iftixori, istiqboli — borisan,
Shaharlarning eng azali, zargari, me’morisan,
Taraqqiyot poydevori, pok ko‘ngillar yorisan.

Moviy gumbaz, moviy osmon — quyoshli kunlaring go‘zal!
Ulug‘bekning yulduzlari tiniq tunlaringni bezar.
Mehmonnavoz, bulbulovoz shahrim uzra jonim sezar,
Yuksaklikka chorlab ro‘y-rost, bobolarim ruhi kezar.

Minoralar, tinglasang gar, izhor etsa yuragini,
Jahon anglar, oy, naqadar, Yerga tinchlik keragini.
Noning totli, suving totli, Alp-er To‘nga qurgan shahar,
Farzandlaring nomdor, zotli, ro‘yo bo‘ldi afsonalar.

Samarqandim, xalqning qadim tabarruk tumorisan,
Tarixining iftixori, istiqboli — borisan,
Shaharlarning eng azali, zargari, me’morisan,
Taraqqiyot poydevori, pok ko‘ngillar yorisan.

Baxtiyor Doniyorov
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #1 : 07 Avgust 2006, 08:08:06 »
SAMARQAND BO'YLAB TUNGI SAYR

- Samarqand, ildizing qayerda?
Kechangni chiroqlar parchalab tashlagan,
tun bilan nur o'rtasida
uzun arvohlar -
minoralar kеtib borar
kеlajak sari,
ba'zan
oyga boqib
to'xtab qolishar
(azon sasi urildimi quloqlarga?)
Zinalaringdan
choponiga o'ralgan
so'fi emas,
mеn o'rlab borayapman
falak
pеshtoqiga
va yеrga boqib notinch shivirlaman:
- Samarqand, ildizing qayеrda?


Mador bo'lgin endi umidlarimga,
mеning to'rt ming yillik bog'im!
Bir yaprog'ingman:
Yo'qotgim kеlmaydi ildizlarimni.

Ana, osmonning qurboni - shahid rasadxona,
ana, tarixning ko'milgan bеshigi - Afrosiyob...
Nеcha asr bo'ldi o'shanga?

- Tuproq, qani,
yoril!
Samarqand, ildizing qayеrda?

Yulduzlar orasida kеlajak yo'li,
Zamon poеzdini
Qalbim,
Qorqmay tort!
Va bitta vagonga
bobolar ruhini,
Qaygu alamini,
shavkat-shonini,
ushalmagan orzusini ort!

Bu kimlar?
Qaydaman?
Rеgiston, sеnmi?
Nеchun sеnga kеlsam,
kuksimni tuldirar jumlai jahon?
Balki anov moviy gumbaz tagida еtgan,
bobolarim
armonining
shamolidir bu?

Ammo ovozlar chiqar zamin qa'ridan:
Mеn, - dеydi (Spitamеn, sеnmisan?).
Mеn, - dеydi (Ulugbеk, sеnmi?),
Biz, - dеydi guvillab bir lashkar -
kеlajakka ergashib kеlar
sarbadorlar!

Samarqand, ildizing...
Savol ortiqcha...
Tеgramda mеn bilan o'ylanib,
mеn bilan qiynalib,
ildizga aylanib borar bir kеcha.

Usmon Azim.

Assalamu alaykum.
Menga Mashhurani xabar berishlariga qaraganda bu she'r muallifi Usmon Azim ekan.Shuning uchun bu xabarni tahrir qildim. Rozi bo'lasiz...
« So'nggi tahrir: 15 Avgust 2007, 11:49:59 muallifi nargiza »
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #2 : 07 Avgust 2006, 08:08:23 »
Karvonlar keladi yeti iqlimdan
Shohilar, chinnilar ortishib toy-toy
Bog’lari jannatdan nusha ko’chirgan
Yegani bol bo’lgan, tishlagani moy

Tilanmagan hech kim dunyoni, erkni
Gadolar boy bo’lgan bu yurtga kelib
Bog’bonining qizi malika bo’lgan
Cho’rilar oy bo’lgan bu yurtga kelib
Ayolin husnidan oy xijolatda
Aqliga tan bergan shohi, donosi
Hech qursa xon bo’lgan tuqqan o’g’ili
Hechsa donishmandning bo’lgan onasi

Shohlari mard bo’lgan, yurt olar bo’lsa
Butun yer yuzini olgan muljalga
Erlari mard bo’gan, gar sevib qolsa
Ikki shahar bergan bir dona holga

Dunyoni besh yuz yil o’qitib yetgan
Alisher bu yurtga tahsilga kelgan
Mangulikdan mangu shunday buyuk zot
Samarqandni aziz mehrob deb bilgan

Jannat ko’kartgani kamday tuprog’i
Ko’ksiga mukarram boshlarni olgan
Jonin bersalar ham o’zga yurtlarda
Shohlarning jasadi shunda ko’milgan

Bu tuproqda metin bardosh bo’lmasa
Jahongir Temurni qanday quchardi?
Balki Ulug’bekning hayoli birlan
Yulduzlarga tomon qushday uchardi

Bu tuproqda agar bo’lmasa bir siz
Ho’ja Ahror Valiy bosh qo’yarmidi?
Bibihonim yig’lab ko’zida surtib
Orzularin aytib yosh qo’yarmidi?

Hizir nazar slogan duo ketgan yurt
Qo’shiqqa aylanuq har azob, har dard
Shu yurt deb yashasang, o’lsang arziydi
Ikki dunyoda ham bitta Samarqand!!!

Xosiyat Bobomurodova
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #3 : 07 Avgust 2006, 08:08:38 »
SAMARQAND HAQIDA ODDIY SATRLAR

Men bilaman,
U meni juda yaxshi ko'radi.
U mening tushlarimga kirmoq istaydi,
U meni bag'riga bosmoq istaydi,
Ko'rmoq bo'lar mening sog'inchimni.

U bobolarim tushini so'ylab bermoqchi,
Faqat qo'rqar sig'armikan ular bag'rimga.
U mening barcha orzularimni bilmoqchi,
Faqat qo'rqar sig'armikan ular bag'riga.

U mening onamga o'xshaydi -
Ko'zlari ma'yusdur uning ham.
U mening bolaligimga o'xshaydi -
U ham menga yozolmaydi xat.

Xurshid Davron
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

NuR_BeK

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 6
  • Jins: Erkak
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #4 : 01 Aprel 2007, 02:30:19 »
Samarqandga qachon...

Yo'lga boqib toldi ko'z qirim,
Suyagimni ezdi izg'irin,
Xush gap bilan dilni yoz qiling
Samarqandga qachon boramiz?

Unda ungan har bir giyohi,
Handalakbo'y qizlar nigohi
Tushlarimga kiradi gohi -
Samarqandga qachon boramiz?

Gulxan bo'ldi lablarimda so'z,
Dardlarimga yig'lar bunda kuz,
O'z ko'ksiga xanjar urgan do'st
Samarqandga qachon boramiz?

Yog'du edim, tongim qoraydi,
Men keng edim, olam toraydi,
Ko'ksimda bir qushcha so'raydi:
Samarqandga qachon boramiz?

Bu dunyoning asli biri kam,
Bir burji baxt, bir burjida g'am,
Ayt, ne uchun ko'zlaringda nam
Samarqandga qachon boramiz?

Andijon deb yig'ladi Bobur,
O'z yurtiga sig'madi Nosir,
Qodiriyning ko'zlari sohir
Samarqandga qachon boramiz?

O'z elingda hursan, sabosan,
Garchi shoxsan, zo'rsan, dahosan,
Yurting bo'lsin, garchi gadosan -
Samarqandga qachon boramiz?

Nurullo Oston
KГҐtar ersang bu dunyodin, tГ®pib imkГ®n, qГ®lГ®lmassГҐn,
O'z uyingga o'zing mГҐhmГ®n bo'lib bir Г®n, qГ®lГ®lmassГҐn.

ГЋnang sabrig'a siqqansГҐn, jahГ®n bag'rig'a siqqansГҐn,
G'arib kulbangga sig'massГҐn, vujud bГҐjГ®n, qГ®lГ®lmassГҐn.

Magarkim tunu kun chГ®pding, yig'inding, burda nГ®n tГ®pding,
Ajib kГ®shГ®nalar yopding, yig'ib xirmГ®n, qГ®lГ®lmassГҐn.

Martabang gar ziyod bo'lsin, Г®ting uchqur g'irГ®t bo'lsin,
Suyanching qo'sh qanГ®t bo'lsin, uchib chandГ®n, qГ®lГ®lmassГҐn.

Fasli fursat jarang ursa, Г®mading yuz-bГҐtin bursa,
BГ®shingda azrГ®il tursa, Г®tib xandГ®n, qГ®lГ®lmassГҐn.

Uzilmish bandidan yaprГ®q, uvГ®l ko'prГ®q, savГ®b ko'prГ®q,
TumГ®nat qo'linda tuprГ®q, sГ®chsa giryon, qГ®lГ®lmassГҐn.

DOSTON

Mashhura

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 38
  • Xabarlar: 200
  • Jins: Ayol
  • Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman.
    • ziyouz.com
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #5 : 16 Avgust 2007, 18:30:11 »
Samarqand

Qanday xursand bo`lmayin,
Quvonmay yutug'ingdan.
Bitta ko`ngli biyronu
Ham tili dudug’ingman.

Bag’ringda to`lib yurgan
Jayroningcha bo`lmadim.
Tog’ingda bog’ undirgan
Dehqoningcha bo`lmadim.

Farroshmasman har tongda
Yaltiratgan poyingni.
Bedormasman mirobday
Sharqiratgan soyingni.

Kimman? Bitta bemorga
Madormi aytar gapim.
O`ylasam tekkan emas
Cho`pon bolangcha nafim.

Shuhratingga bir hissa
Qo`sholmadim noningday.
Tuprog’ingday Xotamu
Kengmasman osmoningday.

Spitamen, Alp Erning
Qatorida normasman.
Senga suyangan, Seni
Suyagan chinormasman.

Senga ko`m-ko`k minorlar
Kabi mehr qo`ymabman.
Bilsam, seni bir chumchuq,
Chumolingcha sevmabman.

Sukutmasman bag’ringda
Va yo titroq, zormasman.
Afsus, yovga atalgan
Qamchimasman, dormasman.

Avf et, Mirzo Boburday
Senga shaydo bo`lmadim.
Ko`ksingda oqqan tiniq
Suvday paydo bo`lmadim.

Mirzo  ko`zida qotgan
Yulduzingman, Samarqand.
Kuylashni eplolmagan
Bir qizingman, Samarqand.

Menga hali yo`l bo`lsin,
Kuylash shuhrat-shoningni.
Hatto xarsangtoshingday
Maqtolmadim nomingni.

Pok nomingni zikr etib,
Sarxushu maxmur, mastman.
Bolalaring chorlagan
Cho`ponotangchamasman.

Quyoshingday saxiyu
Oying kabi to`lmadim.
Tonglar qirda o`t o`rgan
O`rog’ingcha bo`lmadim.

Tilim ojiz madhingga,
Mening mangu navro`zim.
"Sharq darvozasi" deymi?
YO "Baldai mahfuz"im.

She'r aytsam, jo`r bo`lguvchi
Yangrar sozim, Samarqand.
Qilsam, duo mehrobim,
Joynamozim, Samarqand.

"Baldai mahfuz" - muhofaza qilingan shahar.
Kamina

« So'nggi tahrir: 22 Avgust 2007, 18:16:27 muallifi Mashhura »
Yuraging bir bo�lak go�shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #6 : 27 Sentyabr 2009, 11:40:47 »
САМАРҚАНД

Оташин барк ёнди гулранг
Чархнинг меҳробида,
Чарх урар кўнглим хаёлнинг
Оташин гирдобида.

Субҳидам офтоби кўкнинг
Гумбазида ёнди, ё
Ёнди бу фируза гумбаз
Субҳидам офтобида.

Тонг эмас бу, тонгда бўлсам
Мен хаёл обида ғарк,
Тонг қилибдир чунки кўнглим
Бу хаёлдек обида.

Кўҳна шаҳрим, тарихингни
Кўз юмиб қилсам хаёл,
Ғарқ кўринди мазлум элнинг
Кўз ёши селобида.

Бу саройлар ғишти элнинг
Ашки бирлан хокидан,
Рангу бўёғи корилмиш
Қайғунинг зардобида.

Чулғаниб сокин хаёлга
Жим ётар соғоналар.
Не кўрар Мирзо Улуғбек
Беш асрлик хобида?

Кенг фалакни кучди инсон,
Лек минг йил ўтса ҳам
Илк муаллимдир Самарканд
Илми афлок бобида.

Бош эгиб устоз Улуғбек
Қошида турдим бу тонг,
Чарх уриб кўнглим хаёлнинг
Оташин гирдобида.
1967

Erkin Vohidov

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #7 : 22 Sentyabr 2010, 13:17:40 »
САМАРҚАНД

Салобатинг, камолингга изламай қиёс,
Рим, Қоҳира, тақдиридан сўзласам бир оз;
Ҳомер билан Ҳеродот ҳам қилмай эътироз,
Шаҳрим, сени мангулик-ла қўйиб ёнма-ён,
Бири тарих, яна бири ёзарди достон.

Аммо улар қилиб кетди қилар ишини,
Сен-чи, ҳамон лол этасан кўрган кишини,
Сўзлагандай ҳар ким чала қолган тушини,
Сайёҳ айтиб тугатолмас, бегона гарчанд,
О, мен қандай тамом қилай мадҳинг,
Самарқанд!

Завол олиб келган чоғи сенга Искандар,
Камолингни кўриб шошиб қолди шу қадар,
«Ð®Ð· ўгирдим ҳаммасидан, бориб айт, шамол,
Шу ер менинг Ватаним», деб айтарди дарҳол.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #8 : 22 Sentyabr 2010, 13:18:12 »
Аммо бошқа бир йўл билан айтиб сирини,
Шу диёрга пайванд қилди ўз тақдирини,
Бу лаънатдан поклаш учун она-Ерини,
Мардлар қилич яланғочлаб кирди майдонга,
Ўлди, аммо доғ туширмай ўлди виждонга.

Кечир, шақрим, босиб ўтган йўлинг кўп узоқ,
Ҳар бир кунинг китоблардан маълумдир, бироқ
Уни қайта такрорлашга ҳожат йўқ бироқ,
Аммо янги кашфиётдай кўтариб баланд,
Ғуруримни айтмоқчиман сенда, Самарқанд.

Чигирткадай ёпирилди. Шаркдан гур этиб,
Ўтди қанча водийларни чўлдай қуритиб,
Қанча бўғди икки қитъа Ñ‘қасини тутиб,
Танти тақдир эркалаган мўғул зотлилар,
Чингиз отли, Боту отли, учқур отлилар.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #9 : 22 Sentyabr 2010, 13:18:24 »
Зулмат ичра шуъла сочиб ўтар қаҳрамон,
Курашларда устоз бўлар шафқатсиз замон,
Тарих уни олиб кетар мангулик томон,
Шу тахлит бахт қуши қўниб азиз бошингга,
Темур отли Ñžғлон келган эди қошингга.

Ҳеч бир дардга бўлган эмас манманлик даво,
Боязиднинг бошига ҳам шу бўлди бало,
Сўнг Европа қудратингга бўлиб маҳлиё
Қўрқув ичра назар солди сенга, Самарқанд,
Боязиднинг кулфатидан шод эди гарчанд.

Шайтон йўлдан урди сўнгра ҳакамларингни,
Эслайсанми қондай қизил шабнамларингни?
Ёзиб адо қилолмасман аламларингни,
Аммо шунча кучли эди ишонч, бардошинг,
Қуёшингни ютолмади аччиқ кўзёшинг.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #10 : 22 Sentyabr 2010, 13:18:55 »
Гоҳи юксак-юксакларга айладинг парвоз,
Гоҳ узилди авж пардада янграб турган соз,
Гоҳи ёниб кетган каби беназир қоғоз —
Ёниб кетдинг, кулларингни учирди шамол,
Тағин пайдо бўлдинг, чунки халқинг безавол.

Етти тепа елкасида Римдай ўрнашиб,
Сафар қилдинг, жабборим, деб Кунга эргашиб,
Ахсикату Хоразмдай шонга буркашиб,
Алп Тегину Жалолиддин полвонлар ўтди,
Кошғарийдай, Берунийдай Ñžғлонлар ўтди.

Бир қўлингда қилич билан буғдой бошоғи,
Бир қўлингда Қуёш қўнган юртнинг байроғи,
Хотирангда боболарнинг ўлмас сабоғи,
Балки шундай бўлгандирсан, шаҳрим, бурунда,
Аммо бугун сен шундайсан тасаввуримда.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #11 : 22 Sentyabr 2010, 13:19:13 »
Чўпон ота тепаликдан ташлайди назар:
«ÐÐ¸Ð¼Ð° бўлди? Кечагидан ўзгадир шаҳар?
Кўксаройда бир гап борми? Нотинч шу қадар?»
Қўнғироғин жаранглатиб ўтаркан карвон
Сарбон айтар: «Қурбон бўлмиш аллома султон!..»

Кечир шаҳрим, босиб ўтган йўлинг кўп узоқ,
Ҳар бир кунинг китоблардан маълумдир, бироқ,
Уни қайта такрорлашга ҳожат йўқ бу чоқ,
Аммо янги кашфиётдай кўтариб баланд
Аламимни айтмоқчиман сенда, Самарқанд.

Ўтмиш билан истиқболинг туташган ерда,
Мен кўрганман саховату макрни бирга.
Бугун бағринг тўлганда ҳам иқболу нурга,
Ўша макр асорати жилмаяр келиб,
Йиллар оша хотирамни безовта қилиб.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #12 : 22 Sentyabr 2010, 13:19:37 »
Нону қатиқ бўлиб бирга йўллар юрмадинг,
Наҳот совға ортидаги тўрни кўрмадинг?
Шубҳа қилдинг, аммо нечун отни бурмадинг?
Қанча тилсим ва қудратга бўлсангу эга
Ишлатмасанг нега керак шунча тажриба?

Мумкин бўлса ҳаётингдан юлиб ташламоқ,
Тарихингда турмас эди шунча қора доғ,
Шартта юлиб ташлар эдим ўйлаб-нетмай, оҳ!
Гарчи кўркам дамларингни адо этган у,
Аммо қалбга томир каби сингиб кетган у.

Сизга эмас, аждодларим, бу таъна зинҳор:
Ҳамон юрар аламзада руҳингиз бедор,
Бўлмасин деб яна шундай хатолар такрор,
Сўнган чироқ уйингизда қайта ёнган чоғ,
Авлодларга ибрат бўлсин дейман шу сабоқ.

Кечир, шаҳрим, босиб ўтган йўлинг кўп узоқ,
Ҳар бир кунинг китоблардан маълумдир, бироқ,
Уни қайта такрорлашга ҳожат йўқ бу чоқ,
Аммо янги кашфиётдай кўтариб баланд,
Армонимни айтмоқчиман сенда, Самарқанд.

Ma'ruf Jalil

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Samarqand haqida she'rlar
« Javob #13 : 02 Fevral 2012, 14:07:29 »
САМАРҚАНД ВА ҲИРОТ…

Шундоқ Регистоннинг ёнбошидаги
Узун, тор йўллардан тентираб кетиб,
Қандай келиб қолдим, била олмайман,
Ҳиротга – Бойқаро қасрига етиб?..
Кимдир деди: «Қайтар тарихни ортга,
Мўмин Мирзо сендан кутмоқда паноҳ.
Лек мендан олдинроқ ўлим хатига
Муҳрини босади ғафлат босган шоҳ!
Осмон чархпалаги ортга кетмоқда,
Қайларда қолдингиз, Шоири замон?
Ҳиротни бир қора қуюн ютмоқда,
Дунё бораётир қиёмат томон.
«Ð£Ð¹ғонинг, хоинлар, ўлим қасдида,
Шоҳим, жонриштангиз узаётган ким?
Соҳибқирон берган қилич дастидан
Тортинг қўлингизни, Хадичабегим!
Лек, маккор кўзлардан учган лахча чўғ
ÐŽÑ‚ қўяр салтанат деворларига.
Мўмин Мирзо бошин кесар бир махлуқ,
Қон сачрар Самарқанд минорларига!..
Шаҳид кетган Ойнинг интиқомига,
Ўрнидан бир қалқиб кетар Гўри Мир!
Бойқаро қўлини ботириб қонга
Жаҳонгир пойига тушади шамшир.
Энди ким ювади бу қон ÑŽқини?
Ким уни кўтариб қўяр жойига?
Ўткир овоз келди дахмадан: «ÐšÐ¸Ð¼ÐºÐ¸
Бошини қўйса, гар, юртнинг пойига!»
Афсуски, тарихга энди таҳрир йўқ,
Ётибман, руҳимни шу азоб янчар.
Сизнинг кўксингизга келиб теккан Ñžқ,
Менинг юрагимга урилган ханжар!
Турсам-у, туғимни кўтарсам, илло,
Дунёнинг тенг ярми юкиниб келар.
Мени хавфга солмас ўзгалар, аммо
Мени қўрқитади ўзимникилар!..
Унутмаки, сен ҳам менинг авлодим,
Шиддатинг кўкларга кўтарган чоғи,
Ватан каби асра қалбингни, токим
Зимдан урилмасин фитна пичоғи!..»
…Ўзингни отиб тош дахмалар томон
Ўкириб-ўкириб йиғлагинг келар.
Ахир қандай ёмон, қанчалар ёмон,
Душманларинг бўлса – ўзингникилар!
Самарқанд ва Ҳирот туташган жойда
Сирли бир кўприкдан ўтиб хаёлий,
Боқаман, тунда мен тикилган Ойга
Қараб турган бўлар Ҳазрат Навоий!

Zebo Mirzo.

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 296872
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 14621
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
Samarqand shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif muxbirBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 41571
So'nggi javob 14 May 2010, 15:49:41
muallifi AbdulAziz
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 44491
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 12446
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720