Assalomu alaykum.
Ushbu mazvuda siz-u biz ko'p tashrif buyuradigan va qaysidir taomi juda ham mazali bo'lgan taomxonalar haqida ma'lumot berib boramiz.
Bu taomxona qaysi davlatda va qaysi shaharda bo'lishining farqi yo'q. Masalan, Fransiyaning falon restoranida qurbaqaning oyog'ini zo'r pishiradi desangiz ham bo'laveradi. Ammo, lekin, biroq, biz ham borish imkoniyatimiz bo'ladigan joy bo'lsa yaxshi bo'lardi...
Qani o'zim boshlab bera qolay:
"Istiqlol" san'at saroyining chap biqinida, Oliy Majlisning to'g'risida zo'r somsaxona bor. Somsani zo'r qiladi.
"Milliy taomlar"ning Norini yoqadi.
Keyin yana o'sha joyda Gumma ham o'zgacha shirin bo'ladi.
Shundoq TURAKUAZning yonida, JARni ro'parasidagi kafeda Beshbarmoqni qiyvorishadi.
Qarshi shahrida mashhur Chebureki qiladigan joy bor. Dahshat qilishardi oldin. Xozir qanaqa bilmadim...
Yana u-bu narsa esga tushsa yozarsilar...