Umumiy bo'lim > Umumiy

Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda

(1/13) > >>

Adolat.Net:
Biz – bir guruh malakali yuristlar hamkorlikda Adolat.Net huquqiy portalini ochishga qaror qildik. Maqsadimiz O'zbekistonda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissamizni qo'shish, huquqiy maslahatga muhtoj insonlarga bepul yuridik xizmat ko'rsatish hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlari, huquqiy-normativ hujjatlari jamlanmasini yaratishdan iborat.

Biz qonun ustuvorligini asosiy mezon deb bilamiz. Qonun bor joyda adolat qaror topishiga ishonamiz. O'zbekiston bir guruh amaldorlar qo'lidagi boshboshdoqlik hukm surayotgan jamiyat emas, balki o'z qonunlariga ega mamlakat ekanini ko'rsatishni istaymiz.

Buni amalda ta'minlashda fuqarolarimizning yuridik savodxonligini oshirishni eng muhim vazifa deb bilamiz. Adolat.Net O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini adolat uchun o'z haq-huquqlarini talab qilishga va buning uchun qonuniy yo'l bilan kurashishga da'vat etadi.

Qonun ustuvorligi ta'minlangan kuchli fuqarolik jamiyatini bardo etish uchun huquqiy bilimlarni oshiribgina qolmasdan, amalda ularning ijrosiga erishish, tegishli qonuniy tartibda haq-huquqlarni talab qilib chiqish, bu yo'lda hatto jonfidolik qilish kerak bo'ladi.

Chunki ertangi kun uchun, kelajak avlod uchun qonun ustuvorligi ta'minlangan jamiyatni meros qoldirishni istasak bu biz uchun bugun suv bilan havodek zarur vazifa bo'lishi lozim.

Adolat.Net portali bu yo'lda sizlarni birinchilardan bo'lishga chaqiradi.

Adolat.Net:
SAVOLLARGA KIM JAVOB BERADI?

Ismingiz: Anonim
Savolingiz: O’zi kim javob beradi savollarga?

Javob: Saytga yo’llangan savollarga oliy ma’lumotli, malakali yuristlar javob beradi. Berilgan savollarga javoblar qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish va fuqarolarni huquqiy yordam bilan ta’minlashga hissa qo’shish maqsadida Adolat.net sayti orqali qo’yib boriladi. Xizmatlar uchun hech qanday haq olinmaydi.

MEHNAT SHARTNOMASINING NOQONUNIY BEKOR QILINISHI USTIDAN DA’VO QILISH TARTIBI

Ismingiz: Oynisa
Savolingiz: 2 ta qizning onasiman. Turmush o’rtog’im yo’q. Toshkentdagi tekstil fabrikalarining birida ishlar edim. 2 oy oldin boshlig’imiz boshimdagi ro’molimni yechishim kerakligini, bo’lmasa ishdan ketishimni aytishdi. Shuncha yil ishlaganimga qaramasdan, ro’moldan voz kechmaganim uchun meni ishdan haydashdi. Shu holat bo’yicha kimga murojaat qilishim mumkin?

Javob: Xodimni diniy e’tiqodi bois ro’mol o’rashi munosabati bilan ishdan bo’shatish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mutlaqo zid holat. Ro’mol o’rash, ya’ni hijobda bo’lish ayol kishining e’tiqodiga tegishli holat bo’lib,  O’zbekiston Respublikasi fuqarolari e’tiqodidan qat’i nazar boshqa fuqarolar qatori bir xil huquqlarga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mazkur  konstitutsiyaviy prinsip quyidagicha mustahkamlangan:
Davomi...

HIJOB O’RASH JINOYATMI?

Ismingiz: Sohiba
Savolingiz: Aytishlaricha bu yildan maktablarga ro’molda kelgan qizlarning ota onalarini Jinoyat Kodeksidagi qaysidur statya bilan qamashar ekan. Shu rostmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida  hijobda yurganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqida modda mavjud emas. Bunday qoida mavjud bo’lishi ham mumkin emas, chunki bunday norma O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va boshqa qator qonunlarga zid hisoblanadi.  O’zbekiston Respublikasi qonunchligiga ko’ra hech bir huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining ayollarni va maktab o’quvchi qizlarni ro’mol o’raganligi uchun qamab qo’yishga haqqi yo’q. Tabiiyki, hijobli qizlarning ota-onalariga dahl qilish ham noqonuniy hisoblanadi.

Mavzuga yaqin savolga quyida batafsil javob berilgan:
Maktab ichki nizomlarida hijobga ta’qiq qo’yish qonuniymi?

Abu Muso:
 :as:

Boshlagan ishlaringizni Alloh xayrli qilsin!

Off: Linklarni to'g'irlab qo'yish kerak, xatolik bor.

Musannif Adham:
Assalomu Alaykum.

Garchi bu qonunlar shariat doirasida bo'lmasa-da, bugungi hayotimiz shu qonunlar ustiga qurilgan ekan, bizga mana shu qonunlar haqida ma'lumot berib, qonun buzilish holatlari haqidagi bilimlarimizni oshirishga, bizning shikoyat qilish huquqimiz borligini eslatishga qo'l urgan ekansiz, Alloh bu ishlaringizda O'zi madadkor bo'lsin.

Savol - javoblarni iloji bo'lsa, mana shu forumlarda ham qo'yib boringlar.

Adolat.Net:
HIJOBLI QIZNING ABITURIENT BO’LISHGA HAQQI YO’QMI?

Ismingiz: Shahlo
Savolingiz: Men shu yil kollejni tugatdim. Birga o’qiydigan dugonam hijobda edi, biz birga institutga hujjat topshirishga borganimizda dugonamni qabul qilishmadi. Qabul komissiyasida o’tirganlar ularning institutiga hijobli qizlarni olmasligini, agar hijobimni o’qishga kirganimdan keyin yechaman, agar yechmasam o’z xohishimga ko’ra o’qishdan haydashingiz mumkin, deb tilxat yozib bersa, hujjatlarini qabul qilishi mumkinligini aytdi. Dugonam yo’q, men hijobimni o’qishga kirsam ham yechmayman, desa, unda boshqa institutga hujjat topshiring, bizda hijoblilar o’qishi mumkin emas, deyishdi. Meni hujjatlarimni qabul qilishdi, chunki men hijobda emasman. Dugonam boshqa institutga ham hujjatlarini olib borganda xuddi shunday jabob berib, hech kim hujjatlarini qabul qilmabdi. Xullas, dugonam o’qishga topshirmadi, men esa hujjat topshirganim bilan o’qishga kira olmadim. Mening opam ham hijobli, men ham yaqinda hijobga kirmoqchiman, Xudo xohlasa. Ammo kelasi yil o’qishga topshirmoqchi bo’lsam, mening hujjatlarimni ham birorta institut qabul qilmasligidan qo’rqayapman. Shu narsa to’g’rimi? Agar shunday bo’lsa, nima qilay?
Davomi...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version